Asrayev Z. R., Sariyev R. B
KIRITISH – CHIKARISH QURILMALARI. ULARNING INTERFEYSLARI
Download 0.81 Mb.
|
kompyuterning yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlari
KIRITISH – CHIKARISH QURILMALARI. ULARNING INTERFEYSLARI.PLANSHET. Bu oddiy tekis to'g’ri burchakli yuza bo'lib, unga tayyor chizma qo'yiladi va chizmaning ustidan ko'rsatkich bilan yurgiziladi. Yurgizish jarayonida kompyuter vaqti-vaqti bilan ko'rsatgich uchining koordinatasini sanaydi. Koordinatalarni hisoblashning bir qancha usullari mavjud. Ulardan ikkitasini ko'rib chiqamiz. Planshetning ishchi yuzasi (250 x 250 mm ) tagiga X va U o'qlari bo'ylab 1024 ta o'zaro parallel simlar joylashtirilgan. Ularning har birini kengligi 75 mkm. qalinligi 25 mkm bo'lgan mis simlardan tayyorlangan. Sim o'qlari orasidagi masofa 250 mkm ga teng, har bir simga 2 marta kodlangan aniq xabar keltirilgan. Bu xabarlarni sig’im aloqasi orqali ko'rsatgich qabul qiladi. Ko'rsatgichga sezgir kuchaytirgich joylashtirilgan. Bu kuchaytirgich kodlangan xabarlarni qabul qilib kabelp orqali uni kodlangan xabarlarini echadigan logik sxemaga uzatadi. har bir ketma-ket qabul qilingan impulpslar faqat bitta simga tegishli. Shuning uchun kodlar echilgandan keyin ikkita son xosil bo'ladi. Bu sonlar ko'rsatgichning planshet yuzasidagi holatini ko'rsatadigan koordinatalar bo'ladi. Planshetda 0,25 mm dan kichik bo'lgan grafik elementlar qabul kilinmaydi. Ko'rsatkich uchiga uchqunli datchik joylashtirilgan. Bu datchik sopol izolyator bilan ajratilgan elektroddan tashkil topgan. Elektrodlar orasidan mahlum vaqt ichida uchqun chiqadi. Ikkita schetchik uchqun xosil bo'lishidan boshlab, tovush signalini qabul qilishgacha bo'lgan vaqt intervalini belgilaydi. Planshet chetiga joylashtirilgan tasmali mikrofon tovush impulpslarni qabul qiladi. Ikkita impulps vaqtini to'xtab turish qiymati, ko'rsatkich uchidan planshetning mikrofon o'rnatilgan ikki tomonigacha bo'lgan masofagacha proportsionalp bo'ladi. Shuning uchun, bu qiymatlarni ko'rsatkich holatini X va U koordinatalari deb qabul qilsa bo'ladi. NURLI QALAM. Nurli qalam bilan chizma ekraning yuzasiga chiziladi. qalam korpusi ichida teshik bor, bu teshikka linza o'rnatilgan. Nur ekrandan fotoelementga tushadi. Fotoelementdan kuchlanish kuchayturuvchi qurilmada kuchaytirilgandan keyin, maxsus kayta ulovchi moslamaga uzatiladi. Bu moslama Shmid kayta ulovchi deyiladi. Nurning yorug’ligi kandaydir chegara qiymatidan ortiq bo'lsa, trigger impulps ishlab chiqadi. Bu impulsni koordinatalar hisoblashni boshlanish xabari deb qabul qilish mumkin. Kiritish qurilmasida integral sxemaning qo'llanilishi nurli qalam korpusiga kuchaytirgich joylashiga imkon beradi. Kuchaytirgich o'lchami sharikli ruchka o'lchamiga tengdir. Nurli qalam qayta o'lchovli bilan qayta ta'minlangan. Kompyuterdan foydalanuvchi qayta ulovchi tugmasini bosib, yoki nurli qalam kallagini ekran yuzasiga bosib, uni ishga tushirishi mumkin. Kursor nurli qalamga shartli ravishda qayta ulagichni bosib biriktirib qo'yiladi. Endi nurli qalam ekraning qaysi joyiga harakat qilsa, u bilan birga kursor ham harakat qiladi. Kursorni talab qilingan holatga chiqarilganda, qayta ulagich qo'yib yuboriladi va kursor nurli qalam bilan chizishni "nurli qalam harakatini kuzatish" usuli bilan amalga oshirish mumkin. Bunga ekranga "+" ko'rinishida bo'lgan maxsus belgi-kursor nurli qalamdan ajraladi. Ikki nuqta to'g’ri chiziq kesmasi bilan biriktiriladi. SICHQON. Bu grafik xabar kiritish qurilmasi tashqi ko'rinishdan sichqonga o'xshaydi. Shuning uchun ixtirochilar aniq texnik nom o'ylab topmasdan uni sichqon deb atadilar. Sichqon qo'lga sig’adigan quticha bo'lib tepasida uchta yoki ikkita tugmasi bor. Uning tagida o'zaro perpendikulyar ikkita g’ildirakcha yoki sharik joylashgan. g’ildirakcha yoki sharik rezistorga ulangan. sichqon bilan chizma chizish uchun uni tekis yuzaga harakatga keltirish kerak. Bunda foydalanuvchi sichqonga emas, balki displey ekraniga qarash kerak. Kompyuter ekranida kursor sichqonni harakat traektoriyasini qaytaradi. g’ildirakchalar aylanganda, o'zgaruvchan rezistorlarni yugurdagi ham aylanadi. Buning natijasida, ularning chiqishdan kuchlanishi ham tegishlicha o'zgaradi. Yugurdaklardan olingan kuchlanishlar sonli o'xshash o'zgartirgichlarda shaxsiy kompyuterning tezkor xotirasiga to'g’ridan-to'g’ri uzatish uchun taxlil qilinadi. Bitta g’ildirakcha kursorni X o'qi bo'ylab, ikkinchi g’ildirakcha Y o'qi bo'ylab haraktlantiradi. Sichqonni tekis yuza bo'ylab harakatlantirib, biz kursorni harakatini ekranda kuzatamiz va tegishlicha, sichqon harakatiga tuzatish kiritamiz. Biz kursorni tegishli traektoriyasiga erishganimizdan keyin, sichqondagi ma'lum tugmachani bosishimiz kerak bunda kursorni koordinatalari kompyuter xotirasida eslanib qoladi. Mo'ljallangan qator xususiyatlariga ega. Masalan, sichqon boshqa joyga ko'chirilsa, ekranda kursorni holati o'zgarmaydi. Agar kursor ekraning chetiga keltirilgan bo'lib, sichqon esa, o'z harakatini davom ettirsa, u holda kursor ekraning qarama-qarshi tomoniga o'tadi va sichqon harakatlangan yo'nalishida o'z harakatini davom etdiradi. sichqonning kamchiliklaridan biri shuki, biz u orqali chizmani kompyuter xotirasiga kirita olmaymiz. Chunki, g’ildiraklarni tekis sirtda sirg’anishi natijasida xatolikka yo'l qo'yiladi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling