Asosiy talablar


Download 73.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi73.71 Kb.
#1494727
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Ma\'ruza



1-MA’RUZA (2 soat) 
SANOAT BINOLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR. SANOAT 
BINOLARINING TASNIFI. SANOAT BINOLARIGA QUYILADIGAN 
ASOSIY TALABLAR. 
Reja:
1. Sanoat korxonalari va sanoat binolari haqida tushunchalar. 
2. Sanoat binolarining klassifikatsiyasi. 
3. Sanoat binolarining asosiy konstruktiv elementlari. 
4. Sanoat binolariga qo‘yiladigan talablar.
 
Tayanch so‘zlar va iboralar: sanoat korxonasi, sanoat binolari, tehnologik jarayon, 
bir qavatli sanoat binolari, ko‘p qavatli sanoat binolari, ikki qavatli sanoat binolari, 
prolyotli binolar, yacheykali binolar, zalli binolar, ishlab chiqarish binolari, 
energetik binolar, transport-omborxona binolari, yordamchi binolar, yuk ko‘taruv 
transport jihozlari, ustunlar to‘ri, qavat balandligi, bino xajmi, qurilish maydoni, 
foydali maydon, ishchi maydon, konstruktiv maydon.
Sanoat korxonalari va sanoat binolari haqida tushunchalar. Har qanday tayyor 
mahsulotlar va yarim fabrikatlar ishlab chiqarish uchun muljallangan korxonalar 
sanoat korxonalari deb yuritiladi va mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sanoat 
korxonalarida olib boriladigan tehnologik jarayonlar bilan tugridan tugri yoki kisman 
bulsada aloqador va tehnologik jarayonlar yuritiladigan binolar sanoat binolari deb 
ataladi va xar qanday sanoat korxonalari qanday mahsulotlar ishlab chiqarishidan 
qatiy nazar o’z tarkibida quyidagi binolariga ega bulishi shartdir: 
-asosiy ishlab chiqarish binolari; 
 
-energetika binolari; 
 
-transport-omborxona xo‘jalik binolari; 
 
-yordamchi binolar; 
Sanoat korxonalarining energetika binolarida sanoat korxonasida tehnologik 
jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo’ladigan energetik jarayonlar amalga 
oshiriladi (issiqlik energetika qurilmalari, transformator stansiyalari, issiqlik 
qurilmalari , kompressor xonalari va x.k.) 
Sanoat korxonalarining transport-omborxona xo‘jalik binolariga sanoat 
korxonasining transport parklari, garajlari, xom ashyo va tayyor mahsulotlar 
omborlari xamda xujalik ishlari uchun muljallangan binolari kiritiladi. 
Sanoat korxonalarining yordamchi binolariga sanoat korxonasining mamuriy, 
xizmat ko’rsatuvchi, ovqatlanish, meditsina va boshqa xizmatlar uchun 
foydalanuvchi binolari kiritiladi. 


Rasm. Bir qavatli sanoat binolari. 
a) - bir qavatli bir proletli bino, osma turdagi yuk ko‘taruv jihozi bilan; 
b) - bir qavatli bir proletli bino, ko‘prikli turdagi yuk ko‘taruv jihozi bilan; v) - bir qavatli ikki 
prolyotli bino, osma turdagi yuk ko‘taruv jihozi bilan; 
g) -ko‘p proletli prolyotlar balandligi xar xil bino, ko‘prikli turdagi yuk ko‘taruv jihozi bilan; ; 
d) - ko‘p proletli, fonarli bino, osma turdagi yuk ko‘taruv jihozi bilan; 
e, j) - fonarli ko‘p prolyotli bino, ko‘prikli turdagi yuk ko‘taruv jihozi bilan; i) - sanoat binosining 
umumiy ko‘rinishi; 


Rasm. Ko‘p qavatli sanoat binosi. 
a) – yuqori qavati katta prolyotli bo‘lgan ikki qavatli bino, osma turdagi yuk ko‘taruv jihozi bilan;
b) - ustunlar to‘ri (6+3+6)x6 m bo‘lgan ustun-to‘sin sistemali ko‘p qavatli bino;
v) - ustunlar to‘ri (6+6+6)x6 m bo‘lgan ustun-to‘sin sistemali ko‘p qavatli bino;
g) - ustunlar to‘ri (6+6+6)x6 m bo‘lgan to‘sinsiz sistemali ko‘p qavatli bino; 
d) - ustunlar to‘ri (12+12)x6 m bo‘lgan ustun-to‘sin sistemali ko‘p qavatli bino;
e) - yuqori qavati katta prolyotli bo‘lgan ko‘p qavatli bino, osma turdagi yuk ko‘taruv jihozi bilan;
j) - ko‘p qavatli binoning umumiy ko‘rinishi. 
Sanoat korxonalarining asosiy ishlab chiqarish binolarida sanoat korxonasida 
ishlab chqariladigan tayyor mahsulotlar yoki yarim fabrikat shaklidagi tayyor 
mahsulotlar ishlab chiqariladi va istemol uchun uzatiladi (mexanik yigish , to‘quv, 
temirchilik, shtamplash, termik ishlov berish, temir beton mahsulotlar ishlab 
chiqarish va x.k.). 
Sanoat binolarining klassifikatsiyasi. Sanoat korxonalari binolari quyidagi 
belgilariga qarab klassifikatsiyalanadi:


a) mo‘ljallanishiga qarab : 

Download 73.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling