Asosiy talablar
Download 73.71 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alohida tayanchlar
Poydevor to‘sinlari – sanoat binolarida devorlardan beriladigan yuk va yuklamalarni
poydevorlarga uzatish va binoning bo‘ylama yo‘nalishdagi mustaxkamligini saqlash uchun xizmat qiladi. Devorlar – sanoat binolarida mo‘ljallanishi va joylashishi bo‘yicha tashqi va ichki devorlarga bo‘linib, bir vaqtning o‘zida ham binoni tik yo‘nalishda tashqi tasirlardan himoyalovchi va yuqoridan berilgan yuk va yuklanishlarni poydevorlarga uzatuvchi hisoblanadi. Bino va inshootlarda loyihalanish o‘rniga va ishlash sistemalariga qarab devorlar yuk qabul qiluvchi, o‘zining og‘irligini qabul qiluvchi va o‘zining og‘irligini uzatuvchi bo‘lishi mumkin. Yuk ko‘taruvchi devorlar ichki va tashqi devorlar sifatida loyihalanib, binodan beriladigan tik va bo‘ylama yo‘nalishdagi kuch va kuchlanishlarni qabul qilib poydevorlariga uzatadi va albatta o‘z poydevorlariga ega bo‘lishi shartdir. O‘zining og‘irligini qabul qiluvchi devorlar esa faqat o‘zining og‘irligini qabul qilib poydevorlarga uzatib o‘z navbatida ichki yoki tashqi devorlar sifatida ham loyihalanishi mumkin. O‘zining og‘irligini uzatuvchi devorlar esa asosiy hollarda xonalarni bo‘luvchi oraliq devorlar sifatida loyihalanib orayopmalar orqali o‘z og‘irligini yuk ko‘taruvchi devorlarga uzatadi. Alohida tayanchlar – sanoat binolarida yuk qabul qiluvchi tik yo‘nalishdagi konstruksiyalar bo‘lib, to‘sinlar orqali qavatlararo orayopmalar, tom yopmalari, tom va boshqa elementlardan yuk va yuklanishlarni qabul qilib poydevorlarga uzatish uchun xizmat qiladi. Konstruktiv echimiga qarab alohida tayanchlar, mayda o‘lchamli mahsulotli, temir betonli yoki metall mahsulotlardan bo‘lishi mumkin. Orayopmalar – sanoat binolarda xonalarni tik yo‘nalishda bir biridan ajratuvchi konstruksiyalar bo‘lib, doimiy va vaqtinchalik yo’qlarni qabul qilib yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarga uzatadi. Mo‘ljallanishiga qarab orayopmalar binolarda pastki (texpodpole va 1 qavat orasida), erto‘la usti (erto‘la va 1 qavat orasida), qavatlararo (1 va yuqori qavatlar orasida) va chordoq (so‘nggi qavat va chordoq) tarzda loyihalanadi. Rasm. Bir qavatli sanoat binosining konstruktiv elementlari. 1 - poydevor; 2 - ustun; 3 – tomning yuk ko‘taruv konstruksiyasi osti to‘sini (podstropilnaya ferma); 4 - tomning yuk ko‘taruv konstruksiyasi (stropilnaya ferma); 5 – Yuqoridan yoritish va shamollatish konstruksiyasi (yorug‘lik va aeratsiya fonari); 6- tomning temir-beton yopma paneli; 7- par saqlovchi qatlam (paroizolyasiya); 8- issiqlik saqlovchi qatlam (teploizolyasiya); 9- sement- qum qorishmali tekislovchi qatlam; 10 – tom qoplamasi (suv o‘tkazmovchi qatlam); 11 - yomg‘ir va qor suvlarini qabul qilish ichki suv tarnovining og‘zi (vodopriyomnaya voronka); 12- o‘rta qator tarnovlariga oqib keluvchi suv yo‘li; 13- chetki qator tarnovlariga oqib keluvchi suv yo‘li; 14 - devor paneli; 15 -deraza paneli; 16 - kran osti to‘sini; 17 – ko‘prikli kran harakatlanadigan rels; 18 - ustunlar orasidagi tik bog‘lam; 19 - poydevor to‘sini; 20 - asfalt qoplama (otmostka). Tomlar - binolarni yuqori tomondan tashqi atmosfera tasirlardan himoya qilib tomning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari, tom yopmasi va qoplama qismlaridan tashkil topadi. Loyihalanishiga qarab tomlar chordoqli va tekis (sovmeщennыe) tarzda loyihalanadi. Download 73.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling