Asosiy vositalarni Buxgalteriya Hisobining Xalqaro Standarti (bhxs) 16 da xisobga olish


Asosiy vositalarning boshlang’ich tan olinishi


Download 173.79 Kb.
bet2/4
Sana04.05.2023
Hajmi173.79 Kb.
#1426244
1   2   3   4
Bog'liq
Asosiy vositalarni Buxgalteriya Hisobining Xalqaro Standarti tan narxi

Asosiy vositalarning boshlang’ich tan olinishi
Dastlab, asosiy vositalar tan narxi bo’yicha tan olinadi. Biz avval, zaxiralarning tan narxiga nimani kiritish kerakligi haqida o’rganganlarimizga biroz o’xshash. Bu yerda asosiy vositalarning tan narxiga nimalar kirishi haqida qulay tezkor yo’riqnomani ko’rishingiz mumkin. 

Asosiy vosita tannarxi
Aktivni undan tadbirkorlik sub’ektining rahbariyati tomonidan ko’zlangan holda foydalanish uchun zarur bo’lga joy va holatiga olib kelish bilan bog’liq bevosita xarajatlarga nima kiradi? 
Misol keltirishga ruxsat bersangiz, siz fabrikangizga o’rnatish uchun asbob-uskunalar sotib oldingiz.

  • Uskunalarni yetkazib berish bilan bog’liq transport xarajatlar – kiradi;

  • Uskunalarni bir joydan boshqa joyga ko’chirish bilan bog’liq xarajatlar, Ya’niki, qayta joylashuv, avvalgi fabrikadagi o’zgarsih tufayli – kirmaydi;

  • Yetkazib berish mobaynidagi to’lanadigan transport yo’l sug’urta premiyasi – kiradi;

  • Uskunalarni o’rnatish va yig’ish bilan shug’ullanadigan, yollangan vaqtinchalik ishchi uchun to’lanadigan maoshlar, tushlik puli, va transport xarajatlari – kiradi;

  • Yuqoridagi xodimlar bilan bog’liq pensiya xarajatlari – kiradi;

  • Aktivlarni sotib olish yoki qurish doirasidagi amalga oshirilgan avvalgi texnik-iqtisodiy eskpertizaga bog’liq xarajatlar – kirmaydi;

  • Aktivlarni sotib olishdan avval ishlab chiqarish xarajatlari, uskunalarni o’rnatishga zavoddagi yer va inshootlarni tayyorlash – kiradi;

  • Uskunalarni ishlatish bilan bog’liq xarajatlar – kirmaydi;

  • Aktivlarni tugatish va demontaj qilish uchun 20 yildan keyin qilinadigan majburiy xarajatlar – kiradi;

  • Uskunalarni sinab ko’rish uchun ketadigan xarajatlar. Bu murakkablaridan biridir!

  • - Agarda siz na’muna uchun maxsulotlarni, asboblarni sozlash bosqichi mobaynida ishlab chiqarsangiz, ya’niki boshqaruv tomonidan belgilangan tartibda uskuna tayyor bo’lishidan avval, siz bu xarajatlarni aktivning ustiga kapitalizatsiya qilishingiz mumkin (asboblarni o’rnatish va yig’ishning bir qismi bo’lgan xarajatlarni hisobga olish sifatida).

  • - Shunga qaramasdan, agarda siz o’sha asboblarni sotsangiz, siz savdodan sof tushumni ayirib yuborishingiz kerak.

  • - Agarda siz na’munaviy maxsulotlarni, uskunalarni o’zining mo’ljallangan foydalanishga tayyor bo’lishidan keyin ishlab chiqarsangiz, siz ushbu xarajatlarni asosiy vosita tannarxiga kirita olmaysiz. 

Asosiy vositalarning tan narxi bilan bog’liq boshqa mulohazalar:



Download 173.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling