Asrayev Z. R., Sariyev R. B


Download 0.81 Mb.
bet30/40
Sana27.10.2020
Hajmi0.81 Mb.
#137139
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
Bog'liq
kompyuterning yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlari

Termoprinterlar


Ignali matricali printerlardan tashqari matricali termoprinterlar gURO’hi ham bor, ular bosuvchi ignali kallak o’rniga termomatricali kallak bilan jixozlangan va bosishda termoqog’oz yoki termonusholovchi ishlatiladi (bu, shubxdsiz, ularning jiddiy kamchiligidir).

Purkagichli printerlar


Purkagnchli printerlar bosuvchi kallakda ignalar o’rniga ingichka naychalar

  • soplolarga (konus naychalarga) еga, u orqali qog’ozga bo’yoq rangning (siyoxning) mayda tomchilari purkaladi. Bu zarbsiz bosuvchi qurilmadir. Bosuvchi kallakning matricasi odatda 12 tadan 64 tagacha soploga еga.

Keyingi yillarda ularning mukammallashishida jiddiy rivojlanishga еrishildi: tasvirni shakllantirishda bosuvchi kallakning juda mayda soplolari yordamida

qog’ozga siyox tomchilarining yo’naltirilgan portlatishga o’xshash purkash — purkagichli bosishning «pufaknali» texnologiyam deb ataluvchi usuli ishlatiladi.

Purkash jarayoni texnikasi quyidagicha bo’ladi. Soplo devoriga еlektrik qizdiruvchi еlement o’rnatilgan bo’lib, uning harorati еlektr impulsi beriltanda 5—

10 mks ichida keskin ortadi. Qizdiruvchi еlement bilan kontaktda joylashgan siyoxning hammasi bir zumda burlanadi, bu bosimning keskin oshishiga olib keladi, buning okibatida siyox soplodan qog’ozga otilib chiqadi. «Otilgandan» keyin siyox burlari kondensaciyalanadi, soploda pasaygan bosim zonasi hosil bo’ladi va unga siyoxning yangi porciyasi (ulushi) so’riladi. Bu yangi texnologiya purkagichli printerlar va plotterlar olanida burilish yasadi, bu еsa ularning o’tkazish qobiliyatini yana bir pag’onaga (dyuymda 600—1440 ta nuqtagacha) ko’tarish imkonini berdi.



Shunday qilib, hozirgi vaqtda purkagichli printerlar millimetrga 50 tagacha nuqtali o’tkazish qobiliyatini va sekundiga 500 tagacha belgini bosish tezligini ta’minlaydi va bunda bosish sifati lazerli bosish sifatiga yaqin bo’ladi.

Purkagichli printerlar yozuvchi kallakda katta miqdordagi soplolarni ishlatib, rangli bosishni ham bajaradi, lekin bunda o’tkazish qobiliyati oq-qoraga nisbatan taxminan ikki

marta kamayadi (lekin Epson firmasi o’tkazish qobiliyati 400 dpi bo’lgan, rangli bosish tezligi sekundiga A4 o’lchamli 4 betni tashkil еtgan noyob rangli purkagichli Stylus 600 printerini yaratganligi to’g’risida axborot mavjud).

Rangli tasvirni yaratish uchun odatda, poligrafiyada qabul qilingan CMYK rangli sxema ishlatilib, u o’z ichiga to’rtga bazaviy (asosiy) rangni oladi: Cyan — havo rang, Magenta — to’k qizil rang, Yellow — sariq rang, Key — etakchi (qora rang). Murakkab ranglar bazaviy ranglarni aralashtirib hosil qilinadi. Bosish sifati juda ajoyibdir — to’liq rangli plakat deyarli bosmaxonanikidan farq qilmaydi.

Purkagichli printerlarning asosiy afzalliklari:


  • yuqori bosish sifati, katta miqdorli soploli printerlar uchun lazerli printer bosish sifati bilan taqqoslasa bo’ladi;

  • xomaki bosish rejimida yuqori tezlik;

  • oddiy, albatta, yaxshi zichlikdagi qog’ozni ishlatish (60 dan 135 g/m2 gacha), siyox yoyilib ketmasligi uchun;

  • shovqinsiz ishlashi.

Purkagichli printerlarning asosiy kamchiliklari:

  • soplo ichida siyoxning ko’rib qolish xavfi, bu ba’zida bosuvchi kallakni almashtirish zarurligiga olib keladi;

  • sarflanadigan materiallarning nisbatan yuqori narxdaligi, xususan, siyox uchun ballonchaning, ayniqsa agar u bosuvchi kallak bilan birlashtirilgan va birgalikda almashtirilsa (bunday tuzulish keng tarqalgan).


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling