Асосий касалликнинг баёии
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
teri va tanosil kasalliklari
S. T. Pavlov va boshqalar. Kojnie i venericheskie bolezni. M. 1985. 274-294-betlar.
Yu. K. Skripkin va boshkalar. Rukovodstvo po detskoy dermatovenerologik. L. 1983. 383-394- betlar. Venericheskie bolezni (O. K. Shaposhnikov tahriri ostida). M. 1991. 42-102-betlar. 5. Talabalarning o’z ustida ishlash rejasi: Ishning nomi Ishning mazmuni Ishning maksadi 1. Guruh bilan birgalikda video- suratlar bilan tanishish. 2. Nazoratchi videosuratlar bilan tanishish (o’qituvchi ishtirokida). a) birlamchi zaxm belgilari tasvirlangan izohli videosurat larni ko’rish; b) ikkilamchi zaxm belgilari tasvirlangan izohli videosuratlari i ko’rish; v) kerakli ma’lumotlarni daftarga yozib olish; g) tovushsiz videosu- ratlarni ko’rib, kasal- likka tashxis qo’yish. a) birlamchi zaxm diagnostikasini o’zlashtirish; b) ikkilamchi zaxm diagnostikasini o’zlashtirish; a) zaxmning o’rta davrlariga tashxis qo’yishni o’rganish. * 3-MAShG’ULOT 1. Mashg’ulot mavzusi. Zaxmning uchlamchi davri (zaxm do’mboqchalari va tugunlari). Yashirin zaxm (erta va kech yashirin zaxm). Zaxmda qo’llaniladigan serologik reaktsiyalar. 2. Mavzuning qisqacha mazmuni. Uchlamchi zaxm Zaxmning uchlamchi davri kasallik yuqqandan so’ng 3-5 yil o’tgach rivojlanadi. Zaxm belgilari erkak va ayollarda deyarli bir xil tarzda kuzatiladi. Uchlamchi zaxmning rivojlanishida quyidagi omillar muxim rol o’ynaydi: 1) kasallikning birlamchi va ikkilamchi davrlarida davo choralarining o’tkazilmasligi yoki pala- partish davolanish; 2) turli-tuman surunkali kasalliklarga chalinish yoki mazkur kasalliklar bilan zaxm yuqqanga qadar kasal (sil, bezgak, bod, kamqonlik va boshqalar); 3) spirtli ichimliklarga ruju qilish yoki giyohvandlik dardiga mubtalo bo’lish; A) kasbga aloqador zaharlanishlar (sanoat va qishloq xo’jaligida qo’llanadigan zaharli bo’yoqlar, rang beruvchi moddalar, mineral o’g’itlar, gerbitsidlar va hokazolar). Mehnat sharoitlarining noqulayligi, sifatsiz va noto’g’ri ovqatlanish, har xil ruhiy ta’sirotlar va ko’ngilsiz voqealar ham uchlamchi zaxmning shakllanishiga sabab bo’ladi. Bemorning yoshi, turli-tuman jarohatlarining ham ahamiyati katta. Ko’pchilik hollarda uchlamchi zaxm yoshi 45-50 yoshdan oshgan bemorlarda rivojlanadi. Uchlamchi zaxm quyidagilar bilan ta’riflanadi: a) uchlamchi davr toshmalari (sifilidlar) teri va shilliq qavatlarning ma’lum sohalarida joylashgan bo’lib, ko’pincha chegaralangan bo’ladi; b) toshmalar miqdori ko’p bo’lmaydi: tugunlar (nodus) bitta-ikkita, do’mboqchalar (tuberculum) esa o’nga etadi va bundan oshadi; v) uchlamchi zaxm belgilari odatda noxush sezgilar bilan kechmaydi, shu tufayli bemorda shikoyatlar bo’lmaydi; g) toshmalar ushlab ko’rilganda qattiq, teri chuqur jarohatlanadi, yaraga aylanishi mumkin. Shu sababli zaxm jarayoni chandiqlanish bilan tugaydi; d) uchlamchi zaxm toshmalari kam yuqumli yoki butunlay yuqmaydigan bo’ladi. Toshmalar tarkibida oqish spiroxetalar topilmaydi yoki ular juda kam miqdorda bo’ladi; e) zaxmning uchlamchi davrida ichki a’zolar va asab sistemasi zararlanadi. Shu sababli uchlamchi zaxm ichki a’zolar zaxmi va asab sistemasining zaxmi bilan birga kechadi; yo) klassik serologik reaktsiyalar uchlamchi rivojlangan zaxmga yo’liqqan bemorlarning 60-70% ida, uchlamchi yashirin zaxmli bemorlarning esa 50% ida musbat natijalar beradi. RIT (THChR) va RIF (IYoR)ning javobi barcha bemorlarda musbat bo’ladi. Uchlamchi rivojlangan zaxmda bemorlarning teri va shilliq qavatlarida asosan ikki xil toshmalar kuzatiladi: 1. Do’mboqchalar, ya’ni yuzaki tugunli sifilid. 2. Tugunlar, ya’ni teri osti gummasi. Do’mboqchali sifilid (syphilis tuberkulosa) yarimsharsimon yoki yassi shaklda bo’lib, rangi mis qizil va ko’kimtir bo’ladi. Kattaligi ko’pincha olcha danagidek, qattiq va aniq chegaralangan. Atrofida o’tkir yallig’lanish belgilari kuzatilmaydi. Zaxm do’mboqchalari «quruq» va yara hosil bo’lish yo’llari bilan rivojlanadi. Do’mboqchalarning sekin kichraya borib so’rilib, ketishi «quruq» yo’l hisoblanadi.Bunday holda do’mboqcha so’rilib ketgan joyda terining yupqalashishi (atrofiya) kuzatiladi va vaqtincha ikkilamchi dog’ qoladi. Noqulay sharoitlarda do’mboqchalar yiringlab chiriydi, natijada yara hosil bo’ladi. Yaralar aylana yoki oval shaklida, qattiq, tubi o’ydim-chuqur va shilliqli chirigan massa bilan qoplanib turadi. Do’mboqchali sifilidiing quyidagi klinik turlari tafovut qilinadi: 1) guruh-guruh bo’lib joylashadigan do’mboqchali sifilid: 2) o’rmalovchi do’mboqchali sifilid; 3) pakana (mitti) do’mboqchali sifilid; 4) maydonchasimon do’mboqchali sifilid. Zaxm do’mboqchalarining tabiatini aniqlashda kasallik tarixi (bemorlarning zaxmning erta davri belgilarini eslashlari, zaxm bemorlari bilan jinsiy aloqada bo’lganliklarini tan olishlari) va serologik reaktsiyalar muhim amaliy ahamiyatga ega. Ayniqsa RIT (THChR) va RIF (IYoR) mazkur do’mboqchalarni zaxmga aloqador ekanligini aniqlashda katta yordam beradi. Zaxm gummasi (syphilis nodosa seu gumma subcutaneum) teri osti yog’ to’qimasida shakllanadi. Boldirning oldingi yuzasida, to’sh va chov-son sohalarida ko’p uchraydi. Dastlab kattaligi o’rmon yong’og’idek va yarimsharsimoin bo’lib, asta-sekin kattalasha boradi. Tugunchalar bir-biri bilan, atrofdagi to’qimalar bilan qo’shilib ketmaydi, og’rimaydi. Yunon yong’og’i yoki tovuq tuxumidek kattalashgach ustidagi teri qizaradi, tugunning markaziy qismi yumshaydi. Bosganda bilqillab, terisi yupqalashgan gumma teshiladi. Hosil bo’lgan teshikdan sarg’ish quyuq suyuqlik oqa boshlaydi. Gumma yaralarining tubi anchayin chuqur, tubini qoplab olgan elimsimoi suyuqlik «gumma o’zagi» deb nom olgan. Zaxm jarayonining oxirida yara o’rnini biriktiruvchi to’qima qoplaydi. Hosil bo’lgan chandiq qattiq, markazga nisbatan tortilgan yulduzsimon shaklini oladi. Uchlamchi zaxmning terida kuzatiladigan yana bir belgisi uchlamchi eritemadir. Bu belgi Furnening uchlamchi rozeolasi ham deb ataladi. Bunday rozeolalar juda kam uchraydi. Diametri 6-12 sm gacha etadigan halqa shaklidagi bu och tusli rozeolalar qipiqlanmaydi, noxush sezgilar bemorni bezovta qilmaydi. Dog’lar ko’pincha son, dumba, bel, bilak va jinsiy a’zolar sohasida kuzatiladi. Uchlamchi rozeola xam uchrasada, ba’zan zaxmning uchlamchi davrini yakkayu- yagona belgisi xisoblanadi. Uchlamchi rivojlangan zaxm tashxisi quyidagi ma’lumotlar asosida qo’yiladi: a) zaxmga aloqador kasallik tarixi; b) tekshirilayotgan bemorlarda do’mboqchalar yoki gumma borligining aniqlanishi; v) spetsifik serologik reaktsiyalarning musbat natijalari. Uchlamchi yashirin zaxm tashxisini qo’yish uchun spetsifik serologik reaktsiyalarning musbat natijalaridan tashqari, bemorning uchlamchi zaxm belgilarini boshdan kechirganligi to’g’risida ishonchli ma’lumotlar bo’lishi lozim. Yashirin zaxm (syphilis latens). Zaxm kasalligi belgisiz (simptomsiz) kechishi mumkin. Bunda zaxm kasalligining belgilari teri va shilliq qavatlarda, shuningdek, ichki a’zolar va asab sistemasida ko’rinmaydi. Yashirin zaxm faqat serologik reaktsiyalar yordamida aniqlanadi. Serologik reaktsiyalar rangpar spiroxetalarga nisbatan musbat natijalar bergan, ammo teri va boshqa a’zolarda zaxm belgilari bo’lmagan bemorlarga yashirin zaxm deb diagnoz qo’yiladi. Keyingi yillarda Sog’liqni saqlash vazirligining buyrug’iga binoan profilaktik tibbiy ko’rikdan o’tayotgan barcha kishilar, ayollar maslahatxonasida ko’rikdan o’tayotgan homilador ayollar va shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarning qoni zaxmga tekshirilyapti. Natijada serologik reaktsiyalar rangpar spiroxetalarga nisbatan musbat natijalar borayotgan shaxslar topilyapti. Shu sababli yashirin zaxm bemorlarining soni oshib borayapti. Yashirin zaxmning ko’payishiga yana quyidagilar ham sabab bo’layapti: 1) joylarda qo’yiladigan serologik reaktsiyalar sifatining yaxshilanishi: 2)antibiotiklar va spiroxetalarni o’ldiradigan boshqa dorilarning keng ko’lamli qo’llanilishi; 3) zaxm to’g’risida etarli ma’lumoti bo’lmagan bemorlar orasida o’z-o’zini davolashga urinishning avj olishi (kasallikni yashirish maqsadida); 4) nomutasaddi tibbiyot xodimlari tomonidan zaxmni sifatsiz davolash va shunga o’xshash zaxm jarayonining yashirin kechishiga olib keluvchi boshqa omillar. Yashirin zaxmning belgisiz o’tish muddati bir necha oydan bir necha yilgacha cho’ziladi. Shuningdek zaxm belgilari dastlab yuzaga chiqib, ma’lum muddatdan so’ng yo’qolishi mumkin. Shu tufayli birlamchi va ikkilamchi yashirin zaxm farqlanadi. Birlamchi yashirin zaxm deganda rangpar treponemalar tushgandan sung zaxmning xech kanday belgilari ko’rinmasdan, faqatgina serologik reaktsiyalarning musbat natijalari asosida diagnoz qo’yilgan yashirin zaxmni tushunish lozim. Zaxm belgilaridan ba’zilari dastlab yuzaga chiqib, ma’lum muddat ichida yo’qolib ketgandan so’ng aniqlangan yashirin zaxm ikkilamchi yashirin zaxm deb ataladi. Kasalliklarning Xalqaro klassifikatsiyasiga (tasnifi)ga binoan, yashirin zaxm erta va kech yashirin zaxmga bo’linadi, Shuningdek, aniqlanmagan yashirin zaxm farqlanadi. Erta yashirin zaxm (syphilis lateens praecox). Yashirin zaxmning mazkur turi birlamchi seromusbat zaxmdan to ikkilamchi qaytalangan zaxmgacha bo’lgan davrga to’g’ri keladi. Bu davr o’rta hisobda kasallik yuqqandan so’ng ikki yilgacha bo’lgan muddatni tashkil etadi. Erta yashirin zaxmni aniqlashda quyidagi ma’lumotlar asqotadi: a) kasallik tarixini chuqur o’rganish, jumladan,oxirgi bir-ikki yil ichida jinsiy a’zolar sohasida yara-chaqalar paydo bo’lgan-bo’lmaganligini aniqlash. Shuningdek, terida har xil toshmalar paydo bo’lganligini so’rab bilish. «Gripp», «quloq-tomoq og’rig’i» va shunga o’xshash asl tabiati aniqlanmagan kasalliklarga qarshi antibiotiklar qo’llanilganligini so’rab bilish xam muhim ahamiyatga ega. Teridagi bemor eslagan yara chaqalar va toshmalar, sochning to’kilishi, turli-tuman noaniq kasalliklar zaxm belgilaridan bo’lishi mumkin. Antibiotiklar esa bu belgilarning tez kunda yo’qolib ketishiga olib keladi, ya’ni manifest zaxmning yashirin zaxmga o’tishiga sabab bo’ladi. Bunday ma’lumotlarni yig’ish yashirin zaxm diagnostikasini engillashtiradi. b) bemorning jinsiy sherigini tekshiruvdan o’tkazish. Ko’pchilik hollarda erta yashirin zaxm taxmin qilinayotgan bemorlarning jinsiy sheriklari tekshiruvdan o’tkazilganda, ularda manifest (simptomli) zaxmning erta belgilari aniqlanib kelayapti. Bu dalil tekshirilayotgan bemorga erta yashirin zaxm deb diagnoz qo’yishga yordam beradi. v) zaxm belgilarining qoldiqlarini aniqlash. Ma’lumki, birlamchi zaxm belgilari yo’qola borishi jarayonida yara (ulcus durum) o’rnida chandiq yoki terining qattiqlashganini aniqlash mumkin. Shuningdek kattalashgan limfa tugunlaridan ba’zilari kichrayib ulgurmagan bo’lishi ehtimol. Ana shu chandiq va paypaslanayotgan limfa tugunlarini zaxmning qoldiq belgilari deb taxmin qilish va shu dalilga asoslanib tegishli tekshiruvlar o’tkazish diagnostikani osonlashtiradi; g) reaginlar miqdorini aniqlash. Ma’lumki, yashirin zaxmning erta davrida qondagi spiroxetalar miqdori yuqori bo’ladi. Bu hol anti (qarshi) tanachalar miqdorining maksimal darajaga chiqishiga olib keladi. Demak, bemorlar qonidagi reaginlar (to’qima antitanachalari) miqdorini aniqlash (ular miqdori 1:120, 1:160,. 1:320 ni tashkil etadi) yashirin zaxmning qaysi davrda ekanligini bilishga yordam beradi; d) treponemalar reaktsiyasini aniqlashch. Ma’lumki,zaxmli bemorlarni davolash boshlangan vaqtda ularning harorati ko’tarilib, suyak va bo’g’imlar qaqshaydi. Ba’zan bezgak tutib, ko’ngil ayniydi, qayt qilishi mumkin. Shuningdek, ularning terisida toshmalar (dog’lar) paydo bo’lishi mumkin, Gerksgeymer reaktsiyasi deb ataluvchi bu holat yashirin zaxmning erta davridan dalolat beradi Agar treponemalar reaktsiyasi terida oz miqdorda bo’lsa-da toshmalar (dog’lar) paydo bo’lishiga olib kelsa,bunday bemorlarga erta yashirin zaxm deb diagnoz qo’yilmaydi chunki bu hol umuman yashirin zaxm hisoblanmaydi. Teri va shilliq, qavatlarda paydo bo’lgan toshmalar manifest (simptomli) zaxmdan darak beradi. Aniqrog’i, bu dog’lar ikkilamchi zaxm belgilaridir; e) erta yashirin zaxmda VR (Vasserman reaktsiyasi) va IYoR - immunologik yog’dulanish reaktsiyasi o’ta musbat (4+) natijalar beradi. Biroq THChR (treponemalar harakatini cheklash reaktsiyasi) barcha bemorlarda ijobiy natijalar beravermaydi, ya’ni treponemalar harakatini cheklash darajasi 40-70% gacha bo’lishi mumkin yoki manfiy natijalar beradi; yo) yashirin zaxm davrini davolash jarayonida aniqlash. Yashirin zaxmda qondagi reaginlar miqdori davolash kursining oxiridayoq keskin pasayib ketadi. Davolash kursi tugamasdan IYoR butunlay manfiy natijalar beradi. Bu holat zaxm jarayoni xali yosh ekanligidan (birlamchi yoki ikkilamchi davr), ya’ni erta yashirin zaxmligini bildiradi; Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling