Asosiy qism 1 azotli o’G’it turlari va olinishi
Download 120.73 Kb.
|
1 Jo\'rayeva gulsora
Ammoniy sulfat. Ammoniy sulfat (NH4)2SO4 o’z tarkibida 20,5-21,0 % azot tutadi. Jahon miqyosida ishlab chiqariladigan azotli o’g’itlarning qariyb 25 % i ammoniy sulfat hissasiga to’g’ri keladi. Ammoniy sulfat kontsentrlangan sulfat kislotani gazsimon ammiak bilan to’yintirish orqali olinadi:
H2SO4 NH3 (NH4)2SO4 . Koks gazlaridagi ammiak ancha arzon bo’lgani sababli koks-kimyoviy ammoniy sulfatni ishlab chiqarish sintetik ammoniy sulfat olishdan ko’ra ancha arzonga tushadi. Sintetik ammoniy sulfat oq rangli, koks-kimyoviy ammoniy sulfat esa , tarkibida organik aralashmalar bo’lgani sababli kulrang, ko’kimtir yoki qizg’ish tusda bo’lishi mumkin. Ammoniy sulfat kuchsiz gigroskopik, sochiluvchan, tarkibida 24 % atrofida oltingugurt tutadi, qaysiki, o’simliklarning oziqlanishida o’ziga xos ahamiyatga ega. Ammoniy sulfatning fiziologik nordon o’g’itligini quyidagicha izohlash mumkin. Birinchidan, o’g’it tuproqqa tushgach, nitrifikatsiya jarayoniga uchraydi, tarkibidagi azot nitrat shakliga o’tadi. Natijada nitrat kislota hosil bo’ladi va sulfat kislota ajralib chiqadi: (NH4)2SO4 4O2 2HNO3 H2SO4 2H2O Bu kislotalar tuproq eritmasidagi bikarbonatlar va tuproq kolloidlari tomonidan neytrallanadi: Mineral kislotalarning neytrallanishi tuproq eritmasi bikarbonatlarning parchalanishi va TSK dagi asoslarni vrdorod yordamida siqib chiqarilishi asosida ketadi, natijada tuproqning buferlik qobiliyati pasayadi, u o’z navbatida nordonlikning oshishiga sabab bo’ladi. Ikkinchidan, tuproqqa tushgan ammoniy sulfat tezda erib, ionlarga ajraladi. O’simliklar SO4 anioniga qaraganda NH4 kationini tez va ko’p miqdorda o’zlashtiradi, natijada anionlar to’planib, tuproqning nordonlashishiga sabab bo’ladi: NH4 kationlari tuproqning singdirish kompleksi tomonidan yutiladi va ilgari yutilgan boshqa kationlarning ekvivalent miqdoriga almashinadi. Yutilgan ammoniyni o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi. Tuproqdagi harakatchanligi va yuvilib ketish xavfi kam bo’lgani bois ammoniy sulfatni asosiy o’g’itlash davrida, ya’ni kuzgi shudgor ostiga kiritish mumkin. Ba’zi hollarda NH4 ning ko’p miqdorda tuproqqa yutilishi salbiy oqibatlarga olib keladi. qo’shimcha oziqlantirish paytida yoki ekish bilan qator oralariga kiritilganda, ildiz tizimi yaxshi rivojlanmagan yosh nihollar ammoniy sulfat tarkibidagi azotdan yaxshi foydalana olmaydi. Ammoniy sulfatni nordon tuproqlarga qo’llashda 1 s o’g’itga 1,3 s ohak qo’shish lozim. Asoslarga to’yingan tuproqlarda ammoniy sulfat muttasil ishlatilganda ham nordonlashish sodir bo’lmaydi. Shu sababdan bo’z tuproqlarda uning samaradorligi ammiakli selitradan yuqori bo’ladi. Sug’oriladigan ekinlarga, ayniqsa sholiga ammoniy sulfat qo’llash yaxshi samara beradi. Download 120.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling