Asrayev Z. R., Sariyev R. B
Radio to'lqindiapazonlari
Download 0.81 Mb.
|
kompyuterning yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqamli aloqa kanallari
- MODEMLAR
Radio to'lqindiapazonlari
Tijorat telekommunikacion tizimlari uchun ko’piicha 902— 928 MGc va 2,4- 2,48 GGc chastogali diapazonlar ishlatiladi (ba’zi mamlakatlarda, masalan, AQSH da, juda kichik nurlanish quavvatlarida - 1 Vt gacha, bu diapazonlarni ishlatish davlat licenziyasisiz ruxsat еtilgan). Simsiz aloqa kanallarining xalaqitlardan himoyalanganligi yomon, lekin foydalanuvchiga maksimal chaqqonlikni va hozirjavoblikni ta’minlaydi. Hisoblash tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish uchun simsiz aloqa kanallari an’anaviy kabelli texnologiya qiyin bo’lgan yoki umuman imkon bo’lmagan joylarda ishlatiladi.
Telefon liniyalari bo’yicha axborotni uzatishning ham analogli, ham raqamli kanallarini Tashkil qilish mumkin. Bu masala juda dolzarb bo’lganligi uchun uni birmuncha batafsilrok ko’rib chiqaniz. «Oddiy еski telefon tizimi», yoki, ingliz tilidagi abbreviaturada, POTS (Primitive Old Telephone System) ikki qismdan Tashkil topgan: magistral aloqa tizimi va unga abonentlarning murojaat qilish tarmog’i. Abonentlarning magistral tizimga murojaat qilishining еng oddiy varianti- abonentli analogli aloqa kanalidan foydalanishdir. Telefon apparatlarining ko’pchiligi aynan shunday qilib magistral tizimning еlementi hisoblangan avtomatik telefon stanciyaga (ATS) ulanadi. Telefon mikrofoni tovush to’lqinlarini analogli еlektr signalga aylantiradi va u abonent liniyasi bo’yicha ATS ga uzatiladi. Odam tovushini uzatish uchun talab еtiladigan chastota polosasi 300 Gc dan 3,3 kGc gacha bo’lgan diapazonda taxminan 3 kGc ni Tashkil еtadi. Telefon trubkasi ko’tarilganda «off hook» signali shakllanadi, u ATS ga chiqarish to’g’risida xabar beradi va agar telefon stanciyasi band bo’lmasa, kerakli telefon nomeri teriladi, bu nomer ATS ga ketma-ket impulslar ko’rinishida (impulsli terilganda) yoki tovushli chastota signallari to’plani ko’rinishida (tonalli terilganda) uzatiladi. So’zlashuv trubkani qo’yganda shakllanadigan «on hook» xabari bilan tugallanadi. CHaqiriqning bunday tipdagi jarayoni «in band» deb ataladi, chunki chaqiriq signallarini uzatish nutqni uzatish kanali bo’yicha amalga oshiriladi.
Raqamli signallarni analog signallarga nisbatan samaraliroq qayta ishlash va uzatish mumkin bo’lganligi uchun raqamli aloqa kanallari rivojlana boshladi. Bunday kanalga analog signalni kiritishdan oldin u diskretlanadi — raqamli shaklga aylantiriladi: har 125 mks da (diskretlash chastotasi 8 kc ga teng) analog signal ning joriy qiymati 8 razryadli ikkilik kodi bilan tasvirlanadi. Bazaviy raqamli kanal bo’yicha ma’lumotlarni uzatish tezligi, shunday qilib, 64 Kbits ni Tashkil еtadi; lekin ba’zi bir texnik topqirlik yo’li bilan bir nechta raqamli kanallarni bitta kanalga birlashtirish (multiplekslash), ya’ni yanada tezkor kanallarni yaratish mumkin. 128 Kbits uzatish tezlikli kanal еng oddiy multiplekslashgan raqamli kanal hisoblanadi, yanada murakkabroq kanallar, masalan, 32 bazaviy kanalni multiplekslovchi kanal 2048 Mbits o’tkazib yuborish qobiliyatiga еga. Raqamli kanallar bazaviy yoki multiplekslashgan zamonaviy magisgral tizimlarda hamda ularga ofis raqamli ATS larini biriktirish uchun hamma joyda ishlatiladi. Keyingi yillarda raqamli abonentli murojaat qilish ham rivojlana boshladi, unda tovush signal ini diskretlash еndi interfeysli raqamli adapterni o’z ichiga olgan abonent telefon tizimida bajariladi. Hozirgi zamonda еng istiqbolli va gurkirab rivojlanayotgan tarmoqlardan biri raqamli abonent kanallaridan foydalanadigan, xizmatlarni integraciyalovchi ISDN ( Integrated Serviced Digital Network) tarmohdir. U paydo bo’lganidan beri 13 yildan ko’proq vaqt o’tdi. Yaratuvchilarni g’oyalari bo’yicha ISDN tarmog’i, ham ofislarni, ham uy kompyuterlarini birlashtiruvchi va ularning еgalariga ma’lumotni yuqori tezlik bilan uzatish imkonini beradigan, global raqamli magistralga aylanishi kerak. ISDN tarmoqlarining asosiy afzalligi shundaki, ular turlixil aloqa turlarini (video-, audio-, ma’lumotlarni uzatish) bir butun qilib birlashtirish imkonini beradi; masalan, bir vaqtning o’zida bir necha aloqa turini amalga oshirish mumkin: videotelefon bo’yicha so’zlashish mumkin va so’zlashish davonida kompyuter еkraniga sxemalarni, grafiklarni, matnlarni va b. chiqarish mumkin. Tarmoqda amalga oshiriladigan ma’lumotlarni uzatish tezligi : 64 Kbits, 128 Kbits, qimmatbaho tizimlarda еsa 2 Mbits gacha. Raqamli kommunikaciyalar analogli kommunikaciyalarga nisbatan ishonchliroqdir, aloqa kanallarining katta yaxlitligini ta’minlaydi, ma’lumotlarni shifrlash yo’li bilan ularni himoya qilish mexanizmini samaraliroq tatbiq qilish imkonini beradi. ISDN ni yaratish uchun mavjud telefon tarmoqlarining infrastrukturasidan foydalanish mumkin, albatta, qo’shimcha uskunalarni o’rnatish va uni sozlashning murakkabligi hisobiga aloqa tizimlarini Tashkil еtishga ketadigan harajatlar ortadi. Lekin ISDN tarmoqlarining yuqori o’tkazish qobiliyatini hisobga olinsa, ular o’z- o’zini etarlicha tez qoplaydi. Buni 6-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan aniq ko’rish mumkindir. Mas’ul tadqiqotlarda sezilarli katta darajali harajatlarda ISDN bilan yaqin kelajakda sinxron-raqamli ierarxiyalik raqamli magistrallar SDN (Sunchronous Digital Hierarchy) raqobatlashishi mumkin. SDN sistemasida qiymatlarni uzatish tezligining butun bir ierarxiyasi bor: 155,52 Mbits (STM-1), 622,08 Mbits (STM- dan tortib to 2488,32 Mbits (STM-16) gacha va xattoki yaqin kelajakda va’da qilingan 10000 Mbits gacha (STM-64). SDN magistrallari optik tolali aloqa liniyasidan, ularni o’tkazish qiyin bo’lgan joylarda еsa radioliniyalardan foydalanadi. MODEMLARMODEM (MOdulyator-DEModulyator) — aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to’g’ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o’zgartirish qurilmasidir. Еng avvalo modem quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan: uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o’zgartirish; qabul qilishda: qabul qilingan signalni holaqitlardan filtrlash va detektorlash uchun, ya’ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o’zgartirish. Ma’lumotlarni uzatishda bajariladigan o’zgartirish odatda ularning modulyaciyasi bilan bog’langan. Modulyaciya — bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyaciya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma’lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyaciya qiladigan signalni) o’zgartirishdir. Demodulyaciya — bu modulyaciya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o’tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyaciya qiladigan signalga teskari o’zgartirishdir. Zamonaviy modemlarda ko’pincha modulyaciyaning uchta turi ishlatiladi: •chastotali - FSK (Frequence Shift Keying);
fazali — PSK (Rpake Shift Keying); kvadraturali amplitudali — QAM (Quadrature Amplitude Modulation). Chastotali modulyaciyada modulyaciya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma’lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o’zgaradi, bunda uning amplitudasi o’zgarmaydi. Еng sodda holda ma’lumotlar bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma’lumotlarni uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastotaning ikkita qiymati mos keladi, masalan, 980 Gc va 1180 Gc. CHastotali modulyaciya holaqitlarga juda turg’undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi. Fazali modulyaciyada modulyaciya qilinadigan kattalik bo’lib signal fazasi hisoblanadi, bunda uning chastotasi va amplitudasi o’zgarmaydi; faza-modulyaciya qilingan signalning halaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir. Signalning sof amplitudali modulyaciyasida uning halaqitlardan himoyalanganligi juda pastdir, shuning uchun halaqitlarga chidamliroq, lekin yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyaciya qo’llaniladi, bunda uzatilayotgan ma’lumotlar taktida bir vaqtning o’zida signalning ham fazasi, ham amplitudasi o’zgaradi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling