Асосий касалликнинг баёии
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
teri va tanosil kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Talabalarni o’z ustida ishlash rejasi
S. T. Pavlov va boshqalar. «Kojnie i venericheskie bolezni», M. 1985. 321-332-betlar.
«Venericheskie bolezni» (O. K. Shaposhnikov tahriri ostida), M. 1991. 268-273, 275-281- betlar. «Instruktsiya po lecheniyu i profilaktike sifilisa», M. 1988. 5. Talabalarni o’z ustida ishlash rejasi: Ishning nomi 1. Zaxm bemorlariga davo rejasini tuzish (berilgan masalalar asosida) 2. Zaxmga aloqador (preventiv, profilaktik) davo usullarini muhokama qilish (berilgan masalalar asosida). Ishning mazmuni A)masalada qo’yilgan maqsad asosida dori moddalari tizmasini tuzish; b)rejaga kiritilgan dorilarga monelik bor yo’qligini aniqlash; v)spetsifik dorilarning davo kursi miqdorini hisoblash; g)masala shartiga binoan zaxmga qarshi davo usullarini tanlash va izohlash. Ishning maqsadi a) zaxmga uchragan bemorlarni davolashni o’rganish; b) zaxmga aloqador davo usullarini qo’llashni o’rganish 6-MAShG’ULOT 1-Mashg’ulot mavzusi. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi. 2. Mavzuning qisqacha mazmuni. OITS teskari transkriptsiya (ko’chirib olish) jarayonini ta’minlaydigan retroviruslar tomonidan qo’zg’atiladi. Mazkur viruslar T-limfotsitlarga atayin ta’sir etadi, ularning irsiy apparatini izdan chiqaradi. Natijada ularning hujayra halok bo’lgunga qadar virus oqsillari va bo’lakchalarini ishlab chiqarishta majbur etadi. Hosil bo’lgan yangi virus tanachalari boshqa hujayralar ichiga kirib olib, ularni ham yangi viruslar ishlab chiqarishga majbur etadi. Shu yo’sinda soat va kun sayin qondagi viruslar soni oshib borib, limfotsitlar, ayniqsa T-limfotsitlar soni tobora kamayib boraveradi. Hujayralar immunitetiga javobgar hisoblangan T- limfotsitlarning kamayib borishi organizmning immunologik qobiliyatining susayib borishiga sabab bo’ladi. Ana shu tariqa bemorlar organizmida orttirilgan immunitet tanqisligi holati yuzaga kelali. Bunda organizmning qarshilik ko’rsatish qobiliyati kundan-kunga pasayib boradi, oqibatda turli-tuman kasalliklarning paydo bo’lishiga sharoit yaratiladi. Ketma-ket rivojlanayotgan, tabiatan turli-tuman bo’lgan patologik jarayonlar odam organizmining nobud bo’lishiga olib keladi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling