Asrayev Z. R., Sariyev R. B
Download 0.81 Mb.
|
kompyuterning yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Еlektrostatik plotterlar
- Termografik plotterlar
- Lazerli plotterlar
- Plotterni tanlahda quyidagilarga е’tibor berish kerak
- PRINTERLAR
Purkagichli plotterlarPurkagichli plotterlar (IN K-Jet Plotter) tasvirlarni shakllantirishda qog’ozga bosuvchi kallakning mayda soplolari yordamida siyox, tomchilarini yo’naltirilgan purkashdan foydalanadi — bu purkagichli printerlarni ko’rib chiqishda purkagichli bosishning "pufakchali" texnologiyasi deb ataldi. Purkagichli plotgerlar bilan bajarilgan chizmalar sifati juda yuqoridir. Purkagichli plotterlarning uch ko’rinishi mavjud: monoxromli, rangli va rangli bosish imkoniyatli. Rangli purkagichli plotgerlar yozuvchi kallakda ko’p sonli soplolarni ishlatadi, lekin ularning o’tkazish qobiliyati bunda taxminan ikki marta kamayadi. Rangli tasvirni yaratish odatda poligrafiyada qabul qilingan CMYK rangli sxemasi bilan amalga oshiriladi, ya’ni soplolarning to’rt gURO’hi ishlatilib, ularning har biriga aniq rangli bo’yoq to’g’ri keladi: Cyan — havo rang, Magenta — to’q qizil rang, Yellow — sariqrang, Key — etakchi (qora rang). Rangli plotgerlarni ko’pincha ularni rangli bosish imkoniyatli plotterlardan farqlash uchun to’da rangli deb ataladi. Rangli bosish imkoniyatli purkagichli plotterlar faqat chiziqlarni yoki belgilarni rangli bajarish imkonini beradi, lekin ular butun bir soholarni turli ranglarga bo’yashga qodir еmas. Purkagichli plotterlarga misollar: Hewlett Packard HP220, Summa-graphics Sumrna Jet 2M, CalComp TechJet Designer 720 (hammasi monoxromli); CalComp TechJet Color, Hewlett Packard HP650C, Encad Nova Jet 3 (hammasi to’la rangli). Purkagichli plotterlarda ham chizish tezligi yuqori еmas, shuning uchun katta hajmli grafik axborotni chiqarish uchun ularni ishlatish maqsadga muvofiq еmas.
Termoreaktiv ko’chirgich qog’ozni ishlatuvchi termografik plotterlar ham chiqarilmoqda, bunda turli rangdagi ko’chirgich qog’ozlarda to’rt marta o’tishlarni bajarish yo’li bilan rangli bosishni olish mumkin, lekin ular keng tarqalmadi. Lazerli plotterlarLazerli plotterlar (Laser Plotter) oraliq tashuvchi sifatida yarim o’tkazgich qatlami bilan qoplangan aylanadigan barabanni ishlatadi. Lazer nuri bilan zaryadlangan yarim o’tkazgich soholari kURO’ktonerni o’ziga tortadi, keyin uni baraban ostidan utayotgan qog’ozga ko’chiradi. Bundan keyin toner tushirilgan qog’oz qizdirgich orqali o’tadi, issiklik ta’siri ostida toner qizib yaxlitlanadi va qog’ozda qotiriladi (tipik еlektrografik texnologiya). Lazerli plotterlarning afzalligi yakqoldir: oddiy qog’ozni ishlatishi, tasvirning yuqori sifati (o’tkazish qobiliyati 800 dpi gacha) va tezkorliligi (50 mm/s gacha), shovqinsiz ishlashi va to’liq avtomatlashtirilganligi. Lekin ular qimmatdir. Rangli bosmaning principial imkoni bor, lekin bunda plotter narxi qimmatlashadi. Yaqinda potencial relefni barabanga tushirish uchun lazer nurini еmas, balki nuqtali yarim o’tkazgichli yorug’lik diodlaridan qilingan (light emitted diod — LED) chizg’iyani ishlatuvchi lazerli plotterlar paydo bo’ldi, bu plotterni yanada oddiy va ishonchli qildi (bu LED-plotter deb ataladigan plotterlar). Ular ham nisbatan qimmat, lekin murakkab tizimlarda etarlicha jadal qo’llanilmoqda. Lazerli LED-plotterlarga misollar: CalComp Solus 4-AO, OSE 9555,JDL4000E. Plotterlar rulonli va planshetli bo’ladi, ularning ko’pchiligi yaxshi sig’imli ichki sozlangan xotira (2 dan 64 Mbaytgacha), displeyga еga, bir nechta (2—7 ta) qiymatlar formatini tanlash imkonini beradi, boshqa bir qator servis imkoniyatlariga еga. Plotgerlardagi ichki sozlangan xotira uning funkcional ko’rsatkichlarini (tezkorliligi, ishlash qulayliligi, avtonomligini) yaxshilash uchun ishlatiladi; bu buferli xotiraga grafik ma’lumot yuklanadi, bu ma’lumot tasvirni yaratish jarayonida plotter processori tomonidan qayta ishlanadi. Peroli plotterlar uchun bu xotira faqat uning avtonom ishlashini ta’minlaydi, rastrli plotterlar uchun еsa u yana tezkorlik, o’tkazish qobiliyati va tasvir formatini ta’minlash uchun muhimdir. Plotterni tanlahda quyidagilarga е’tibor berish kerak:aniq bir masalalarni echish uchun plotterni qo’llash mumkinligini baholash mumkin bo’lgan funkcional imkoniyatlar to’plami (tashuvchilar va tasvirning o’lchamlari, bajariladigan ishlar hajmi va b.); rangli tasvirlarni shakllantirish imkoniyati; tasvir sifati (o’tkazish qobiliyati); unumdorligi (chizish tezligi); ishlash ishonchliligi va qulayligi, servis; avtonom ishlashining mumkin bo’lgan imkoniyati (operator aralashuvisiz); tashuvchi, sarflanadigan materiallar, kuryushaga xizmat ko’rsatish, еlektroеnergiyani iste’mol qilish narxlarini o’z ichiga olgan еkspluataciya harajatlari; plotgerning o’zining narxi. PRINTERLARrangliligi (oq-qora va rangli); Bosuvchi qurilmalar (printerlar) — bu qiymatlarni ЕHM dan chiqarish qurilmasi bo’lib, u ma’lumotning ASCII kodlarini ularga mos kelgan grafikli belgilarga (harflar, raqamlar, ishoralarga va sh.o’.) o’zgartiradi va bu belgilarni qog’ozda qayd еtadi. Printer SHK TK, sining еng rivojlangan gURO’hidir, ular-ning 1000 tagacha turli xil modifikaciyalari bor. Printerlar o’zaro quyidagi tavsiflar bo’yicha farqlanadi: belgilarni shakllantirish usuli (belgilarni bosuvchi va belgilarni sintezlovchi); ish tamoyili (matricali, ternik (qizdirishga oid), purkagichli, lazerli); bosish (zarbli va zarbsiz) va satrlarni shakllantirish (ketma-ket va parallel) usullari; karetka kengligi (375 450 mm li keng va 250 mm li tor karetkali); bosish satri uzunligi (80 ta va 132—136 ta belgi); belgilarni terish (ASCII belgilarini to’liq terishgacha); bosish tezligi; o’tkazish qobiliyati va h.k. Vir qator gURO’hlarning ichida printerlarning bir nechta turlarini ajratish mumkin: masalan, SHK da keng ishlatiladigan belgilarni sintezlovchi matricali printerlar ish tamoyili bo’yicha zarbli, termografikli, еlektrografikli, еlektrostatik, magnitografikli va b. bo’lishi mumkin. Zarbli printerlar orasida ignali (matricali) lar еng ko’p tarqalgan, lekin holi ham literli, shar ko’rinishli, gulbargli («moychechak» tipidagi) va b. uchrab turadi. Printerlarda bosish belgi bo’yicha, satr va saxifa bo’yicha bo’lishi mumkin. Bosish tezligi sekundiga 10—300 ta ishoradan (zarbli printerlar) sekundiga 500—1000 tagacha va xattoki sekundiga bir necha o’nlab (20 tagacha) saxifalargacha (zarbsiz
lazerli printerlar) oraliqda; o’tkazish qobiliyati millimetrda 3—5 nuqtadan millimetrda 30—40 nuqtagacha bo’ladi (lazerli printerlar). Matnli bosish uchun umumiy holda turlicha bosish sifati bilan tavsiflanuvchi quyidagi rejimlar bor: - xomaki bosish rejimi (Draft);
bosmaxonaniqiga yaqin bosish rejimi (NLQ — Near Letter Quality); bosmaxonaniqi kabi bosish rejimi (LQ — Letter Quality); yuqori sifatli bosish rejimi (SLQ — Super Letter Quality). Printerlar, odatda, ikki rejimda — matnli va grafikli rejimlarda ishlashi mumkin. Matnli rejimda printerga bosilishi kerak bo’lgan belgilar koda yuboriladi, shu bilan birga belgilar konturi printerning ishora generatoridan tanlab olinadi. Grafikli rejimda printerga tasvir nuqtalarining ketma-ketligi va joylashgan joyini aniqlovchi kodlar yuboriladi. Matnli rejimda printerlar odatda bir nechta shriftlarni va ularning turli ko’rinishlarini qullaydi, ularning ichida roman (yozuv mashinkasining mayda shrifti), italic (kursiv), boldface (yarim qora), expanded (cho’zilgan), elite (yarim siqilgan), condenced (siqilgan), pica (to’g’ri shrift — cicero), courier (kurer), san serif (yorilgan shrift san serif), serif (serif), prestige elite (prestij-еlita) va proporcionalli shrift (belgi uchun ajratiladigan maydon kengligi belgining kengligiga bog’liq bo’ladi) keng tarqalgandir. Printerni ruslashtirilganligi (milliylashtirilishi) maqsadga muvofiqdir — o’zining vositalari bilan rus harflarini — kirillicani bosishni ta’minlasin; aks holda SHK ga maxsus drayverlarni qo’shish talab еtiladi. Ko’pgina printerlar grafikli ma’lumotlarni samarali chiqarishni (psevdografika belgilari yordamida) amalga oshirish imkomini beradi; bosishning servis rejimlari: qalin bosish, ikkilangan kenglikdagi bosish, ostita chizib bosish, yuqorigi va pastki indekslar bilan, ajratilgan bosish (har bir belgi ikki marta bosiladi) va ikki marta o’tib bosish (ikkinchi marta belgi ozgina surilib bosiladi); ko’p rangli bosish (100 tagacha turli xil rang va tuslar). Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling