Asosiy qism 1 azotli o’G’it turlari va olinishi


Download 120.73 Kb.
bet5/7
Sana19.11.2023
Hajmi120.73 Kb.
#1787097
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 Jo\'rayeva gulsora

Ammoniy-natriy sulfat - (NH4)2SO4 Na2SO4. Tarkibida 16 % azot va 2,5 % atrofida organik qo’shilmalari mavjud bo’lgan, sariq tusli zarrabin modda. Kaprolaktam ishlab chiqarishda chiqindi mahsulot.
Tarkibida natriy tutgani uchun qora va chimli podzol tuproqlarda qand lavlagi va oltingugurt hamda natriyga talabchan butgullilar oilasiga mansub ekinlarni yetishtirishda muhim ahamiyatga ega.
Ammoniy xlorid - NH4Cl. Ammoniy xlorid soda ishlab chiqarishda oraliq mahsulot sifatida olinadi:
NH3  CO2  H2O  NaCl  NaHCO3  NH4Cl.
Ammoniy xlorid suvda oson eriydigan oq zarrabin modda. Tarkibida 24-25 % gacha azot tutadi. Yaxshi fizikaviy xossalarga ega.
Ammoniy xlorid tuproqqa tushgach, uning singdirish kompleki (TSK) bilan almashinish reaktsiyasiga kirishadi:
U tuproqda ammoniy sulfatga nisbatan sekinroq nitrifikatsiyalanadi. chunki tarkibidagi xlor ioni mikroorganizmlar faoliyatini biroz cheklab qo’yadi.
Ammoniy xlorid tarkibida 66,6 % gacha xlor bo’lgani uchun uni kartoshka, tamaki, tok kabi o’simliklar xush ko’rmaydi, g’alla ekinlariga qo’llash yaxshi samara beradi.
Ammoniy xlorid kuzda, shudgor ostiga berilganda, xlor ionlari yuviladi va o’simliklar TSK ga birikkan NH4 dan bemalol foydalanadi. Buferlik qobiliyati kuchsiz ifodalangan tuproqlarga qo’llashda albatta ohak qo’shish lozim.
Bu guruhga shuningdek, ammoniy karbonat - (NH4)2CO3 va ammoniy bikarbonat - NH4HCO3 lar ham kiradi.Ularning tarkibida mos ravishda 24 va 17 % azot mavjud. Ular kimyoviy jihatdan beqaror birikmalardan bo’lgani uchun dehqonchilikda keng qo’llanilmaydi. Samaradorligi ammiakli selitra samaradorligiga yaqin.

Download 120.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling