Аsosnoma tadqiqotchining F. I. Sh.: Raxmonova Yulduz Xusanovna Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertatsiya ishi mavzusi
Download 90.5 Kb.
|
ASOSNOMA tekshirilgan1.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtisoslik shifri
- Tadqiqot mavzusining dolzarbligi.
Toshkent Davlat Transport Universiteti “Chet tillari” kafedra mustaqil tadqiqotchisi Raxmonova Yulduz Xusanovnaning filologiya fanlari boyicha (PhD) dissertatsiya ishi mavzusini tanlash boyicha АSOSNOMA Tadqiqotchining F.I.Sh.: Raxmonova Yulduz Xusanovna Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertatsiya ishi mavzusi: “Badiiy asar matnida "Yo’qotilgan avlod" konseptining semantik maydoni (Ernest Hemingueyning "Quyosh baribir chiqaveradi" romani misolida)”. Ixtisoslik shifri: 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʼishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik Dissertatsiya ishi bajarilayotgan fan tarmog`i: Xorijiy tillar Ilmiy rahbar: Ish bajarilayotgan tashkilot: Toshkent Davlat Transport Universiteti E-mail: yulduzraxmonova@mail.com Tadqiqotchining maqomi: Tadqiqotchi Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Tilshunoslik tushunchasi tilni o’rganish, tilni o’rgatish, savodxonlik, adabiy tadqiqotlar, genderni o’rganish, nutq terapiyasi, nutq tahlil qilish, tsenzura, professional muloqot , ommaviy axborot vositalarini o’rganishni o’z ichiga oladi. Til faqat kishilik jamiyati mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani, insonning tabiatda, jamiyatda tutgan o’rni, jamiyat taraqqiyoti yo’llarini bilish, o’rganish mumkin emas. Tilshunoslik yoki til bilimi (lingvistika til haqidagi mustaqil va aniq fan bo’lib, tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini ilmiy asosda o’rganadi. Bu fan muayyan va umumiy tilshunoslik sohalaridan iborat. Adabiyot — fikr, tuyg’ularimizdagi to’lqinlarni so’zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to’lqinlarni yaratmoqdir. Bu ta’rif adabiyotning to’g’ri ta’rifidir. Shu bilan yozilgan asarlarga adabiy asar deyilishi hech kimga sir emas. Adabiyot — fikr ommasi, qalb hislari bilan doimo sayqallanadigan, to’xtashni bilmaydigan, borgan sari hamisha nurlanishi, chaqnashi oshib boradigan bir sohadir. Adabiyot turmushni aks ettiradi, turmushdagi voqealar, hodisalar, fikr va tuyg’ularni umumiylashtirib, obrazlar bilan turmushni, dunyoni anglashga tirishadi. Adabiy asarlar turmushni jonli ko’rsatib, odamlarning fikr va tuyg’ulariga kuchli ta’sir qiladi. Badiiy chuqur ma’no, fikr-his jihatidan to’la adabiy asarlar o’quvchini uzoq vaqt bog’lab, asir qilib oladi. Adabiyot turmushni abstrakt (mavhum) tushuntirmay, konkret (aniq) badiiy umumlashtirib, jonli anglatadi. Adabiy asarlar ila ma’lum bir yo’nalishda ommani tarbiya qilish, madaniy saviyasini, zavqini ko’rsatish mumkin. Davrni to’lqinlantirgan ulug’ ideyalar, vazifalar, millionlarning hayotida ko’rilgan o’zgarishlar san’at asarlarida tajassumlanishi kerak. Adabiyot xalqning jon-tani bo’lgan bir ishdir, shuning uchun bizning bu sohadagi har bir muvaffaqiyatimizni, maydonga chiqqan har bir qimmatli asarni xalq o’z g’alabasi, deb biladi. Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling