Asosiy vositalarning chiqib ketishi
Siz aktivni kelajakdagi iqtisodiy qiymatga ega bo’lmaganda yoki uni boshqarish huquqini yo’qotganingizda (masalan, sotilgan yoki tasarruf etilganda) hisobdan chiqarasiz. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarilgandan so'ng, har qanday daromad yoki xarajat to'g'ridan-to'g'ri foyda va zarar to’g’risidagi hisobotga olinadi. Agar siz qayta baholash usulidan foydalansangiz, rezervda qayta baholash bo'yicha to'plangan daromad foyda vazararga "qayta ishlanadi".
“Qayta ishlash” boshqa umumlashgan daromadni debitlab, foyda va zarar to’g’risidagi hisobotni kreditlash orqali amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni yoritib berish
Sizdan Asosiy vositalar jadvalini tuzish talab qilinadi. Unda davr boshidan to hisobot kuniga qadar bo’lgan davrda Asosiy vositalatni harakatlari ko’rsatiladi. Ushbu jadvalni aktivlar klassi/sinfi bo’yicha yoritib berishingiz kerak. Men Excel Asosiy vositalar jadvalining namunasini tayyorlayman va keyingi qisqa postimda moliyaviy hisobotingiz uchun zarur bo’lgan Asosiy aktivlar harakatini qanday tayyorlashni o’rgataman (bu postim uzonroq bo’lgani uchun uzr!).
Sizning MHXS maslahatchingiz,
Javlon Umarov | ACCA, FMVA,
IFRS Foundation Uzbek Review Committee a'zosi
@ifrs_uz
Report content on this page
Do'stlaringiz bilan baham: |