Asosiy qism 1 azotli o’G’it turlari va olinishi
Download 120.73 Kb.
|
1 Jo\'rayeva gulsora
Suyuq ammiakli o’g’itlar. Suyuq ammiakli o’g’itlar jumlasiga suyultirilgan ammiak, ammiakli suv va ammiakatlar kiradi. Nitrat yoki sulfat kislota ishlatilmasligi, quritish va bug’atish kabi tadbirlarga hojat yo’qligi bois ularni ishlab chiqarish tannarxi ancha arzonga tushadi: 1 t ammiakli selitra uchun sarflanadigan xarajat bilan 2,5 t suyultirilgan ammiak olish mumkin.
Suyultirilgan ammiak -NH3. Kontsentratsiyasi yuqori (82,3 % azot), ballastsiz o’g’it. Ammiak gazini yuqori bosim ostida siqib, suyultirish asosida olinadi. Rangsiz, harakatchan suyuqlik. Solishtirma og’irligi 0,61 , 34oS da qaynaydi. NH3 ning uchib ketishini oldini olish uchun maxsus metall idishlarda saqlanadi va tashiladi. Suyultirilgan ammiak tuproqqa kiritilganda, tezda gaz holatga o’tadi va tuproqning kolloid fraktsiyasi tomonidan yutiladi. Fizikaviy-kimyoviy yutilishdan tashqari suyultirilgan ammiak nitrifikatsiya jarayoniga ham uchraydi. Suyultirilgan ammiakning tuproqqa yutilishi undagi gumus miqdori, mexanikaviy tarkibi, namligi va ko’milish chuqurligiga kiradi. Azot o’simliklar uchun zarur oziq elementlardan biri hisoblanadi. U barcha oddiy va murakkab oqsillar, nuklein kislotalar (RNK va DNK), xlorofill, fosfatidlar, alkaloidlar, ayrim darmondorilar va fermentlar tarkibiga kiradi. O’simliklar oziqlanishida azot manbai bo’lib ammoniy (NH4Q) va nitrat (NO3-) tuzlari xizmat qiladi. O’simliklar tomonidan azotning o’zlashtirilishi bir qator murakkab jarayonlar asosida ketadi va ammiakning tegishli organik kislotalar ketogruhi bilan hosil qiladigan aminokislotalar sintezlanishi bilan yakunlanadi. Mazkur jarayonga aminlanish jarayoni deb ataladi. Usimliklardagi aerob va anaerob nafas olishning birinchi bosqichida uglevodlarning parchalanishidan hosil bo’ladigan pirouzum, shovulsirka, -ketoglutar va boshqa ketokarbon kislotalar bevosita aminlanishga ancha moyildir. Ketonkislotalarning ammiak ta’sirida to’g’ridan-to’g’ri aminlanishi o’simliklardagi aminokislotalar sintezinig asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Bu ikki bosqichli jarayon bo’lib, birinchi bosqichida ammiak va ketonkislotadan iminokislota va suv, ikkinchi bosqichida esa iminkislotaning qaytarilishidan aminokislota hosil bo’ladi: 1 bosqich SOON SO SN2SOON SOON S NHCh2COOH H2O shovulsirka kislota iminoshovulsirka kislota 2 bosqich SOON S NHCh2COOH SOONSNNH2 COOH asparagin kislota Ayni shu yo’l bilan ketoglutar kislota (SOONSOSNSN2SOON) va ammiakdan glutamin kislota (SOONSNNN2SN2SOON) hosil bo’ladi. Shuningdek asparagin kislota ammiakning fumar kislota (SOONSNSNSOON) ga to’g’ridan-to’g’ri birikishidan ham hosil bo’ladi.Aminokislotalar sintezi uchun azot faqat qaytarilgan shaklda bo’lishi lozim, nitrat va nitritlar karbon kislotalarning ketogruhi bilan bevosita reaktsiyaga kirisha olmaydi. O’simlik tanasida uglevodlar zaxirasi yetarli bo’lsa, nitrat shaklidagi azot fermentlar ishtirokida ildizning o’zidayoq ammiakka aylanadi, uni quyidagicha ifodalash mumkin: HNO3 HNO2 (HNO) NH2OH NH3 nitrat nitrit giponitrit gidroksilamin ammiak Nitrat kislotadan ammiak hosil bo’lishi ko’p bosqichli bo’lib, bunda bir qator fermentlar katalizator vazifasini o’taydi: I NNO3 H2 HNO2 H2O (nitratreduktoza) II 2 NNO2 2H2 HN2O2 2H2O (nitritreduktaza) III N2N2O2 2H2 2 NH2OH (giponitritreduktaza) IV NH2OH H2 NH3 H2O (gidroksilaminreduktaza). Nitratlardan ammiak hosil bo’lishida ishtirok etadigan fermentlar metallo-flavoproteidlar deb nomlanadi, chunki birinchi bosqichda molibden, ikkinchi va uchinchi bosqichlarda mis, temir, magniy, so’nggi bosqichda esa marganets va magniyning ishtirok yetishi shartdir. Qaytarilmasdan o’simlik tarkibiga o’tadigan nitrat shakldagi azot o’simliklar uchun zararsiz bo’lib, to’qimalarda ko’p miqdorda to’planishi mumkin. Lekin qishloq xo’jalik maxsulotlari (ayniqsa yem xashak, sabzavot va poliz ekinlari) tarkibida nitratlarning ma’lum darajadan ortib ketishi ularni iste’mol qiladigan hayvon va insonlarga zararli ta’sir ko’rsatadi. Odatda yerkin ammiak o’simliklar tanasida kam uchraydi. Ayni modda miqdorining ko’payib ketishi o’simliklarning zaharlanishiga sabab bo’ladi. Aminlanish jarayoni o’simliklar organizmi metabolizmida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda asparagin va glutamin kislotalar fermentlar ishtirokida qayta aminlanish yo’li bilan o’zlarining aminguruxlarini boshqa kislotalarga berish xususiyatlariga ega. Qayta aminlanish-tegishli ferment ta’sirida aminokislota (donor) dagi amin guruxini ketokislota (aktseptor) ga ko’chirilishidir. O’simlik tanasidagi glutamin va aspargin kislotalarning qayta aminlanishga moyilligi ularning modda almashinuvida juda katta ahamiyatga ega yekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, aspargin va glyutamin kislotalarining amidlari- aspargin va glyutaminlar ham qayta aminlanishi ancha oson kechadi. Qayta aminlanish jarayoni oqsil sintezi va aminokislotalarning dezaminlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Dezaminlanish-aminokislotadan aminogruxni tortib olinishi natijasida ammiak va ketokislota hosil bo’lishidir. O’simlik tomonidan qayta ishlangan ketokislota uglevodga aylanadi, ammiak esa yana aminlanish jarayonida ishtirok etadi. Bundan tashqari ammiak asparagin va glyutamin kislotalari bilan ta’sirlashib (ular bittadan ammiak molekulasini biriktirib olish qobiliyatiga ega), amidodikarbon kislotalarning amidlarini hosil qiladi: D.N.Pryanishnikov amidlar uglevodlar tanqisligi tufayli o’simlik tanasida ammiakni ortiqcha to’planishini oldini olishini isbotladi. Tarkibidagi uglevod zaxirasi kam urug’larning, masalan, qand lavlagining unib chiqishida o’simlik tanasiga ortiqcha miqdorda kiradigan ammiak, kislotalar sintezida to’la sarflanmaydi, to’qimalarda to’planib, o’simlikni zaxarlaydi. Urug’i uglevodlarga boy o’simliklar, (masalan, kartoshka) ammiakni tez o’zlashtiradi va tuproqqa ammiakli-azotli o’g’itlarni kiritish ularga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Nuklein kislotalar oqsil sintezida sinch (karkas) vazifasini o’taydi. Ularga aminokislotalarning birikishidan hosil bo’ladigan peptid bog’lar hisobiga turli-tuman oqsil molekulalari yuzaga keladi. O’simlik tanasida oqsil sintezi bilan bir qatorda ularning parchalanishi ham sodir bo’ladi. Oqsil gidrolizida proteaza fementlari katalizator vazifasini o’taydi. O’suv a’zolarida shuningdek, yosh nixollarda oqsil sintezi parchalanishga nisbatan ustunlik qiladi. Oqsilning parchalanishidan hosil bo’ladigan ammiak o’simlik to’qimalarida to’planmaydi, balki karbon aminokislotalar sinteziga sarflanadi. Ular esa o’z navbatida oqsil va boshqa azotli birikmalar (porfirinlar, alkoloidlar) ning biosintezida ishtirok etadi. Demak, azotli organik birikmalar hosil bo’lishi va parchalanishining murakkab zanjiri ammiakdan boshlanib, ammiakda tugaydi. Shu bois akademik D.N.Pryanishnikov ammiak o’simliklarda azot moddalari almashinuvining alfasi ham, omegasi hamdir degan yedi. O’simliklarda azotli moddalar almashinuvi butun vegetatsiya davrida sodir bo’ladi, lekin uning sur’ati va xarakteri o’sish va rivojlanishning turli davrlarida turlicha kechadi. Masalan, urug’ning unish jarayonida yendosperma va urug’ palladagi zahira oqsil aminokislotaga qadar parchalanadi. Ularning oksidlanishidan ammiak hosil bo’ladi va u aminokislotalar hamda amidlarning, keyinchalik oqsil va boshqa organik birikmalarning sintezida ishtirok etadi. O’simlikda fotosintezga qobil yashil barg paydo bo’lgach, oqsil sintezi tashqi muhit (tuproq) dan yutiladigan azot hisobiga ketadi. Tuproqdan eng ko’p azot o’simliklar jadal rivojlanib, tana qo’yadigan davrda o’zlashtiriladi. Ayni paytning o’zida oqsilning parchalanishi ham sodir bo’ladi: yosh, o’sayotgan a’zolarda oqsil sintezi ustunlik qilsa, qari, o’sishdan to’xtagan a’zolarda oqsilning parchalanishi kuchliroq namoyon bo’ladi. Azot almashinuvi jadalligiga bog’liq ravishda o’simlik tanasining turli a’zolarida azotning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Masalan, jismonan charchagan a’zolarida, asosan qari barglarda oqsil gidrolizi sodir bo’ladi va gidroliz mahsulotlari yosh a’zolar tomon harakatlanadi. Urug’ shakllanadigan davrda bargdagi oqsil moddalar jadal parchalanib, hosil bo’ladigan aminokislotalar pishib yetilayotgan urug’larga oqib o’tadi va shu yerda oqsilga aylanadi. Turli o’simliklar yalpi azot miqdori bilan bir-biridan farq qilishi tabiiy lekin bitta o’simlikning turli a’zolari ham turlicha miqdorda azot tutadi. Barglar (ayniqsa yosh barglar) azotga boy bo’lib, poya va ildizlarda uning miqdori bir muncha kamdir. Azot bilan oziqlantirish sharoitlari o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Azot tanqis bo’lgan sharoitda o’simlikning o’sishi keskin sekinlashadi. Barglari maydalashib, och yashil tus oladi, ancha yerta sarg’ayadi. Poyasi ingichka tortib, yaxshi shoxlamaydi, Hosil organlarining shakllanishi, rivojlanishi va donning quyilishi yomonlashadi. Azot bilan me’yorida oziqlantirilgan o’simliklarda oqsil moddalar jadal sintezlanadi, o’simlikning o’sishi va hayot faoliyati kuchayadi, uzoq davom etadi, barglarning qarishi sekinlashadi, baquvvat poya va to’q yashil tusdagi barglar shakllanadi, o’sish, shoxlanish hamda hosil organlarining rivojlanishi yaxshilanadi. Natijada hosil va uning tarkibidagi oqsil miqdori ko’payadi. Lekin o’sish davrida bir tomonlama, faqat azot bilan oziqlantirishga ruju qo’yish hosilning pishib yetilishini orqaga suradi, o’sish organlari kuchli rivojlanib, o’simlikning “g’ovlab ketishi” ga sabab bo’ladi. Oqsil miqdorining ortishi hosil sifatini yaxshilaydi, lekin azotli moddalar miqdorining ko’payishi hamma vaqt ham mahsulot qimmatini oshiravermaydi. Masalan, qand lavlagi o’suv davrining oxirida azot bilan mo’l oziqlantirilsa, ildizda ko’p miqdorda nooqsil azotli birikmalar, aminokislotalar to’planadi, qaysiki, ildizmevadagi qand miqdorini kamaytirib yuboradi. Hosil sifati shuningdek, qo’llaniladigan azotli o’g’it turiga ham bog’liq. Chunonchi, ammiakli azot bilan oziqlantirilgan o’simlik xujayrasining qaytaruvchanlik, nitrat shakldagi azot qo’llanilganda esa oksidlovchanlik qobiliyati kuchayadi. D.N.Pryanishnikov va shogirdlarining tadqiqotlari asosida o’simliklar hayotida ammiak va nitrat shakldagi azot teng kuchli yekanligi aniqdangan. Lekin o’simliklarning ammiak yoki nitrat shakldagi azotni o’zlashtirishi qator ichki va tashqi omillarga, xususan ekinning biologik xususiyati, uglevodlar bilan ta’minlanganlik darajasi, tuproq muhiti, mikro- va makroelementlarning mavjudligi bilan chambarchas bog’liq. Tuproq muhiti mo’’tadil bo’lsa, o’simliklar ammiak shakldagi azotni nitratlarga qaraganda yaxshi o’zlashtiradi, nordon muhitda esa aksincha, nitrat shakldagi azot yaxshiroq o’zlashtiriladi. Tuproqda kaltsiy, magniy va kaliyning ko’p bo’lishi ammiak azotini, fosforning mo’lligi esa nitratlarning o’zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi. Tuproqda molibden tanqisligi nitratlarning qaytarilishini sekinlashtiradi va o’simliklarning ayni shakldagi azotni assimilyatsiyalashini cheklaydi. Urug’dagi azotning asosiy qismi (yalpi miqdorining 90% ga yaqini) oqsillar tarkibiga kiradi. O’simlik oqsilida 14-18. O’rta hisobda 16% azot mavjud. Demak, urug’dagi azotning nisbiy miqdori oqsil miqdoriga bog’liq va uning taxminan 16 qismini tashkil qiladi. Dukkakli va moyli ekinlar urug’i tarkibida oqsil, binobarin azot miqdori ko’p, boshoqli ekinlar donida esa kam bo’ladi Ammonifikatsiya va nitrifikatsiya jarayonlari natijasida hosil bo’lgan azot tuproqda to’planib qolmaydi. Uning asosiy qismi o’simliklar va mikroorganizmlar tomonidan o’zlashtiriladi, bir qismi esa qaytadan organik holatga o’tadi. Nitratlar - azotning eng harakatchan shakli bo’lib, tuproqdan ko’p miqdorda chiqib ketadi. Tuproqdagi azotning umuman yoki vaqtincha o’simliklar o’zlashtira olmaydigan shaklga o’tishini uchta holga bo’lish mumkin: a) nitratlarning yuvilishi; b) denitrifikatsiya; v) azotning i m m o b i l i z a s i ya l a n i sh i. Download 120.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling