1. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushum
qatori. Mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasi mahsulot (ish
va xizmat)larni sotishdan olingan jami tushum summasidan sotishga
soliqlar, to‘lovlar va ajratmalar summasini chegirish asosida aniqlanadi.
Sotishga soliqlar, to‘lovlar, ajratmalarga quyidagilar kiritiladi:
- qo‘shilgan qiymat solig‘i;
- aksiz solig‘i;
- reklama solig‘i;
-mahsulot hajmidan ijtimoiy sug‘urta bo‘limiga ajratma va h.k.
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritishning, odatda,
ikkita sharti xarakterlanadi. Bular kassali va hisobga olish usullaridir.
Kassali usulning mohiyati shundaki, bunda mahsulotlar ortib jo‘natilib
hisob hujjatlari taqdim etilgan va ularning hisob raqamiga puli kelib
tushgandan keyingina sotilgan hisoblash va tushum qatoriga qo‘shish,
sotishga soliqlar summasini ham ularning amalga oshish davriga muvofiq hisoblashni xarakterlaydi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qonunning qabul qilinishiga qadar respublikamizda ushbu usul qo‘llanib
kelindi.
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritishning yoki daromadlarni tan olishning hisobga olish usuli esa ularning ortib jo‘natilib,
hisob hujjatlari taqdim etilgan vaqti bo‘yicha hisobga olish bilan xarakterlanadi. Bunda pul tushumlari yoki to‘lovlarning amalga oshish vaqtiga ahamiyat berilmaydi. Sotishga soliqlarning hisob-kitobi ham bevosita ularning tushum sifatida tan olish vaqti bo‘yicha hisobga olinadi.
2. Mahsulot sotishdan yalpi foyda. Mahsulot sotishdan olingan
yalpi moliyaviy natija – foyda yoki zarar quyidagi bog‘lanishlar asosida,
ya’ni mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumdan shu
mahsulot (ish va xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini chegirish
asosida aniqlanadi.
Korxona foydasining asosiy qismini bevosita mahsulot (ish va
xizmat) lardan olingan foyda tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |