Asosiy talablar
Yuqoridan yorituvchi va shamollatuvchi konstruksiyalar
Download 73.71 Kb. Pdf ko'rish
|
1. Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik erto‘la (texnicheskoe podpole) yoki texnik kanallar
Yuqoridan yorituvchi va shamollatuvchi konstruksiyalar – sanoat binolarida
yorug‘lik texnikasi va o‘amollatishning fizik-texnikaviy hisoblari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda yoritish va shamollatish funksiyalarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Erto‘la – sanoat binolarida turli xil energetik yoki issiqlik qurilmalarini joylashtirish, omborxona va turli maqsadlarda foydalanish uchun loyihalanadi va qurilishi amalga oshiriladi. Texnik erto‘la (texnicheskoe podpole) yoki texnik kanallar – binolarda muhandislik tarmoqlari jihozlarini joylashtirish va o‘tkazish uchun loyihalanadi va qurilishi amalga oshiriladi. Chordoq – binolarda yuqori qavatlardagi xonalarni tashqi muhit tasiridan saqlash, muhandislik tarmoqlari jihozlarini joylashtirish va boshqa maqsadlarni amalga oshirish uchun loyihalanadi va qurilishi amalga oshiriladi. Binolarda poydevorlar, alohida tayanchlar, tomning yuk ko‘taruv konstruksiyalari asosiy elementlar hisoblanib, yuqoridan beriladigan yuk va yuklamalarni qabul qiluvchi va uzatuvchi, poydevor to‘sinlari, devorlar, orayopma va tom yopmalari, kran osti to‘sinlari, bo‘ylama va tik yo‘nalishdagi bog‘lamlar esa binoning bo‘ylama va tik yo‘nalishdagi mustahkamligi va bikrligini taminlovchi asoslari hisoblanadi va ushbu asos binoning konstruktiv sxemasini aniqlab beradi. Bo‘ylama yo‘nalishda joylashgan yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarining tik yo‘nalishdagi yuk ko‘taruv konstruksiyalari bilan maxkamlanish xarakteridan kelib chiqib sanoat binolari quyidagi turdagi konstruktiv sxemalar asosida loyihalanadi: bo‘ylama yo‘nalishdagi yuk ko‘taruvchi devorli, ko‘ndalang yo‘nalishdagi yuk ko‘taruvchi devorli, to‘liq bo‘lmagan karkasli va to‘liq karkasli. Bo‘ylama yo‘nalishdagi yuk ko‘taruvchi devorli va ko‘ndalang yo‘nalishdagi yuk ko‘taruvchi devorli karkassiz konstruktiv sxemalardan asosan mayda o‘lchamli g‘isht-tosh konstruksiyalardan loyihalanuvchi binolarda, yarim karkasli va to‘liq karkasli konstruktiv sxemalardan esa yirik panelli konstruksiyalarga ega bo‘lgan binolarni loyihalashda foydalanish maqsadga muvofiq keladi. Sanoat binolarining konstruktiv sxemalari, ularning xajmiy-tarxiy, xajmiy- fazoviy echimlari va texnik iqtisodiy ko’rsatkichlaridan kelib chiqqan holda tanlab olinadi. Sanoat binolari ham har qanday boshqa turdagi binolar kabi to’liq karkasli, yarim karkasli va yuk ko’taruvchi devorlarga ega bo’lgan karkassiz konstruktiv sxemalar asosida loyihalanadi. Karkas panelli konstruktiv sxemaga ega bo’lgan binolar qurilishda iqtisodiyot va industrlashtirish talablariga to’liq javob berib, ushbu sxemaga ega bo’lgan binolar xajmiy-tarxiy echimlarning asosi bo’lgan unifikatsiyalash parametrlarining elementlari (qadam, kenglik va balandlik) orqali loyihalanadi. Statik ishlash xususiyatiga qarab karkas panelli konstruktiv sxemaga ega bo’lgan ko‘p qavatli sanoat binolari quyidagi turlardagi konstruktiv sistemalarga ega buladi: ramali, ramali bog‘lamli va bog‘lamli. binolarda barcha tik yo’nalishdagi kuch va kuchlanishlarni faqat o’zaro bir-biri bilan maxkam boglanishga ega bo’lgan ramalar yani ustunlar va to’sinlar qabul qiladi. Ramali boglamli konstruktiv sistemaga ega bo’lgan binolarda barcha tik yunalishdagi kuch va kuchlanishlarni ramalar yani ustunlar va to’sinlar, buylama yunalishdagi kuch va kuchlanishlarni esa ustunlar va to’sinlar bilan birgalikda mustaxkamlikni teng ravishda taminlovchi tik yo’nalishdagi bog’lamlar yani mustaxkamlik diafragmalari qabul qiladi. Bog’lamli konstruktiv sistemaga ega bo’lgan binolarda barcha tik yo’nalishdagi kuch va kuchlanishlarni faqat o’zaro bir-biri bilan maxkam boglanishga ega bo’lgan ramalar yani ustunlar va to’sinlar qabul qiladi, buylama yunalishdagi kuch va kuchlanishlarni esa orayopma va tom yopma panellari orqali qabul oluvchi tik yo’nalishdagi boglamlar yani mustaxkam devor panellari qabul qiladi. Bog’lamli konstruktiv sistemalarda tik va bo’ylama yo’nalishdagi elementlar o’zaro bir-biri bilan nafaqat maxkam, balki sharnirli ravishda xam boglangan bulishi mumkindir. Hozirgi kunda karkas panelli konstruktiv sxemaga ega bo’lgan ko’p qavatli zamonaviy sanoat binolarida konstruksiya va elementlarni unifikatsiyalash talablariga tulik javob bera oluvchi boglamli konstruktiv sistemadan keng mikdorda foydalaniladi. Kup qavatli boglamli konstruktiv sistemaga ega bo’lgan karkas panelli konstruktiv sxemaga ega bo’lgan sanoat binolari uchun maxsus unifikatsiyalangan karkas konstruksiyalari ishlab chiqilgan. Binoning mustaxkamligi binoning bor uzunligi bo’yicha fazoviy boglamlar sifatida loyihalangan va ustunlarga payvandlash orkali maxkam o’rnatilgan temir beton devor panellari bilan taminlanadi. Devorlar va ustunlarning o’zaro maxkamlanish choklari ularni tuldirish orkali pardozlanadi. Temir beton konstruksiyalarni konstruksiyalashda asosiy va murakkab masala ustunlarning o’zaro birikish choklarni loyihalashdir. Yuqoridagi turdagi unifikatsiyalangan temir beton karkas turi uchun maxsus industrlashgan “kuruk (suxoy)” deb yuritiluvchi , yarim avtomatlashgan “vannali” payvandlash turiga ega bo’lgan usul ishlab chiqilgan. Ushbu usulda ustunlar bir-biriga maxkamlangandan sung temir beton ustunlar orasida xosil bo’lgan choklar sementli korishma bilan tuldiriladi. Olovgabardoshlilik talablari bo’yicha betonning ximoya katlami 60-80 mm.dan kam bulmasligini etiborga olib maxsus uramli boglam konstruksiyalarining o’lchamlari 280X280 mm.dan oshib ketmasligi zarur. Sanoat binolarining karkas panelli konstruktiv sxemaga ega bo’lgan binolarini loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirish. Download 73.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling