Asosiy qism 1 azotli o’G’it turlari va olinishi


Download 120.73 Kb.
bet7/7
Sana19.11.2023
Hajmi120.73 Kb.
#1787097
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Jo\'rayeva gulsora

Nitratlarning yuvilishi. Nitratlar oson eriydigan tuzlar hosil qilishi, singdirish kompleksidagi manfiy zaryadlangan kolloidlar tomonidan yutilmasligi va asosan tuproq eritmasi tarkibida bo’lishi tufayli tuproqdan juda oson yuviladi. Azotning ayni yo’l bilan isrof bo’lishi iqlim sharoitlari, tuproqni ishlash tizimi, paykalning ekin bilan band yoki bandmasligiga bog’liq. Ma’lumotlarning ko’rsatishicha, shudgorlab tashlab qo’yilgan maydondan nitratlar ekinzorlardagiga nisbatan ko’proq yuviladi.
Nitratlarning yuvilishi ayniqsa sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida jadal ketadi ( yiliga 30 kg/ga). Lekin sug’orishni to’g’ri tashkil etish, sug’orma suvlarni sizot suvlari sathi bilan tutashishiga yo’l qo’ymaslik nitratlar yuvilishining oldini olishda asosiy tadbirlardan hisoblanadi. Sug’orma suvlar bilan tuproqning quyi qatlamlariga yuvilgan nitratlar bug’lanish jarayonida tuproq bo’ylab yuqoriga ko’tariladi va o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. Nitratlarning yuvilishi shuningdek tuproqning mexanikaviy tarkibi bilan ham bog’liqdir. qumli tuproqlardan nitratlar ko’proq yuviladi. Gumusga boy tuproqlar o’zida suvni yaxshi tutib turadi, demak, bu tuproqlarda erigan holatdagi nitratlar ham nisbatan mahkamroq tutib turiladi.
Denitrifikatsiya - nitrat shakldagi azotning azot (II)-oksidi (NO), azot (I)-oksidi (N2O) va molekulyar azot (N2) kabi gazsimon moddalargacha qaytarilish jarayonidir.
Download 120.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling