Asosiy vositalarni Buxgalteriya Hisobining Xalqaro Standarti (bhxs) 16 da xisobga olish
Download 173.79 Kb.
|
Asosiy vositalarni Buxgalteriya Hisobining Xalqaro Standarti tan narxi
Asosiy vositalarni Buxgalteriya Hisobining Xalqaro Standarti (BHXS) 16 da xisobga olish Javlon Umarov, ACCA, FMVA, IFRS Foundation Uzbek Review Committee a'zosiOctober 03, 2020 BHXS, asosiy vositalarni xisobga olishning turli jihatlarlari bilan shug’ullanadi, jumladan; Asosiy vositalarni tan olish va tan olishdagi baholash; Tan olishda keyingi baholash usullari; Eskirish va amortizatsiya usullari, yaroqlilik muddati, va qoldiq qiymati; Asosiy vositalarni qayta baholash; Asosiy vositalarning sotilishdagi va chiqimidagi foyda va zararlarni hisobi; Asosiy vositalarning komponentlashtirish; Asosiy vositalarni yoritib berish talablari. Quyidagi standartlar BHXS 16 da qamrab olinmagan sohalarni o’z ichiga oladi: Asosiy vositalarning qadrsizlanishi (BHXS 36 “Uzoq muddatli aktivlarning qadrsizlanishi” bilan shug’ullanadi) Nomoddiy aktivlar va gudvil (BHXS 38da “Nomoddiy aktivlar”ni qamrab olgan) Aktivlarning haqqoniy/adolatli qiymati (MHXS 13 “Haqqoniy qiymatni baholah”ni o’z ichiga olingan) Qarzlar bo’yicha foiz va boshqa xarajatlarni kapitallashtirish (BHXS 23, “Qarzlar bo’yicha xarajatlar”) Biologik aktivlar, qishloq xo’jaligiga oid (BHXS 41, “Qishloq xo’jaligi”) Asosiy vositalarni sotish uchun mo’ljallangan deb tasniflanish (MHXS 5, “Sotish uchun mo’ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat”) Ijaraga olingan aktivlar (MHXS 16 “Ijara”) Asosiy vositalarning kichik ehtiyot qismlari (BHXS 2 “Tovar-moddiy zaxiralar”) Investitsion ko’chmas mulk hisobi (BHXS 40, “Investitsion mulk”) Davlat grantlari asosida qurilgan asosiy vositalar (BHXS 20, “Davlat grantlarini hisobga olish va davlat yordami to’g’risida ma’lumotlarni ochib berish”) Asosiy vositalarning ekspluatatsiya narxlari (BHXS 37, “Rezervlar, shartli majburiyatlar, shartli aktivlar”) Download 173.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling