Asosiy vositalar kirimiga doir muomalalar auditini tashkil etish


Asosiy vositalar hisobini tekshirish bo’yicha ichki nazorat tizimining ahvolini aniqlash testi


Download 25.04 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi25.04 Kb.
#1529218
1   2   3   4
Bog'liq
FAxriddinov D mavzu

Asosiy vositalar hisobini tekshirish bo’yicha ichki nazorat tizimining ahvolini aniqlash testi.

Ushbu keltirilgan testdan shunday xulosa qilish mumkinki, tekshiruv o’tkaziladigan korxonada hisobot davrida inventari-zatsiya o’tkazilmagan, hisob siyosatida ayrim ob’ektlarni inven-tarizatsiya qilish tartibi va muddatlari belgilanmagan. Natijada, tekshiruv chog’ida asosiy vositalar ob’ektlarini tanlab inven-tarizatsiya qilish zarur. Mazkur korxona bo’linmalarida asosiy vositalar hisobiga doir muomalalar ustidan ichki nazoratning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi oqibatida sezilarli xatolarga yo’l qo’yish xavfi katta.


  • Ushbu keltirilgan testdan shunday xulosa qilish mumkinki, tekshiruv o’tkaziladigan korxonada hisobot davrida inventari-zatsiya o’tkazilmagan, hisob siyosatida ayrim ob’ektlarni inven-tarizatsiya qilish tartibi va muddatlari belgilanmagan. Natijada, tekshiruv chog’ida asosiy vositalar ob’ektlarini tanlab inven-tarizatsiya qilish zarur. Mazkur korxona bo’linmalarida asosiy vositalar hisobiga doir muomalalar ustidan ichki nazoratning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi oqibatida sezilarli xatolarga yo’l qo’yish xavfi katta.

  • Bosh daftarda aks ettirilgan 0110-0199, 0211-0299, 0310, 0710, 0720, 0810, 0820, 0840, 0850, 0860, 0890, 0920, 4810, 4820, 4830, 6910, 6920, 7910 sintetik schyotlar qoldiqlarining mos ra-vishda analitik hisob registrlari va buxgalteriya balansi ma’lumotlariga muvofiqligini aniqlash zarur. Ular barcha pozitsiyalar bo’yicha: oy boshiga qoldiq, oylik oborotlari, oy oxiriga qoldiq-lar bir-biriga to’g’ri kelishi lozim. Agar tafovutlar aniqlansa, ularning sabablarini aniqlash va korxonaga asosiy vositalarni, montaj talab qiladigan qurilmalarni; kapital qo’yilmalarni, tuzilgan lizing shartnomalari bo’yicha majburiyatlarni inventa-rizatsiya qilish tavsiya etiladi. So’ngra korxonaning asosiy vosita-larni hisobga olish bo’yicha qabul qilingan hisob yuritish siyosati bilan tanishish zarur.

2. Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari.


  • Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvdan o’tkazishda foydalaniladigan manbalar buxgalterlik hisobning korxonada qabul qilingan tashkiliy shakliga ham bog’liq. Bular hisobni qo’lda yuritish sharoitida: jurnal-orderlar, vedomostlar, kartochkalar: avtomatlashtirilgan hisob sharoitida esa kompyuter dasturlari, mashinagrammlaridir. Lekin hisobning har qanday shakli sharoitida ham asosiy vositalarning harakatiga oid muomalalar (kirimi, chiqimi, xo’jalik ichidagi siljishi, ta’mirlanishi) me’yoriy hujjatlar va dastlabki hujjatlashtirishning unifikatsiyalangan idoralararo shakllari bilan rasmiylashtirilishi lozim.

asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalarini tartibga soladigan asosiy me’yoriy hujjatlar;


korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrugi;
asosiy vositalarni hisobga olishda korxonada qo’llaniladigan analitik va sintetik hisob registrlari;
asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (ichki siljish) dalolatnomasi (naqladnoyi) (AV-1 shakl);
buxgalteriya hisobotlari;
ta’mirlangan, qayta jihozlangan va zamonaviylashtirilgan ob’ektlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-2 shakl);
asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-Z shakl);
asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochka (AV-6 shakl);
avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolat-nomasi (AV-4 shakl);
asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochkalar ro’yxati (AV-7 shakl);
asosiy vositalar harakatini hisobga oladigan kartochka (AV-8 shakl);
asosiy vositalarning inventar ro’yxati (ishlatish joylari bo’yicha) (AV-9 shakl).
Auditor ushbu me’yoriy hujjatlar, hisob registrlari va dastlabki hujjatlarda asosiy vositalar harakatini rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslar imzolarining mavjudligi va haqqoniyligiga e’tibor qaratib, barcha rekvizitlarning to’g’ri to’lg’azilganligini aniqlaydi.
Auditor tekshiruv chog’ida moliyaviy hisobotning quyidagi shakllaridan foydalanadi:
moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);
asosiy vositalar to’g’risida hisobot (3-shakl);
pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4-shakl);
xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl);
izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar.
buxgalteriya balansi (1-shakl);



Download 25.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling