Asosiy talablar


Yuqoridan yorituvchi va shamollatuvchi konstruksiyalar


Download 73.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana16.06.2023
Hajmi73.71 Kb.
#1494727
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Ma\'ruza

Yuqoridan yorituvchi va shamollatuvchi konstruksiyalar – sanoat binolarida 
yorug‘lik texnikasi va o‘amollatishning fizik-texnikaviy hisoblari bo‘yicha 
qo‘shimcha ravishda yoritish va shamollatish funksiyalarini amalga oshirish uchun 
xizmat qiladi.
Erto‘la – sanoat binolarida turli xil energetik yoki issiqlik qurilmalarini joylashtirish, 
omborxona va turli maqsadlarda foydalanish uchun loyihalanadi va qurilishi amalga 
oshiriladi.
Texnik erto‘la (texnicheskoe podpole) yoki texnik kanallar – binolarda 
muhandislik tarmoqlari jihozlarini joylashtirish va o‘tkazish uchun loyihalanadi va 
qurilishi amalga oshiriladi.
Chordoq – binolarda yuqori qavatlardagi xonalarni tashqi muhit tasiridan saqlash, 
muhandislik tarmoqlari jihozlarini joylashtirish va boshqa maqsadlarni amalga 
oshirish uchun loyihalanadi va qurilishi amalga oshiriladi.
Binolarda 
poydevorlar, 
alohida 
tayanchlar, 
tomning 
yuk 
ko‘taruv 
konstruksiyalari asosiy elementlar hisoblanib, yuqoridan beriladigan yuk va 


yuklamalarni qabul qiluvchi va uzatuvchi, poydevor to‘sinlari, devorlar, orayopma va 
tom yopmalari, kran osti to‘sinlari, bo‘ylama va tik yo‘nalishdagi bog‘lamlar esa 
binoning bo‘ylama va tik yo‘nalishdagi mustahkamligi va bikrligini taminlovchi 
asoslari hisoblanadi va ushbu asos binoning konstruktiv sxemasini aniqlab beradi.
Bo‘ylama yo‘nalishda joylashgan yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarining tik 
yo‘nalishdagi yuk ko‘taruv konstruksiyalari bilan maxkamlanish xarakteridan kelib 
chiqib sanoat binolari quyidagi turdagi konstruktiv sxemalar asosida loyihalanadi: 
bo‘ylama yo‘nalishdagi yuk ko‘taruvchi devorli, ko‘ndalang yo‘nalishdagi yuk 
ko‘taruvchi devorli, to‘liq bo‘lmagan karkasli va to‘liq karkasli. 
Bo‘ylama yo‘nalishdagi yuk ko‘taruvchi devorli va ko‘ndalang yo‘nalishdagi 
yuk ko‘taruvchi devorli karkassiz konstruktiv sxemalardan asosan mayda o‘lchamli 
g‘isht-tosh konstruksiyalardan loyihalanuvchi binolarda, yarim karkasli va to‘liq 
karkasli konstruktiv sxemalardan esa yirik panelli konstruksiyalarga ega bo‘lgan 
binolarni loyihalashda foydalanish maqsadga muvofiq keladi.
Sanoat binolarining konstruktiv sxemalari, ularning xajmiy-tarxiy, xajmiy-
fazoviy echimlari va texnik iqtisodiy ko’rsatkichlaridan kelib chiqqan holda tanlab 
olinadi. Sanoat binolari ham har qanday boshqa turdagi binolar kabi to’liq karkasli, 
yarim karkasli va yuk ko’taruvchi devorlarga ega bo’lgan karkassiz konstruktiv 
sxemalar asosida loyihalanadi.
Karkas panelli konstruktiv sxemaga ega bo’lgan binolar qurilishda iqtisodiyot 
va industrlashtirish talablariga to’liq javob berib, ushbu sxemaga ega bo’lgan binolar 
xajmiy-tarxiy echimlarning asosi bo’lgan unifikatsiyalash parametrlarining 
elementlari (qadam, kenglik va balandlik) orqali loyihalanadi. Statik ishlash 
xususiyatiga qarab karkas panelli konstruktiv sxemaga ega bo’lgan ko‘p qavatli 
sanoat binolari quyidagi turlardagi konstruktiv sistemalarga ega buladi: ramali, ramali 
bog‘lamli va bog‘lamli. binolarda barcha tik yo’nalishdagi kuch va kuchlanishlarni 
faqat o’zaro bir-biri bilan maxkam boglanishga ega bo’lgan ramalar yani ustunlar va 
to’sinlar qabul qiladi.
Ramali boglamli konstruktiv sistemaga ega bo’lgan binolarda barcha tik 
yunalishdagi kuch va kuchlanishlarni ramalar yani ustunlar va to’sinlar, buylama 
yunalishdagi kuch va kuchlanishlarni esa ustunlar va to’sinlar bilan birgalikda 
mustaxkamlikni teng ravishda taminlovchi tik yo’nalishdagi bog’lamlar yani 
mustaxkamlik diafragmalari qabul qiladi. 
Bog’lamli konstruktiv sistemaga ega bo’lgan binolarda barcha tik 
yo’nalishdagi kuch va kuchlanishlarni faqat o’zaro bir-biri bilan maxkam boglanishga 
ega bo’lgan ramalar yani ustunlar va to’sinlar qabul qiladi, buylama yunalishdagi 
kuch va kuchlanishlarni esa orayopma va tom yopma panellari orqali qabul oluvchi 
tik yo’nalishdagi boglamlar yani mustaxkam devor panellari qabul qiladi. Bog’lamli 
konstruktiv sistemalarda tik va bo’ylama yo’nalishdagi elementlar o’zaro bir-biri 
bilan nafaqat maxkam, balki sharnirli ravishda xam boglangan bulishi mumkindir.
Hozirgi kunda karkas panelli konstruktiv sxemaga ega bo’lgan ko’p qavatli 
zamonaviy sanoat binolarida konstruksiya va elementlarni unifikatsiyalash talablariga 
tulik javob bera oluvchi boglamli konstruktiv sistemadan keng mikdorda 
foydalaniladi. Kup qavatli boglamli konstruktiv sistemaga ega bo’lgan karkas panelli 
konstruktiv sxemaga ega bo’lgan sanoat binolari uchun maxsus unifikatsiyalangan 


karkas konstruksiyalari ishlab chiqilgan. Binoning mustaxkamligi binoning bor 
uzunligi bo’yicha fazoviy boglamlar sifatida loyihalangan va ustunlarga payvandlash 
orkali maxkam o’rnatilgan temir beton devor panellari bilan taminlanadi. Devorlar va 
ustunlarning o’zaro maxkamlanish choklari ularni tuldirish orkali pardozlanadi. 
Temir beton konstruksiyalarni konstruksiyalashda asosiy va murakkab masala 
ustunlarning 
o’zaro birikish choklarni loyihalashdir. Yuqoridagi turdagi 
unifikatsiyalangan temir beton karkas turi uchun maxsus industrlashgan “kuruk 
(suxoy)” deb yuritiluvchi , yarim avtomatlashgan “vannali” payvandlash turiga ega 
bo’lgan usul ishlab chiqilgan. Ushbu usulda ustunlar bir-biriga maxkamlangandan 
sung temir beton ustunlar orasida xosil bo’lgan choklar sementli korishma bilan 
tuldiriladi.
Olovgabardoshlilik talablari bo’yicha betonning ximoya katlami 60-80 mm.dan 
kam bulmasligini etiborga olib maxsus uramli boglam konstruksiyalarining 
o’lchamlari 280X280 mm.dan oshib ketmasligi zarur. Sanoat binolarining karkas 
panelli konstruktiv sxemaga ega bo’lgan binolarini loyihalash va qurilish ishlarini 
amalga oshirish.

Download 73.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling