Asosiy ishlab chiqarish faoliyati moliyaviy natijalarni tahlili Reja


Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi


Download 231 Kb.
bet9/9
Sana15.02.2023
Hajmi231 Kb.
#1202193
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sharipov xojimurot mustaqil ish

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy faoliyat bo‘yicha
xarajatlarga quyidagilar kiradi:

- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli
hamda uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha, shu jumladan, to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha to‘lovlar.
- Mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari.
- Chet el valutasi bilan muomalalar bo‘yicha salbiy kurs tafovutlaridan zararlar.
- Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar.
- O‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq
xarajatlar.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan, salbiy diskont.
Moliyaviy faoliyatdan olingan natija korxona faoliyat natijaviyligining alohida hisob qatori sifatida tarkiblanadi va tahlil etiladi. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda va zararlar korxonaning fond bozori, moliya bozoridagi faoliyatidan keladigan natijalarni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar qatori «Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan xarajatlar, mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy
natijalarning shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq tarkiblanadi. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning korxonalarning
jami hisob foydasi tarkibidagi salmog‘i so‘nggi yillarda bir qadar o‘sib bormoqda. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin. Masalan, boshqa korxonalar foaoliyatida hissali qatnashishdan olingan daromadlar, valuta mablag‘larining kurs o‘zgarishidan olingan daromadlar, boshqa korxonalarga, sho‘ba va qo‘shma korxonalarga berilgan qarzlar bo‘yicha olingan daromadlar, foizlar bo‘yicha olingan va to‘langan daromadlar, aksiyalar bo‘yicha
olingan dividendlar summasi.
Tahlilda ularning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan mutlaq va nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi hamda uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganiladi.
Ta’sir etuvchi omillar har bir tarkib qator bo‘yicha alohida va umumiy asosda o‘rganiladi. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi moliyaviy hisobotdan va uning qatorlari bo‘yicha berilgan
izohlardan olinadi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarini iqtisodiy tahlil
qilishdan maqsad ularni buxgalteriya hisobotida yuritilish metodikasi va
ulardan olingan daromadlar bo‘yicha soliqqa tortilish tartiblari respublikamizda tekshirilayotgan davrda, harakatdagi me’yoriy hujjatlarga mos kelishi, shu bilan birga, moliyaviy hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi to‘g‘risida to‘laqonli fikr shakllanishi hisoblanadi.
Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun tahlilchi xo‘jalik yurituvchi
subyektning ma’lum bir davrga tuzilgan moliyaviy hisobotini o‘rganib,
undagi amalga oshirilgan moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik
muomalalariga tegishli ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligi, ishonchliligi va
to‘liqliligi to‘g‘risida xulosa berishi uchun quyidagi masalalarni
yechishga to‘g‘ri keladi:
- Moliyaviy qo‘yilmalarni korxona aktivlari hisobiga to‘g‘ri olib
borilganini baholash.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarini turlicha turkumlanishi nuqtayi nazaridan ularni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri turkumlanishini baholash.
- Buxgalteriya hisobiga kirim qilish davrida ularning qiymatini to‘g‘ri shakllanganligini aniqlash.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalarining qonuniyligi va korxona uchun samaradorligiga baho berish.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarining sintetik va analitik hisobi holatini baholash.
- Xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilishini baholash.
- Moliyaviy qo‘yilmalar inventarizatsiyasi va uning natijalarini hisobda aks ettirilishining to‘g‘riligini tekshirish.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalaridan olingan daromad va xarajatlarni hisobda to‘liq va o‘z vaqtida aks ettirilishini tekshirish.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarining qayta baholanishini to‘g‘ri va asosligini o‘rganish.
- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xo‘jalik muomalalarining soliq qonunchiligiga rioya etilishini baholash.
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib, “O’zbekiston MET” AJning 2021-yil birinchi yarim yillik moliyaviy natijalari hisobini tahlil qilamiz:
2021-yil birinchi yarim yillikda mahsulotlar sotishdan tushgan sof tushum haqiqatda 98,32%ga, biznes rejadan 1,68%ga kam bajarilgan bo‘lsa ham, sotilgan mahsulotlarning tannarxi biznes rejada belgilangandan 0,76%ga kamroq xarajatlar amalga oshirilgan. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari esa biznes rejadan qariyb ikki barobarga ortiq bajarilgan.
Bundan tashqari, birinchi chorak yakunlari bo‘yicha moliyaviy faoliyatning daromadlari 69 159 mln.so‘mni tashkil etayotgan bo‘lsa, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar biznes rejadan 17,26%ga kamroq amalga oshirilganligini ko‘rish mumkin. 2021-yil birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha Hisobot davrining sof foydasi -423 308 mln.so‘mni tashkil etdi. Bunga asosiy sabab, sotilgan mahsulotlar tannarxining keskin oshib ketishi va moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarning ortishi bilan izohlasak to‘g‘ri bo‘ladi.
O’zbekiston MET” AJning 2021-yil birinchi yarim yillik moliyaviy natijalari5





1 www.mf.uz

2 www.lex.uz

3 www.lex.uz

4 A.V. Vahobov, N.F. Ishonqulov, A.T. Ibrohimov;– T.: «Iqtisod-Moliya», 2013. – 600 b.

5 https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1595


Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling