Asosiy ishlab chiqarish faoliyati moliyaviy natijalarni tahlili Reja


Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar)


Download 231 Kb.
bet6/9
Sana15.02.2023
Hajmi231 Kb.
#1202193
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sharipov xojimurot mustaqil ish

7. Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar). Soliq to‘loviga qadar foyda
(zarar) summasi umumxo‘jalik faoliyatidan foyda (zarar) summasiga
favqulodda foyda (zarar) summasini qo‘shish asosida aniqlanadi. Soliq to‘loviga qadar foyda summasi axborot iste’molchilari e’tiboridagi va
kuzatuvidagi qator hisoblanadi. U bevosita asosiy faoliyatning moliyaviy natijasidan, moliyaviy faoliyatning moliyaviy natijasidan hamda
favqulodda foyda va zararlar jamlangan summasidan iborat bo‘ladi.
8. Sof foyda (zarar). Sof foyda korxona ixtiyorida qoladigan foyda
summasini ifodalaydi. Ushbu qator soliq to‘loviga qadar bo‘lgan foyda
summasidan foyda (daromad)dan to‘langan soliqlar va boshqa soliqli
to‘lovlarni chegirish asosida aniqlanadi.
Sof foyda korxonaning erkin tasarruf shartidagi va foydalanishidagi
foyda summasidir, lekin sof foyda summasi ham turli to‘lovlar va
ajratmalar bazasi sifatida olinishi mumkin ekan. Masalan, korxona sof
foydasidan olinadigan ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga ajratmalar, futbol federatsiyasiga ajratmalar va boshqa to‘lovlar va ajratmalarni shular qatoriga kiritish mumkin.
Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichida faqat
sotilgan mahsulotniggina ishlab chiqarish tannarxi aks etadi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi esa uning uchun ketgan barcha ishlab chiqarish xarajatlarining qiymatini o‘zida ifodalaydi.
Davr xarajatlari qatoriga sotish xarajatlari, ma’muriy xarajatlar va
operatsion xarajatlar kiradi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar qatoriga foizlar bo‘yicha
xarajatlar, bank xizmat haqi xarajatlari, valuta kursining tushib
ketishidan yo‘qotishlar va boshqa sarflar kiradi.
Favqulodda xarajatlar qatoriga kutilmagan holatlar ta’sirida yuzaga
keladigan xarajatlar kiritiladi.
Soliqqa tortiladigan foydani aniqlash uchun soliqqa
tortilgungacha bo‘lgan foydaga:

· Nizomda keltirilgan birinchi ilovaga asosan chegirilmaydigan
xarajatlar yoki doimiy tafovutlar qo‘shiladi;
· Nizomda keltirilgan ikkinchi ilovaga binoan vaqtlar bo‘yicha
tafovutlar qo‘shiladi yoki ayirib tashlanadi;
· qabul qilingan soliqlar bo‘yicha qonunlarga binoan korxonalarda
soliqlar bo‘yicha tasdiqlangan imtiyozlar ayirib tashlanadi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot yil bo‘yicha har bir
chorakka jamlangan hisobda tuziladi. Uni topshirish organlariga soliq
idoralari, bank tashkilotlari, yuqori tashkilotlar kiritiladi. O‘lchov
qiymati ming so‘m hisobida hisobga olinadi, shuningdek, ushbu hisobot shakliga spravka, ma’lumotnoma shaklida budjetga to‘lovlari hisobi ham
kiritilgan. Unda korxona tomonidan respublika va mahalliy budjetga
to‘laydigan soliqlar to‘lovi bo‘yicha hisobga olingan va to‘langanligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Moliyaviy natijalarni, ya’ni foyda(zarar)ni shakllanishi bo’yicha asosiy me’yoriy hujjat bo’lib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yilni 5-fevralida tasdiqlanib 2003,2005,2015-yillarda ayrim o’zgarishtirish va aniqliklar kiritilgan “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom”3 hisoblanadi.
Ushbu Nizomga asosan xo’jaliklarda foydani quyidagi turlari aniqlanadi:

  • Mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan yalpi foyda.

  • Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan foyda.

  • Umumxo’jalik faoliyatidan foyda.

  • Soliqlar to’languncha foyda.

  • Hisobot davrining sof foydasi.

Hisob va hisobotda foydani yuqoridagi turlari quyidagicha tartibda aniqlanadi:
1. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan yalpi foyda - ularni sotishdan pul tushumidan sotilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxini chegirish orqali aniqlanadi va u quyidagicha ifodalanadi:

Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling