Asosiy vositalarni Buxgalteriya Hisobining Xalqaro Standarti (bhxs) 16 da xisobga olish


Download 173.79 Kb.
bet3/4
Sana04.05.2023
Hajmi173.79 Kb.
#1426244
1   2   3   4
Bog'liq
Asosiy vositalarni Buxgalteriya Hisobining Xalqaro Standarti tan narxi

Naqd bo’lmagan operatsiyalar: Agarda siz asosiy vositani naqd pulga emas balki, sizning boshqa asosiy vositangizni ayriboshlash hisobiga sotib olsangiz, siz mulkning narxini o’zining sotib olgan asosiy vosita haqqoniy/adolatli qiymatida tan olishingiz kerak. Agarda mulklarning haqqoniy/adolatli qiymatini ishonchli darajada hisoblashni imkoni bo’lmasa, siz sotib olingan aktivni almashtirilgan aktivning hozirgi balans qiymatida tan olishingiz kerak. 

Quyidagi ikki talab bajarlinganda, asosiy vositalarni qurish bilan bog’liq qarz bo’yicha xarajatlar asosiy vositalarning tannarxining bir qismi sifatida kapitallashtiriladi:


- Asosiy vositani tayyorlash “ko’p vaqt” olsa (odatda 1 yildan ortiqroq); va
- Davr davomida asosiy vositani qurilishi amalga oshirilayotgan bo’lsa.
Yuqoridagi ikki talabni bajaradigan aktivlar kvalifikatsiyalanadigan aktiv deb ta’riflanadi.

Kvalifikatsiyalanadigan aktiv bitib, mo’ljallangan foydalanishga tayyor bo’lgandan keyin, aktivdan foydalanishni hali boshlamagan bo’lsangiz ham, foiz xarajatlarini kapitallashtirishni to’xtatishingiz kerak. Kapitallashtirishni to’xtatganingizdan keyin, qarz bilan bog’liq xarajatlar foyda va zarar to’g’risidagi hisobotga olib boriladi.

Agarda sizning kompaniyangizda kreditlar ko’p bo’lsa va hech qaysi kredit kvalifikatsiyalanadigan aktivni qurish uchun maqsadli olinmagan, balki barchasi umumiy kredit bo’lsa, siz barcha qarzlar bo’yicha xarajatlarni o’rta-vazn foiz stavkasini hisoblab, shu xarajatni kapitallashtirishingiz kerak.

Bu haqda ko’proq BHXS (IAS) 23 “Qarzlar bo’yicha xarajatlar”ga bag’ishlangan maqolamda yozaman.



Asosiy vositalarning tan olishdan keyingi baholash: Tannarx va qayta baholash modellari
Asosiy vositalarning keying baholanishiga kelganda, sizda hisob siyosatingiz bo’yicha tanlovingiz bo’ladi. Siz ushbu tanlovni barcha asosiy vositalar uchun birdek emas, balki asosiy vosita turi/turkumi bo’yicha amalga oshirasiz. “Asosiy vosita turi/turkumi” deganda men quyidailarni nazarda tutaman:

  • Yer;

  • Bino va Inshootlar;

  • Asbob-uskunalar;

  • Avtomobillar;

  • Ofis asbob-uskunalari;

  • Mebel va jihozlar;

  • va boshqalar.

Sizda tan olishdan keying baholashning quyidagi tanlovlari mavjud:

Tan olishdan keyingi baholash

Agarda siz qayta baholash modelidan foydalansangiz: siz aktivlaringizni har yili qayta baholashingiz kerak degai emas. Lekin, qayta baholash bu shu darajada tez-tez bo’lishi kerakki, hisobot kunidagi asosiy vositalarning balans qiymati uning haqqoniy/adolatli qiymatidan sezilarli darajada farq qilib qolmasligi kerak. Shuningdek, baholash uchun tashqi baholovchilarni jalb qilishingiz shart deyilgan emas. Agar korxonangizda yeterlicha tajribaga ega hodimlar bo’lsa, qayta baholashni o’zingiz ham qilsangiz bo’ladi. Biroq, auditorlaringiz tashqi baholovchilarni olishingizni talab qilishi mumkin. Nima ham derdik, ular ham orqa tomonlarini yopishlari, tog’rirog’i, riskni minimallashtirishlari kerak-da. 😊

Quyida siz qayta baholash haqidagi asosiy qoidalarni ko’rishingiz mumkin:
- Qayta baholash natijasida kelib chiqgan daromad foyda va zararga emas, balki boshqa umumlashgan daromadga (other comprehensive income) olib boriladi. Shuning uchun ushbu summalar kapitalingizda taqsimlanmagan foydaga emas, balki [milliy standartlarimizdek] “qayta baholash rezervi”ga olib boriladi.

- Qayta baholash natijasida kelib chiqgan zararlar va qadrsizlanish boshqa umumlashgan daromadlardan oldingi jamg’arilgan daromadlarni kamaytiradi, ammo agar qayta baholash bo’yicha zarar yoki qiymatning pasayishi ushbu aktiv uchun qayta baholash rezervida jamlangan qayta baholash daromadlaridan oshib ketsa, unda zararlar foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot tarkibida tan olinadi.

- Agarda qayta baholash bo’yicha foyda sizning foyda va zararingizga ta’sir qiladigan qadrsizlanishdan keyin qayd etilsa, u holda qayta baholash bo’yicha foydani birinchi navbatda sizning foyda va zararlaringiz orqali oldinroq qayd etilgan zararni ‘qoplaydi’, va keyin boshqa umumlashgan daromadlarda qayd etiladi.

O’ylashimcha, shu yergacha o’quvchilarimning ba’zilarini yo’qotib qo’ydim.. Keling, sizlarga yuqoridagi qoidani raqamlar bilan ko’rsatib beray:


1 Yanvar - qayta baholashdan $100k daromad:
Dt. Asosiy vositalar 100k
Kt. Qayta baholash zaxirasi (OCI) (100k)


31 Mart - $200k qiymatdagi qadrsizlanish:
Dt. Qayta baholash zaxirasi (OCI) 100k
Dt. Davr xarajatlari (P&L) 100k
Kt. Asosiy vositalar (200k)


30 Iyun – qayta baholashdan $150k daromad:
Dt. Asosiy vositalar 150k
Kt. Davr xarajatlari/boshqa daromadlar (P&L) (100k)
Kt. Qayta baholash zaxirasi (OCI) (50k)

…va hokazo. Bu misollar endi sizning tushunchangizni oshirde deb umid qilaman. 

MHXSning ehtiyotkorlik prinsipini/konseptini (hamkasbim bilan hozir MHXS talab qilgan ehtiyotkorlik haqida muhokama qilyotganidk) MHXSning har bir jabhasida ko’rishimiz mumkin. MHXS asosiy vositalarni qayta baholashdagi yo’qotishingizni eng qisqa vaqt ichida foyda va zarar to’g’risidagi hisobotda tan olishga majbur qiladi va shu bilan bir vaqtda, daromadni foyda va zarar to’g’risidagi hisobotda tan olishingizni kechiktiradi.

Men MHXS ayblamayman, chunki odamlar kelajakka xaddan tashqari umid bilan qarashadi. Biz aktivlarimiz va kelajakdagi daromadlarni yuqori darajada baholashga, majburiyat va xarajatlarni esa kam baholashga moyil bo’lamiz. Bundan tashqari, bunda bizning manfaatimiz bor (bonuslar va aktsiyalar bo’yicha opsiyalar va boshqa mukofotlar olamiz). Nima bo’lganda ham bu uchun uzr😉, asosiy vositalar mavzusiga qaytishga ijozat bering.

Asosiy vositalarni haqqoniy/adolatli qiymati bo’yicha qayta baholash, blogimning #IFRS13 sahifasita yoritib beraman.

Quyida nima uchun sizlarga qayta baholash modelini ishlatmasligingiz bo’yicha tavsiyalarim:



  • Birinchidan, bu juda qiyin. Sizda odatiy amortizatsiya bor, qo’shimchasiga siz o’sha olingan foyda va zararlarni boshqa umumlashgan daromadgami yoki davr xarajatigami olishni bilishingiz kerak. Nima uchun sizga bu bosh og’riq kerak?

  • Ikkichidan, audotiringiz tahqi baholovchi olishingizni talab qilib sizni xunob qiladi. Xo’sh, nima uchun siz ko’p ortiqcha pul sarflashingiz kerak?

  • Uchinchidan, bu sizning hisobotingiz uchun bu juda yomon! Bu qanday: Asosiy vositalarning yuqori qiymati sizning xarajatingiz oshishini bildiraid, sababi katta amortizatsiyalar. Asosiy vositalardagi qayta baholashdan olinadigan daromad esa bu xarajatni qoplamaydi, sababi daromad boshqa umumlashgan daromadlar tarkibiga kiritiladi. Nega foydalar va taqsimlanmagan foydalarni kamroq qilib namoyish qilishingiz kerak?

  • Va nihoyat, siz har bir hisobot davrida qiyinchilikka uchraysiz (taxmin qilib ko’ringchi) – soliqlardan va kechiktirilgan soliqni hisoblashdan qiynalasiz! Endi men sizni ishontiraoldimmi?

Endi esa Tannarx modeli haqida. Tannarx modeli qilishingiz kerak bo’lgan yagona narsa bu- asosiy vositalarni yaroqlilik muddatigacha amortizatsiya qilish (qoldiq qiymatidan tashqari). Yer amortizatsiya qilinmaydi – unda cheksiz yaroqlilik muddati borligi tufayli.

Asosiy vositalarning ba’zi elementlarida turi xildagi komponentlar bo’lishi mumkin, va har bir muhim komponentning har xil yaroqlilik muddati bo’lishi mumkin. Shuning uchun, buxgalteriya dasturida yirik aktivlarning muhim tarkibiy qismlarini Asosiy vositalar jurnalida alohida qayd etish muhimdir. Misol, samalyot va uning dvigatei bo’lishi mumkin; bino va uning turli xil almashtiriladigan qismlari; va boshqalar.

Siz foydalana oladigan turli xildagi eskirish/amortizatsiya usullari mavjud. Eng mashhurlaridan biri [bir maqomli] to’g’ri chiziq usuli, so’ngra qoldiqni kamaytirish va ishlab chiqarish usullari.

Bu yerda eskirishning 3 xil asosiy usulidagi tasvirini ko’rishingiz mumkin. Quyidagilarni taxmin qiling:


  • Asosiy vositalarning narxi - $10m

  • Yaroqlilik muddati - 5yil

  • 5 yildan keyingi qoldiq qiymati - $2m

  • Asosiy vositaning yaroqlilik muddati mobaynida ishlab chiqishi kutilayotgan mahsulotlar soni - 100m 


Amortizatsiya usullari

Yuqoridagi hisob kitoblarning formulasi kerak bo’lsa @JavlonFinspect ga yozing va Excel modelni yuklab oling.

Qoida bo’yicha, siz aktivning iqtisodiy foydasidan to’g’ri foydalanish/iste’mol qilishni eng aniq ko’rsatadigan eskirish usulini tanlashingiz kerak. Amortizatsiya usuli, yaroqlilik muddati, ishlab chiqarish bo’yicha kutilmalarning barchasi boshqaruv taxminlari hisoblanadi va shuning uchun har qanday o’zgartirishlar BHXS 8, “Buxgalteriya siyosati, buxgalteriya hisob-kitobidagi o’zgarishlar va xatolar”ga muvofiq o’zgargan yil ichida tuzatiladi, retrospektiv o’tgan yillarni to’g’irlab emas.

Agar sizning asosiy vositangizning hisobot kunidagi balans qiymati tiklanishi mumkin bo’lgan qiymatdan past bo’lsa, ya’ni sizning aktivlaringizning qiymati qadrsizlangan bo’lsa, siz asosiy vosita balans qiymatini taklanishi mumkin bo’lgan qiymatiga tushirib qo’yishingiz kerak. 




Download 173.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling