Asosiy talablar
Download 73.71 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalari
- Bo‘ylama va tik yo‘nalishdagi bog‘lamlar
Tom yopmalari – sanoat binolarida tomning asosiy konstruksiyasi xisoblanib
chordoq va texnik qavatlar ustida o‘rnatiladi, chordoqsiz va texnik qavatlarsiz loyihalashda esa so‘nggi qavat orayopma konstruksiyasi tom yopmasi sifatida qabul qilinadi va qoplovchi elementlar bilan tom sifatida loyihalanadi. Sifatli bajarilgan tekis tomlar, chordoqli tomlarga nisbatan qurilishda va ekspluatatsiyada ancha arzonroq baholanadi, bundan tashqari tekis tomlardan bazi hollarda maydonlar sifatida ham foydalanish mumkin. Rasm. Ko‘p qavatli sanoat binosining konstruktiv elementlari. 1- poydevor; 2 - ustun; 3 - qavatlararo orayopma to‘sini; 4– ustunlar orasidagi tik bog‘lam;; 5- qavatlararo orayopma paneli; 6- kranosti to‘sini; 7- tomning Yuk ko‘taruv konstruksiyasi (stropilnaya balka); 8- tomning temir-beton yopma paneli; 9 - par saqlovchi qatlam (paroizolyasiya); 10 - issiqlik saqlovchi qatlam (teploizolyasiya); 11- sement-qum qorishmali tekislovchi qatlam; 12 - tom qoplamasi (suv o‘tkazmovchi qatlam); 13 - yomg‘ir va qor suvlarini qabul qilish ichki suv tarnovining og‘zi (vodopriyomnaya voronka); 14 - devor paneli; 15 - deraza paneli; 16 - asfalt qoplama (otmostka); 17- poydevor to‘sini. Tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalari – tomdan qabul qilinadigan yuk va yuklamalarni, bazi xollarda esa yuk ko‘taruv transport jihozlaridan xam beriladigan yo’qlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri karkas ustunlarga yoki bazi xollarda binoning bo‘ylama yo‘nalishdagi mustaxkamligini saqlovchi tomning yuk ko‘taruv osti to‘sinlariga uzatish uchun xizmat qiladi. Bo‘ylama va tik yo‘nalishdagi bog‘lamlar – binoning bikrligini saqlash uchun xizmat qiladi. Darvozalar – sanoat binolarida turli gabaritlarga ega bo‘lgan yo’qlar, transport vositalari va jihozlarini kiritib chiqarish uchun xizmat qiladi. Zinapoyalar - binoning qavatlari orasidagi tik yo‘nalishdagi harakatni bog‘lash va bino ichkarisidagi kishilarni evakuatsiya qilish uchun xizmat qiladi. Zinapoyalar joylashgan xonalarni zinapoya bo‘lmalari (lestnichnыe kletki) deb ataladi. Zinapoya konstruksiyalari asosan pillapoyalardan tashkil topgan qiya marsh va zinapoya maydonchasidan tashkil topadi va xavfsizlikni taminlash maqsadida zinapoya tutqichi (perila) bilan jihozlanadi. Derazalar – binolarda xonalarini tabiiy yorug‘lik nuri bilan taminlash va tabiiy shamollatishni amalga oshirish uchun zarurdir. Deraza konstruksiyasi ularni o‘rniga o‘rnatish uchun kesaki (korobka) va tabaqalardan tashkil topadi. Sanoat binolarida deraza o‘rni maydonlari yorug‘lik texnikasi hisoblari bo‘yicha qabul qilinadi. Eshiklar – binolar xonalari orasidagi bo‘ylama yo‘nalishdagi aloqani bog‘lash uchun xizmat qiladi. Eshik konstruksiyasi ularni o‘rniga o‘rnatish uchun kesaki (korobka) va tabaqalardan tashkil topadi. Download 73.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling