Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularning taxlili Kirish 1


Download 86.55 Kb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi86.55 Kb.
#1583096
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
azimjon kurs ishi




Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularning taxlili




Kirish
1Makroiqtisodiyot fanining predmeti, uslubi va vazifalari.
2Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tahlili.
3.Milliy ishlab chiqarish ko’lamini belgilashda narxlarning ahamiyati
4.O’zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari





—mamlakat(yoki uning bir qismi,
tarmoqlar)iqtisodiyotini,inflatsiya,ishsizlik,budjet
taqchilligi(defisiti),iqtisodiyo'sish,iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi va shu kabi umumiy jarayonlarn ioʻrganuvchi fan.Makroiqtisodiyot Yalpi ichki mahsulot,Yalpi ,illy mahsulot,yalpi talab,yalpi taklif,to'lov balansi, pulbozori ,tovarbozori va mehnat bozori kabi tushunchalar bilan ishlaydi.
Makroiqtisodiyot-bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka
oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.
Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi- milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va shu kabi jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar Makroiqtisodiyot oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda Makroiqtisodiyot mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi.Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, birtomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyoti tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham Makroiqtisodiyot predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. Makroiqtisodiyotning asoslari ingliz olimi J.M.Keynsiint 1936-yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asarida bayon etilgan. Hozirgi zamon makroiqtisodiyot nazariyasida 3 oqim (neokeynschilik, monetarizm va yangi klassik yoʻnalish) mavjud, ular oʻrtasidagi asosiy farq makroiktisodiy siyosatga nisbatan berilgan tavsiyalarning har-xilligida (Mikroiktisodiyot)1.



Resurslar, daromadlar va tayyor mahsulotlar bilan ayirboshlashning barcha jarayonlari uzluksiz, birtekis kechayotgan bo’lsa, unda iqtisodiy tizim barqaror va muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, harqanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir. Amalda u yoki bu resurslarning, tovar hamda daromadning ortiqchaligi yoki etishmasligi doimo uchrab turadi. Iqtisodiyotda umumiy muvozanatning shukabi buzilish hollari inflyatsiya va ishsizlik darajasining, yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning o’sish sur’atlarini o’zgarishida namoyon bo’ladi.
Sanab o’tilgan hodisalar va jarayonlar ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha qatnashuvchilari yoki tizimning barcha iqtisodiy agentlarning faoliyatlari natijasida paydo bo’ladi va milliy iqtisodiyotni yaxlit ifodalaydi, ya’ni ular keng qamrovli xususiyatga ega. Shuning uchun ularni makroiqtisodiy jarayonlar va hodisalar deb ataladi, uni o’rganuvchi fan makroiqtisodiyot deb yuritiladi.
Resurslar, tovarlar va daromadlarning doiraviy aylanish alohida olingan korxonalar, tarmoqlar, hududlar darajasida ham ro’y beradi. Ularning bu darajadagi harakatini boshqa fan-mikroiqtisodiyot o’rganadi. Bu fan korxona yoki tarmoqning daromadlarini, u yoki bu mahsulotga bo’lgan talab va taklifning hajmini, uning narxini va boshqa ko’rsatkichlarini ko’rib chiqadi.
Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo’limi hisoblanib, unda milliy xo’jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental
Muammolari tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki k orinshi o’zarofarqlanadi:
a)pozitiv makroiqtisodiyot;
b)normativ makroiqtisoiyot.
Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqadorliklarini o’rganadi.
Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo’nalishlarini taklif etadi.
Shu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil bo’limi sifatida makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o’zaro farqlab olishimiz zarur.Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o’sishini, resurslarning to’liq bandliligini, inflyatsiyaning past sur’atlarini va to’lov balansining muvozanatini ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini birbutun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o’rganadi. Keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki makroiqtisodiyot predmetida o’zaro bog’liq uch jihatni ajratib ko’rsatish mumkin.
Bular:
1)milliyiqtisodiyot;
2)davlat tomonidan iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish;
3)jahon xo’jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti bilan o’zaro munosabatlari masalasi.
Uyxojaliklari, firmalar, davlatvatashqi dunyo makroiqtisodiyot sub’ektlari hisoblanadi. Bu sub’ektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda. Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o’sishini ta’minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb hisoblasalar, iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday aralashishga qarshi fikrlar bildiradilar.
Bugungi kunga kelib ko’pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur yetkazmagan holda iqtisodiyotni tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo’lamiz. Davlat makroiqtisodiyotning boshqa sub’ektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobgaolganholda,barqaroriqtisodiyrivojlanishnita’minlashmaqsadida,o’ztasarrufidamavjudbo’lganvositalarorqaliularniyo’naltiribturadi.Buvositalaresafiskal(byudjet-soliq) vamonetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo’jalik aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi.
Zamonaviy makroiqtisodiyotning asosiy belgisi va afzalligi- bu jamiyatdagi jarayonlarda mavjud resurslarni cheklanganlarini qayd etib, ularni tejab ishlatish, farovonlikni oshirish yo’llarini asoslab berish hisoblanadi.
Makroiqtisodiyot fani–turli moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa tur boyliklarni bir mamlakatdagi barcha resurslar doiraviy aylanishini, ularni samarali ishlatilishini, iqtisodiy o’sish barqarorligini, ya’n imilliy iqtisodiyotni rivojlanishini umumiy holda o’rganadi.
Makroiqtisodiyotfaniningahamiyatinafaqatdavlatboshqaruvidaumumiqtisodiysiyosatniolibborishivayo’nalishlariniishlabchiqishuchungina,balkialohidatadbirkorlar,korxonalar,uyxo’jaliklari,oddiyfuqarolarfaoliyatidahamzarur.
Inson juda turli-tuman ehtiyojlarga: oziq-ovqat, kiyim, boshpana, ta’lim, mehnat, ko’ngil ochish, muloqotva ko’plab boshqa ehtiyojlarga ega. Barcha sanalgan ehtiyojlar cheksiz turli-tuman shakllar, sifatlar, belgilar, xususiyatlarga ega. Bunda har bir inson yakka holda qanday ehtiyojlar uchun eng muhim, ustivor hisoblanishini aniqlaydi, ya’ni u birinchi navbatda qanday ehtiyojlarni qondirishni zarur deb hisoblaydi. Inson o’z ehtiyojlarini o’ziga qulay iqtisodiy ne’matlar yordamida qondiradi. Ularga oziq-ovqatlar, kiyim, kitoblar, avtomobillar, san’atbuyumlari va boshqa shu kabilar kiradi. Inson ehtiyojlarini qondirish uchun iqtisodiy ne’matlarning bir qismi inson ishtirokisiz tabiat tomonidan yaratiladi, bir qismi-ishlab chiqarish natijasi hisoblanadi. Iqtisodiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun insonga resurslar zarur. Ishlabchiqrish resurslari bu tovar va xizmatlar ihlab chiqarish uchun ishlatiladigan resurslardir. Ishlab chiqarish resurslarini ishlab chiqarish omillari deb atash qabul qilingan va ularni uchga ajratiladi: “Yer” “Mexnat” “Kapital”
Yer (tabiy resurslar)–bu tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabiat tomonidan berilgan resurslardir. Tabiiy resurslarga misol bo’lib suv resurslari, tuproq, o’simliklar, foydali qazilmalar hisoblanadi.
Mexnat (inson resurslari)–kishilarning ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan jismoniy va aqliy qobiliyatlari, sog’lig’ining ahvoli, ta’limi va kasbiy ko’nikmalarini o’z ichiga oladi.
Kapital (kapital resurslari)–bu inson tomonidan yaratilgan va
Tovar hamda xizmatlarni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo’ljallangan buyumlardir. Kapital resurslariga misol bo’lib binolar va inshoatlar, asboblar va uskunalar, aloqa vositalari, transport, shuningdek qayta ishlangan hom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar hisoblanadi.
Ba’zan ishlab chiqarish omillarining to’rtinchi ko’rinishi–tadbirkorlik ajratiladi, chunki u kishilarda tadbirkorlik qobiliyati deb ataluvchi noyob xususiyatlarning mavjudligini ko’zda tutadi. Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish resurslarining barcha turlariga: «yer», mehnat, kapitalga ega bo’lishi zarur. Biroq, inson ularning cheklanganlik muammosiga duch keladi. Bu cheklanganlik masalan, foydali qazilmalar zahiralarining cheklanganligi kabi tabiiy ravishda mavjud bo’lsa, shuningdek sub’ektiv ravishda, ya’ni inson psixologiyasi tomonidan tug’ilishi mumkin, chunki uning ehtiyojlari cheksizdir.

Download 86.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling