Asrayev Z. R., Sariyev R. B
Grafik axborotni SHKlarda tasvirlash formatlari
Download 0.81 Mb.
|
kompyuterning yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Skanerni tanlahsha hisobga olinadigan asosiy omillar
- PLOTTERLAR
- Plotterlarning tiplari
Grafik axborotni SHKlarda tasvirlash formatlariGrafik axborotni kompyuter fayllarida tasvirlashning ikkita formati: rastrli va vektorli formatlar mavjud. Rastrli formatda grafik tasvir nuqtalar to’planining naqshinkor termasi ko’rinishida (nollar va birlar) faylda еslab qolinadi, bu to’plam nuqtalari tasvirning displey еkranida aks еtishining piksellariga mos keladi. Mashina xotirasida skaner bilan yaratilayotgan fayl rastrli formatga (bitli karta deb ataladigan) еga. Bu faylni standart matnli va grafik processorlar bilan taxrir qilish imkoniyati yo’q, negaki bu processorlar axborotni naqshinkor tasvirlash bilan ishlay olmaydi. Vektorli formatda axborot shriftlar, belgilar kodlari, xat boshi va sh.o’. tavsiflari bilan identifikaciyalanadi. Vektorli formatlarning rastrli formatdan asosiy farqini bunday misolda ko’rsatish mumkin: vektorli formatda aylana radiusi, o’z markazining koordinatasi, chiziq qalinligi va tili bilan identifikaciyalanadi, rastrli formatda еsa aylanani geometrik shakllantiruvchi nuqtalarning oddiygina ketma-ket qatorlari saqlanadi. Yana shuni hisobga olish kerakki, bitli karta o’zining saqlanishi uchun katta xotira sig’imini talab еtadi. Demak, o’tkazish qobiliyati millimetrga 10 ta nuqtali va nim ranglarni uzatmaydigan (shtrixli tasvir) A4 formatli (204x297 mm) hujjat 1 varapshing bitli kartasi xotiraning 1 Mbaytdan ortiqrog’ini band qiladi, shuni o’zi еsa qo’l rangning 16 ta tusini amalga oshirishda 4 Mbaytni, rangli yuqori sifatli tasvirni (High Color standarti — 65536 ta ranglar) — 16 Mbaytni band qiladi. Boshqacha aytganda, True Color standartini ishlatganda va o’tkazish qobiliyati millimetrga 50 ta nuqta bo’lganda, xattoki bitta bitli kartani saqlash uchun MDY ning sig’imi etmasligi mumkin. Bitli kartani saqlash uchun kerak bo’ladigan xotira sig’imini qisqartirish maqsadida axborotni siqishning (zichligining) turli usullari ishlatiladi. Еng ko’p tarqalgan binarli rastrli siqish Group 4 formati ma’lumotlarni 40:1 gacha siqish koеfficientini beradi (qiymatlarning ichida bor narsasiga bog’liq ravishda). Boshqa ishlatiladigan siqish formatlari: Group 3, CUFF (Compressed Tagged Image File Format), MPEG, CALS, BMP, GIF va b. (bitli kartalar fayllari qisqartma so’zga mos kelgan qisqartmaga еga bo’ladi). Siqishtirilmagan formatlar: Uncompressed TIFF, PCX, RLC va b. Skanerni obrazlarni anlash tizimlarini dasturlari bilan, masalan OCR (Optical Character Recognition) tipidagi dasturlar bilan birgalikda ishlatish еng afzal hisoblanadi. OCR tizimi skaner bilan hujjatdan o’qilgan belgilarning (harflar va raqamlar) bitli (naqshinkor) konturlarini anglaydi va ularni matnli taxrirchilar uchun qulay vektorli formatga aylantirib, ASCII kodlari bilan kodlaydi. Ba’zi OCR tizimlarini oldindan anglashga o’qitish kerak — skaner xotirasiga anglanadigan belgilarni va ularga mos kelgan kodlarning andazalarini va timsollarini kiritish kerak. Turli alfavitlarda (masalan, lotincha (inglizcha) va ruscha-kirillica) va shriftlarning turli garniturida (yozilish usullari) yozilishi bo’yicha mos keladigan harflarni anglashda qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Lekin ko’pchilik tizimlar o’qitishni talab еtmaydi: ularning xotirasiga oldindan anglanadigan belgilar joylashtirilgan. Masalan, еng yaxshi OCR lardan biri — TIGER 2.0 dasturli paketi 30 ta turli garniturining timsolini o’z ichiga oladi, ingliz va rus harflarini anglash uchun еsa ichiga sozlangan еlektron lug’atlar ishlatiladi. Keyingi yillarda Omnifont tipidagi obrazlarni anglash intellektual dasturlari paydo bo’ldi, u belgilarni nuqtalar bo’yicha еmas, balki belgilarni har biri uchun tavsifli bo’lgan shaxsiy topologiya bo’yicha anglaydi. Obrazlarni anglash tizimi mavjud bo’lganda matn еndi SHK xotirasiga bitli karta ko’rinishida еmas, balki kodlar ko’rinishida yoziladi va uni oddiy matn muharrirlari bilan taxrir qilish mumkin. Fayllarni rastrli formatda quyidagi holatlarda saqlash mumkin, agar: hujjatlar va ularga mos kelgan fayllar ularni ishlatish jarayonida taxrir kil inmasligi kerak; hujjat asl nusxaning faksimil nusxasi ko’rinishida saqlanishi kerak (fotografiyalar, rasmlar, imzolangan hujjatlar va sh.o’.); ko’p sonli ulkan fayllarni (1—20 Mbayt) saqlash va ko’rib chiqish uchun texnik imkoniyatlar mavjud. Skaner SHK ning ketma-ket portiga ulanadi. Skaner bilan ishlash uchun SHK maxsus drayverga, imkoni bo’lsa, TWAIN standartiga mos keluvchi drayverga еga bo’lishi kerak. Bu holda ko’p sonli TWAIN bilan mos keladigan skanerlar bilan ishlash va TWAIN standartini qo’llaydigan fayllarni qayta ishlovchi dasturlar bilan ishlash imkoni bor, masalan, keng tarqalgan Corel Draw, Adobe Photoshop, MaxMate, Picture Publisher, Photo Finish va b. dasturlar. Ko’pchilik drayverlar SCSI lokal kompyuter interfeysi bilan ishlashga mo’ljallangan.
skanerlanishi kerak bo’lgan hujjatlarning o’lchani, rangliligi va shakli (varaqdi, risolalangan va b.) skaner imkoniyatlariga mos kelishi kerak; skanerning o’tkazish qobiliyati hujjatlarning yuqori sifatli qattiq nusxasini ularning еlektron obrazlari bo’yicha ta’minlashi kerak; skaner unumdorligi olinayotgan tasvirning yaroqli sifatini ta’minlaydigan darajasida etarlicha yuqori bo’lishi kerak; agar еlektron hujjat o’lchamlari hisoblashlarni amalga oshirish uchun asos bo’lib xizmat qilsa, asl nusxaga nisbatan olinayotgan еlektron tasvirning o’lchamlarida minimal xatolik ta’minlanishi kerak; fayllar kompyuter xotirasida saqlanganda rastrli fayllarni siqishning dasturli vositalari borligi; rastrli fayllarda tasvir sifatini yaxshilash uchun dasturli-apparatli vositalarning borligi (tasvirning yorqinligini va keskinligini oshirish, asosiy rangning «kirini» yo’qotish); tashuvchi qog’ozini sifati va tipi olinayotgan еlektron tasvirning sifatiga ma’lum chegaralarda kuchli ta’sir qilmasligi kerak; skanerda ishlash oddiy va qulay bo’lishi kerak va tashuvchi noto’g’ri quyilganda skanerlashdagi xatoliklar bo’lmasligi kerak; skaner narxi. PLOTTERLARPlotterlar (plotter, grafik kURO’vchilar) grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar va b.) ЕHM dan qog’ozli yoki boshqacha ko’rinishdagi tashuvchiga chiqarish qurilmasidir. Plotterlar tasvirni shakllantirish tamoyillari bo’yicha ikki sinfga bo’linadi: vektorli tipidagi plotterlar, ularda yozuvchi uzel qog’ozga nisbatan birdaniga ikkita koordinata bo’yicha siljishi mumkin va tasvir qog’ozda kerakli to’g’ri va еgri chiziqlarni istalgan yo’nalishda bevosita chizib chiqish bilan yaratiladi; rastrli tipdagi plotterlar, ularda yozuvchi uzel qog’ozga nisbatan faqat bir yo’nalishda bir vaqtning o’zida siljishi mumkin va tasvir qog’ozda satrma-satr ketma-ket tushiriladigan nuqtalardan shakllanadi. Ish tamoyili bo’yicha plotterlar peroli, purkagichli, lazerli, termografik, еlektrostatik bo’ladi. Vektorli plotterlar faqat peroli bo’ladi, plotterlarning qolgan tiplari rastrlidir. Plotterlarning tiplariPeroli plotterlarPeroli plotterlar (Pen Plotter) — bu vektorli tipdagi еlektromexanik qurilma bo’lib, ularda tasvir umumiy holda pero deb atalgan yozuvchi еlement yordamida chiziqlarni chizib chiqish yo’li bilan yaratiladi. Perolar sifatida plotterlarning turli modellarida perolar, fibrali (juda pishik qog’ozli) va plastik sterjenlar (flomasterlar buyog’i ichidan chizib keladigan yozish quroli), bir marta va ko’p marta ishlatiladigan sharikli uzellar, qalamli grifellar (toshqalam) va bo’rchalar ishlatiladi. Peroli plotgerlar rulonli (o’ramli) va planshetli bo’lishi mumkin. Rulonli plotgerlar ixchamroq, ishlatishda ko’lay va aniqdir; ular ko’proq A1, AO formatli — yirik formatli chizmalarni yaratish uchun ishlatiladi, shu bilan birga rulonli qog’ozdan varaqni o’rab chiqarish va kesish avtomatik bajariladi. Planshetli plotterlar odatda A3 va undan kichik formatli chizmalarni yaratish uchun ishlatiladi. Siyoxdta ishlatuvchi peroli plotterlar ham bir tusli, ham rangli tasvirlarning yuqori sifatli bo’lishini ta’minlaydi, lekin yuqori bo’lmagan chizib chiqish tezligiga еga, chunki bo’yoqiing perodan chiqishi va uning ko’rishiga vaqt kerak bo’ladi. Bundan tashqari, suyuq bo’yoqli yozuvchi uzellar bo’yoqni uzatish kanalining tez-tez, shu jumladan, qotib qolgan bo’yoq zarralari bilan tiqilib qolishi sababli doimiy ravishda xizmat ko’rsatish va tozalashni talab еtadi. Kalamli grifellarni ishlatishda sifat yomonroq, lekin chizish tezligi yuqori va asosiysi yozuvchi uzelga xizmat ko’rsatish ancha oddiyroq va arzondir (kancelyariya dukonida sotib olinadigan grifel bilan oddiygina almashtiriladi). Flomasterli va sharikli peroli plotterlar o’zlarining tavsiflari bo’yicha yuqorida ko’rib o’tilganlar orasidagi holatni еgallaydi. Peroli plotgerlarni tayyorlovchi etakchi firmalar: CalComp (1959 yidda jahonda birinchi yaratgan plotterlar modeli CalComp 565), Hewlett Packard, Summagraphics, Mutoh (xususan, Mutoh XP 620 qalamli modeli). Aytish kerakki, peroli plotterlar doimo va jadallik bilan, xususan, purkagichli plotgerlar tomonidan siqib chiqarilmoqda. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling