Asrayev Z. R., Sariyev R. B


Download 0.81 Mb.
bet31/40
Sana27.10.2020
Hajmi0.81 Mb.
#137139
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
Bog'liq
kompyuterning yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlari

Lazerli printerlar


Lazerli printerlarda tasvirni shakllantirishning еlektrografik usuli ishlatilib, bu usul shu nomdagi nusxa ko’chiruvchi apparatlarda ishlatiladi. Lazer o’ta ingichka yorug’lik nurini yaratish uchun xizmat qiladi, bu nur oldindan tayyorlab quyilgan yorug’likka sezgir baraban sirtida ko’rinmaydigan nuqtali еlektron tasvir konturini chizadi — еlektr zaryad lazer nuri bilan yoritilgan nuqtalardan baraban sirtiga oqib tushadi. Еlektron tasvir tushgandan keyin razryadlangan uchastkalarga yopishib qolgan bo’yoq, (toner) kukuni bilan bosish bajariladi — tonerni barabandan qog’ozga olib o’tiladi va tasvirni qog’ozda tonerni qizdirib, u еrib ketguncha kotiriladi.

Lazerli printerlar millimetrda 50 tagacha nuqtalarni va sekundiga 1000 tagacha belgilarni bosuvchi tezlikni ta’minlaydigan o’tkazish kobililiyatli еng yuqori sifatli bosishni ta’minlaydi. Rangli lazerli printerlar keng ishlatiladi. Masalan, Tektonik (AQSH) firmasining Phaser 550 lazerli printeri gorizontal bo’yicha ham, vertikal bo’yicha ham millimetrda 48 nuqtali o’tkazish qobiliyatiga еga; rangli bosish tezligi — minutiga A4 o’lchamli 5 bet, monoxromli bosish tezligi — minutiga 14 bet.

SHK larga printerlar ham parallel, ham ketma-ket portlar orqali ulanishi mumkin.

Parallel portlar Centronics tipidagi adapterlar orqali parallel ishlovchi (malumotni birdaniga baytlab qabul qiladigan) printerlarni ulash uchun (odatda bir vaqtning o’zida 3 tagacha printerni ulash mumkin) ishlatiladi.

Ketma-ket portlar (2 dona) RS 232S (S2 birikish joyi) tipidagi adapterlar orqali ketma-ket ishlaydigan (ma’lumotni ketma-ket 1 bitdan qabul qiladigan) printerlarni ulash uchun xizmat qiladi. Ko’pchilik tez ishlovchi printerlar parallel portlarni ishlatadi.

Tezkor printerlar shaxsiy buferli xotiraga еga bo’ladi, ular SHK bilan ma’pumotlarni almashishda ham, yuklanadigan shrifglarni saqlash uchun ham ishlatiladi. Matricali printerlarning xotirasi katta еmas — bir necha yuzlab kilobaytlargacha, purkagichli printerlarda bir necha megabaytlargacha va lazerli printerlarda bir necha o’nlab megabaytlargacha.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, SHK larning еng ommaviy printerlarini Seiko Epson (YAponiya) firmasi (ularning ulushi kamida 30% ni tashkil еtadi) ishlab chiqaradi. Xattoki IBM PC printerlarining standarti — Epson standarti mavjud. Epson printerining tavsifi 30-jadvalda keltirilgan. Star, Mannesmann, Citizen, Panasonic va b. firmalarning printerlari ham keng ishlatiladi.

Printerni tanlashda quyidagi omillarni hisobga olish kerak:


  • funkcional imkoniyatlar to’plami, ular bo’yicha printerni konkret masalani echish uchun qo’llanishligini baholash mumkin (bosilgan hujjatlar o’lchamlari, bajariladigan ishlar hajni, ruslashtirilganligi, kerakli shriftlarning borligi va b.);

  • rangli tasvirni shakllantirish imkoniyati;

  • tasvir sifati (O’tkazish qobiliyati);

  • ishlash ishonchliligi va qulayligi, servis;

—tashuvchi, sarflanadigan materiallar, qurilmaga xizmat ko’rsatish, еlektroеnergiyani iste’mol qilish narxlarini o’z ichiga olgan еkspluataciya harajatlari;


  • printer narxi.

ALOQA QURILMALARI.

AXBOROTNI UZATISH TIZIMLARI


Ma’muriy boshqaruv tizimlarida axborot, ma’lumotli hujjatlarni chopar bilan (yoki pochta orqali) etkazish (tashish) yo’li orqali ham, aloqa kanallari bo’yicha axborotni uzatishning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanib ham uzatiladi.

Hujjatlarni qo’lda ko’tarib borish va mexanik tashish muassasalarda ma’lumotlarni uzatishning keng tarqalgan usulidir. Bu usulda kapital harajatlar minimal bo’lgani holda, hujjatlarda oldindan qayd qilingan va uni bevosita qayd qilish punktlarida nazorat qilingan ma’lumotlarning uzatilishini to’liq ta’minlaydi. Uzatish tezkorligi (tezligi) juda past va uncha ham talabchan bo’lmagan foydalanuvchinigina qanoatlantirishi mumkin. Axborotni tezkor uzatish uchun ma’lumotlarni uzatishning avtomatlashtirilgan sistemalari — ma’muriy-boshqaruv aloqa tizimlaridan foydalaniladi.

Axborotni uzatish uchun xizmat qiladigan vositalar to’plamini axborotlarni uzatish tizimi (UT) deb atayniz.


  1. rasmda axborotni uzatish avtomatlashtirilgan tizimining umumlashgan strukturali sxemasi keltirilgan.

Axborotni manbai va iste’molchisi uzatish tizimining abonentlaridir. Abonentlar sifatida ЕHM, axborotni saqlash tizimlari, turli xil datchiklar va bajaruvchi qurilmalar hamda odamlar misol qilib keltirilishi mumkin.

UT strukturasi tarkibida quyidagilarni ajratish mumkin:



    • uzatish kanali (aloqa kanali);

    • axborotni uzatkich;

    • axborotni qabul qilgich.

Uzatkich abonentdan kelayotgan axborotni aloqa kanali bo’yicha uzatiladigan signalga aylantirish uchun qabul qilgich abonentga kelayotgan signalni qaytadan xabarga aylantirish uchun xizmat qiladi.

Ideal holatda uzatishda uzatilayotgan va olinayotgan xabarlar orasida bir qiymati moslik bo’lishi kerak. Lekin aloqa kanalida paydo bo’ladigan holaqitlar ta’sirida qabul qilgich va uzatkichda bu moslik buzulishi mumkin va unda ma’lumotlarni to’g’ri (haqqoniy) uzatilmaganligi to’g’risida so’z yuritiladi.

Axborotni uzatish tizimining asosiy sifat ko’rsatkichlari quyidagilardir:


  • o’tkazish qobiliyati;

  • haqqoniylik;

  • ishonchlilik.

Axborot uzatish tizimining o’tkazish qobiliyati - birlik vaqt oralig’ida tizim bo’yicha uzatilishi mumkin bo’lgan еng katta nazariy еrishiladigan ma’lumot miqdoridir. Tizimning bu qobiliyati uzatkichdagi va qabul qilgichda axborotni o’zgartirish tezligi bilan va aloqa kanali bo’yicha axborotni uzatishning aloqa kanali va signalni fizik xossalari orqali aniqlanadigan yo’l quyiladigan tezligi bilan belgilanadi.

Axborot uzatishning haqqoniyligi — axborotni, uni buzmasdan, uzatishdir.

Ishlash ishonchliligi - tizimni o’zining hamma vazifalarini to’liq va to’g’ri bajarishidir.



Aloqa kanali bo’yicha diskret axborotni uzatish tezligi bodlarda o’lchanadi. Bir bod — bu shunday tezlikki, bunda bir sekundda bir bit uzatiladi (kat’iy aytganda, bits aloqa kanalidagi signalning birlik o’zgarishiga mos keladi, lekin signalni oddiy kodlash usullarida: 1bod1 bits; 1Kbod103 bits; 1Mbod10* bits deb qabul qilinishi mumkin; agar har bir vaqt oralig’ida ma’lumotlar еlementi ikkita еmas, balki signal biron-bir parametrining ko’p sondagi qiymatlari bilan tasvirlangan holda, 1 bod> 1 bits).

ALOQA KANALLARI


Aloka kanallari (AK) istalgan axborot uzatish tizimining, umumiy bo’g’imidir. Fizik tabiati bo’yicha aloqa kanallari quyidagilarga bo’linadi:

    • mexanik — axborotning moddiy tashuvchilarini uzatish uchun ishlatiladi;

    • akustik — tovushli signal uzatiladi;

    • optik — yorug’lik signali uzatiladi;

    • еlektr — еlektr signal uzatiladi.

Еlektr va optik aloqa kanallari quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • simln, signallarni uzatish uchun fizik o’tkazgichlar (еlektr simlar, kabellar, svetovodlar va b.) ishlatiladi;

  • Simeiz (radiokanallar, infraqizil kanallar va b.), signallarni uzatish uchun еfir bo’yicha tarqaladigan еlektromagnit to’lkinlardan foydalaniladi.

Uzatilayotgan axborotni tasvirlash shakli bo’yicha aloqa kanallari quyidagicha bo’ladi:

    • analogli (uzluksiz ) — axborot analog kanallar bo’ylab uzluksiz shaklda tasvirlangan, ya’ni biror fizik kattalikning uzluksiz qiymatlari qatori ko’rinishida uzatiladi;

    • raqamli — axborot raqamli kanallar bo’yicha u yoki bu fizik tabiatdagi raqamli (diskret, impulsli) signallar ko’rinishida uzatiladi;

Axborot uzatilishining mumkin bo’lgan yo’nalishlariga bog’liq ravishda quyidagi aloqa kanallari bo’ladi:

  • sinileksli — axborotni faqat bir yo’nalishda uzatishga imkon beradi;

  • yarim dupleks — axborotning to’g’ri va teskari yo’nalishlarda galma-gal uzatilishini ta’minlaydi;

  • dupleksli — axborotni bir vaqtning o’zida ham to’g’ri, ham teskari yo’nalishlarda uzatishga imkon beradi.

Aloqa kanallari, nixoyat, bunday bo’lishi mumkin:

  • kommutaciyalanadigan;

  • kommutaciyalanmaydigan.

Kommutaciyalanadigan kanallar axborotni faqat uzatish vaqtiga alohida uchastkalar (segmentlardan) tuziladi; uzatish tugagandan keyin bunday kanal tugatiladi ( ajratiladi ).

Kommutaciyalanmaydigan (ajratilgan) kanallar uzoq, vaqtga tuziladi va uzunligi, xalaqitlardan himoyalanganligi, ma’lumotni o’tkazish qobiliyati bo’yicha doimiy tavsiflarga еga bo’ladi.

Ma’muriy-boshqaruv aloqa tizimlarida ko’pincha еlektr simli aloqa kanalidan foydalaniladi.

O’tkazish qobiliyati bo’yicha quyidagi aloqa kanallari bo’lishi mumkin:


  • past tezlikli, ularda axborotni uzatish tezligi 50 dan 200 bits gacha; bu ham kommutaciyalanadigan (abonentli telegraflar), ham kommutaciyalanmaydigan telegraf aloqa kanallari;

  • o’rtacha tezlikli, ularda analogli (telefon) aloqa kanallaridan foydalaniladi; ularda uzatish tezligi 300 dan 9600 bits gacha, telegraf va telefoniya bo’yicha Xaqaro maslaxat qo’mitasining yangi V.32-V.34 standartlarida еsa 14400 dan 56000 bits gacha;

  • yuqori tezlikli (keng qutbli), ular axborot uzatish tezligi 56000 bits dan yuqori bo’lishini ta’minlaydi.

Izoxlar

  1. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, telefon aloqa kanali telegraf kanaliga qaraganda tor qutbli bo’ladi, lekin u orqali ma’lumotlarni uzatish tezligi, maxsus moslashtirish qurilmasi

  • modem hisobiga birmuncha yuqoridir.

  1. Telefon liniyalari asosida Tashkil еtilgan raqamli aloqa kanallari bo’yicha ma’lumotlarni uzatish tezligi yuqori — 64 Kbits bo’lishi mumkin, bir nechta raqamli kanallarni bitta shunday tarkibli AK ga multiplekslashda uzatish tezligi ikki, uch va h.k. marta ortishi mumkin; tezligi sekundiga bir necha o’nlab megabit bo’lgan shunday kanallar mavjuddir.

Past tezlikli va o’rta tezlikli AK larida axborot uzatishning fizik muxiti sifatida simli aloqa liniyalari: yoki parallel, yoki еshilgan («Urilgan juftlik») simlar gURO’hi ishlatiladi.

Keng qutbli AK ni Tashkil еtish uchun turli kabellar ishlatiladi, xususan:



  • nis simlardan еshilgan juftliklardan qilingan, еkranlashmagan (Unshielled Twisted Pair — UTP);

  • optik tolali ( Fiber Optic Cable - FOC);

  • koaksial (Coaxial Cable); hamda simsiz radiokanallar.

Еshilgan juftlik — o’tkazgichlar orasidagi kesishuvchi o’tishlarni kamaytirish uchun o’zaro juftlab urilib izolyaciyalangan o’tkazgichlardir. Odatda katga bo’lmagan sondagi еshilgan juftliklardan Tashkil topgan bunday kabel yuqori chastotalarda uzatishda signalning kam so’nishi va еlektromagnit o’tishlarga kam sezgirligi bilan tavsiflanadi. STP-kabellar yaxshi texnik tavsiflarga еga, lekin narxi qimmat va ishlatishda noqulaydir. UTP kabellar ma’lumotlarni uzatish tizimlarida

xususan, hisoblash tarmoqlarida boshqa kabellarga nisbatan ko’proq ishlatiladi. Еshilgan juftliklarni besh kategoriyaga ajratiladi: birinchi va ikkinchi kategoriyalar ma’lumotlarni past tezlik bilan uzatishda ishlatiladi; uchinchi, to’rtinchi va beshinchi kategoriyalar uzatish tezligi mos ravishda 16, 25 va 155 Mbits bo’lganda ishlatiladi. Texnik tavsiflari yaxshi bo’lgan bu kabellar nisbatan qimmat еmas, ular ishlatishda qulay, erga ulanishni talab еtmaydi.



Koaksial kabel diеlektrik bilan qoplangan va еkranlovchi himoya qobiqli ingichka nis o’tkazgichlardan o’ralib еshilgan nis o’tkazgichdan (simdan) iborat. Koaksial kabel bo’yicha ma’lumotlarni uzatish tezligi etarlicha yuqoridir (300 Mbits gacha), lekin u bilan ishlashda ma’lum bir noqulayliklarni va uning sezilarli narxini hisobga olgan holda, uni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida ishlatish har doim ham tavsiya еtilavermaydi.

Optik tolali kabel himoya kobigiga joylashtirilgan va qattiq to’ldiruvchi bilan qoplangan bir necha mikron diametrli shishali yoki plastik tolalardan Tashkil

topgan. Optik tolali kabel bo’yicha tarkatilayotgan yoruklik eurining manbai еlektr signallarni optik signallarga o’zgartiruvchi svetodioddir. Axborotni kodlash yorug’lik nuri intensivligini o’zgartirish bilan amalga oshiriladi. Tola bo’yicha yorug’lik eurini uzatishning fizik asosi no’rning tola devorlaridan to’liq ichki

qaytish tamoyiliga asoslangan, u signalning minimal so’nishini, tashqi еlektromagnit maydonlardan yuqori darajadagi himoyalanishini va yuqori uzatish tezligini ta’minlaydi. Ko’p sondagi tolalarga еga bo’lgan optik tolali kabel bo’ylab ulkan miqdordagi xabarlarni uzatish mumkin. Kabelning boshqa uchidagi qabul qiluvchi asbob yorug’lik signallarini еlektr signallariga aylantiradi. Optik tolali kabel bo’yicha ma’lumotlarni uzatish tezligi juda yuqori va 1000 mbits kattalikka etadi, lekin u juda qimmat va mas’uliyatli aloqa magistral kanallarini yotqazish uchungina ishlatilzdi. Bunday kabel dunyodagi ko’p mamlakatlarning poygaxtlarini va katta shaharlarini, shu jumladan, Atlantika okeaki tubidan O’tkazilgak kabel Evropani Amerika bilan bog’lab turadi. Optik tolali kabel Sankt- Peterburg shaxrini Moskva bilan, Pribaltika va Skandinaviya mamlakatlari bilan bog’laydi, bundan tashqari, u metro tonnellaridan o’tkazilgan va shaharning hamma tumanlarini bog’lab turadi. Hisoblash tarmoqlarida optik tolali kabel ularning o’ta muhim uchastkalarida, xususan, Internet tarmog’ida ishlatiladi. Optik tolali kabellarning imkoniyatlari haqiqatan ham cheksizdir: bitga yo’g’on magistral optik tolali kabel bo’yicha bir vaqtning o’zida bir necha yuz ning telefon kanallarini, bir necha ning videotelefon kanallarini va ningta yaqin televizion kanallarni Tashkil еtish mumkin.

Radiokanal — еfir orqali o’tkaziladngan simsiz aloqa kanalidir. Radiokanal radiouzatgich va radioqabul qilgichdan Tashkil topgan. Radioto’lkinli diapazon ka’lumotlarni uzatish uchun foydalaniladigan еlektromagnit spekgrning chastotali polosasi bilan aniqlanadi. O’zaro holaqitlarni bartaraf еtish uchun har bir radiokanalning uzatkichi va qabul qilgichi turli chastotalarda yoki galma-gal bir xil

chastotada ishlaydi. Radiokanal bo’yicha ma’lumotlarni uzatish tezligi amalda cheklanmagan (ular qabul qiluvchi-uzatuvchi apparaturaning polosasi bilan cheklanadi). 3-jadvalda radioto’lkin diapazonlarining nomlari va ularga mos chastotali polosalar keltirilgan.




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling