Asosiy ishlab chiqarish faoliyati moliyaviy natijalarni tahlili Reja


Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shaklining asosiy ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi


Download 231 Kb.
bet3/9
Sana15.02.2023
Hajmi231 Kb.
#1202193
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sharipov xojimurot mustaqil ish

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shaklining asosiy
ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi:

1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi (sof) tushum.
2. Mahsulot sotishdan yalpi foyda.
3. Asosiy faoliyatdan foyda (zarar).
4. Moliyaviy faoliyatdan foyda (zarar).
5. Umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar).
6. Favqulodda foyda (zarar).
7. Soliq to‘langunga qadar foyda (zarar).
8. Sof foyda (zarar).
Ushbu ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish yuzasidan albatta korxonaning quyidagi xarajat qatorlarini ham tarkiblash va farqlash lozim.
1. Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
2. Davr xarajatlari.
3. Moliyaviy faoliyatdan xarajatlar.
4. Favqulodda xarajatlar.
Daromad va xarjatlarning bu tarkib turkumlanishi quyidagilarga
imkon beradi:


  • Ishlab chiqarish xarajatlarini boshqa xarajatlardan farqlash va
    korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligiga baho berish.

  • Moliyaviy boshqaruv yuzasidan operatsion xarajatlarni boshqa
    xarajatlardan farqlash.

  • Korxona tomonidan olinadigan daromadlarni ularning yuzaga
    kelishi yoki shakllanishi bo‘yicha alohida tarkiblash (asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan hamda kutilmagan holatlardan).

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi yangi hisobot shakli ularning har
bir shakllanish qatori bo‘yicha to‘liq axborotlarni olish imkonini beradi.
Bu axborotlar ichki va tashqi axborot foydalanuvchilarining manfaatlar
to‘qnashuvini keltirib chiqarmaydi. Agar shunday bo‘lganda moliyaviy
hisobotni tuzish qoidasi buzilgan bo‘lar edi, chunki moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarda hech qachon bir turkum axborot foydalanuvchilar
foydasiga boshqa turkum zarari hisobiga aks ettirishlar bo‘lmasligi talab
etiladi. Ushbu qoida O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risidagi» Qonunining 6-moddasida ko‘rsatilgan.

Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling