EKMA KASHNICH - CORIANDRUM SATIVUM L.
Ekma kashnich - Coriandrum Sativum L. Selderdoshlar - Apiaceae (soyabonguldoshlar - IJmbelliferae) oilasiga kiradi. Bir yillik, bo‘yi 30-70 sm ga etadigan o‘t о‘simlik. Poyasi silindrsimon, mayda qirrali, tuksiz, ichi kovak, yuqori qismi shoxlangan. Bargi oddiy, qinli, tuksiz, ildizoldi barglari uzun bandli, uch boiakka qirqilgan, qirrasi tishsimon kesilgan, poyasining pastki qismidagi barglari qisqa bandli, ikki bo‘lakka qirqilgan, o‘rta qismdagilari esa bandsiz bo‘lib, ipsimon ikki-uch bo‘lakka ajralgan. Barglari poyada ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, umumiy o‘ramsiz murakkab soyabonga to‘plangan; gulkosachasi besh tishli, meva bilan birga saqlanib qoladi. Tojbargi beshta, pushti rangda, otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, pastga joylashgan. Mevasi - yumaloq, qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish kulrang, qo'shaloq doncha. Iyun oyidan boshlab, avgustgacha gullaydi, mevasi avgust- sentyabrda pishadi.
Geografik tarqalishi.Vatani Yevropa janubidagi davlatlar hamda Turkiya. Ukrainada, Kavkazda, Kuybishev va Voronej viloyatlarida hamda 0 ‘rta Osiyo respublikalarida o‘stiriladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rimshi.Tayyor mahsulot yumaloq shaklli pishganda bo‘linmaydigan ikki bo‘lak!i, qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish-kulrang, diametri 4 mm bo‘lgan qo‘shaloq donachalardan iborat.Har yarimta mevaning qabariq tomonida saS do‘ppaygan 5 ta asosiy qovurg‘alari va yaxshi sezilmaydigan 56 ta to‘g‘ri, ko‘shimcha qovurg‘alari bo‘ladi. Pishib etilgan meva hushbo‘y hidga va yoqimli mazaga ega. Meva namligi 13%, umumiy kuli 7%, 10% li xlorid kislotada yerimaydigan kuli 1,5%, ezilgan, pishmagan va buzilgan kashnich mevalari 3%, efir moyli boshqa o‘simliklar mevasining aralashmasi 1%, organik aralashmalar 1% va mineral aralashmalar 1% dan ortiq hamda meva tarkibidagi efir moyi 0,5% dan kam bo‘lrnasligi kerak.
Kimyoviy tarkibi.Kashnich mevasi tarkibida 0.7-1,5%) ii efir moyi, 10-20% yog', 11-17%) oqsil va boshqa moddalar bo‘ladi. Kashnichning efir moyi rangsiz yoki och sarg‘ish, tiniq suyuqlik bo‘lib, o‘ziga xos hushbo‘y va yoqimli mevasi bor. Zichiigi 0,8450,862, refraksiya soni 1,471-1,478, qutblangan nur tekisligini og‘dirish burchagi +56°- +68°. Moy tarkibida 60-80% li nalool, 5% geraniol va oz miqdorda bomeol, turli algedridlar hamda terpenlarning aralashmaiari bo‘ladi. Standart talabga ko‘ra efir moyi tarkibidagi linolool miqdori 65% dan kam bo‘lmasligi kerak.
MARMARAK (MAVRAK) - SALVIADorivor marmarak (mavrak) - Salvia officinalis L.; yasnotkadoshiar - Lamiaceae (labguidoshlar - Labiatae) oilasiga kiradi Ko‘p yillik, bo‘yi 20-50 sm ga etadigan yarim buta. Poyasi ko‘p sonli, shoxlangan, serbarg, to‘rt qirrali, pastki qismi bir oz yog‘ochlangan. Bargi oddiy. uzun bandli, poyaning eng yuqori qismidagiSari bandsiz bo‘Iib, poyada qarama-qarshi o‘rnashgan. Gullari qisqa bandli, mayda, poya va shoxlarining yuqori qismida boshoqsimon doira shaklidagi soxta to‘pgu! hosil qiladi. Guli qiyshiq gulkosachasi ikki labli, sertuk, gultojisi ikki labli, ko‘k binafsha rangda, otaligi ikkita, onalik tuguni to‘it bo‘lakli, yuqoriga joylashgan. Mevasi - 4 ta yong‘oqchadan tashkil topgan. lyun-iyul ovlarida gullaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |