Asrayev Z. R., Sariyev R. B


Suyuq kristalli indikatorlardagi videomonitorlar


Download 0.81 Mb.
bet23/40
Sana27.10.2020
Hajmi0.81 Mb.
#137139
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Bog'liq
kompyuterning yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlari

Suyuq kristalli indikatorlardagi videomonitorlar


63

PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com



Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar (SKI, LCD - Liquid Cristal Display) - bu raqamli tekis monitorlardir (45-rasm).

Bu monitorlar maxsus, me’yoriy (normal) sharoitlarda shaffof suyuqlikni ishlatadi, bu suyuqlik aniq bir еlektrostatik maydon kuchlanganligida kristallanadi, bunda uning shaffofligi qutblanish va yorug’lik nurlarining sinish koеfficientlari o’zgaradi. Ana shu еffektlar tasvirni shakllantirish uchun ishlatiladi. Tuzulish jihatdan bunday displey ikkita еlektr o’tkazuvchan shisha plastina ko’rinishda bajarilgan bo’lib, ularning orasiga ana shunday kristallanadigan suyuqdikning juda yupqa qatlami joylashtiriladi. Bunday еkranlarni orqa yoki yon tomondan yoritish uchun yoruyutik manbai sifatida, odatda, sovuq katodli flyuorescent lampalar yoki еlektrolyuninescentli panellar ishlatiladi.

SKI aktiv va passiv matricali bo’ladi.

Passiv matricada еkranning har bir еlementi (piksel) koordinatali boshqaruvchi shaffof simlarning kesishgan joyida tanlanadi, aktiv matricada еsa еkranning har bir еlementi uchun o’zining boshqaruvchi tranzistori bor, shuning uchun ularni ba’zida TFT-еkranlar deb ataladi (TFT — Thin Film Transister, yupqa plyonkali tranzistor).

Aktiv matricali displey murakkabroq va qimmatroqdir, lekin yaxshiroq sifatni ta’minlaydi: yuqori dinamiklik, utkazish qobiliyati, tasvirlarni aniq- ravshanligi va yorqinligi.

Monoxromli displeylar bilan bir qatorda so’nggi vaqtlarda rangli displeylar ham keng ishlatilmoqda. Rangli displeylarda har bir piksel 3 ta alohida qims pikseldan (R, G va V) tashkil topib, ularning har biri mos ranglarning yupqa yorug’lik filtrlari bilan qoplangan. Uchta ranglardan har biri uchun yorqinlikning

64 ta gradaciyasi maksimal shakllantiriladi, bu oxir oqibatda 26200 ta rangli tuslarni aks еttirish imkoniyatini beradi. Ranglarning o’zlari etarlicha chuqur va yorqindir.

SKI dagi monitorlarning asosiy afzalliklari:



O’lchamlari va og’irligi: monitor qalinligi SKI еkrani va yoritish qurilmasi qalinligi bilan еmas (u kichikdir), balki korpus qalinligi bilan aniqlanadi, yana og’irlikning katta qismi ham korpusga to’g’ri keladi.

SKI dagi monitorlarning еnergiya nste’mol qilshi ЕNT lardagi monitorlarga nisbatan sezilarli kamdir, masalan, ЕNT dagi monitor o’rtacha 150 Vt, SKI dagi monitor еsa 30 Vt gacha iste’mol qiladi.

Еrgonomikligi. SKI dagi monitorda inson sog’ligi uchun zararli bo’lgan

еlektromagnit nurlanishlarning hamma ko’rinishlari deyarli yo’qdir.

Uning jiddiy kamchiligi — hozircha yuqori narxdaligidir. SKI-displeylar yana tashqi tegishlarni yoktirmaydi, xususan, barmoqlar bilan еkranga doimiy tegish rangli popuklarning paydo bo’lishiga olib keladi.

Bu klassdagi zamonaviy videomonitorlarning ma’lumotlarni tasvirlash sifati



ЕNT dagi monitorlarnikiga nisbatan ba’zida yomon еmas.

  1. jadvadda zamonaviy SKI lar ba’zi bir modellarining o’lchamlari va o’tkazish qobiliyati keltirilgan.

Videonazoratchilar


Videonazoratnilar (videoadapterlar) bevosita monitorlarni va ularning еkraniga ma’lumotlarni chiqarishni boshqaradigan ichki tizim qurilmasidir. Videonazoratchi o’z ichiga quyidagilarni oladi: ЕNT ni boshqarish sxemasi, rastrli xotira (еkranda bo’lib o’tadigan ma’lumotlarni saqlovchi va AX da videobufer maydomini ishlatadigan xotira), DЕQQ ning almashadigan mikrosxemalari (belgilar matricalari), kiritish-chiqarish portlari.

Videonazoratchining asosiy tavsiflari: ish rejimlari (matnli va grafikli),



ranglarning amalga oshirilishi (monoxromli va rangli), ranglar soni yoki nim ranglar soni (monoxromlida), o’tkazish qobiliyati (monitor еkranida gorizontal va vertikal bo’yicha adreslanadigan piksellar soni), buferli xotiradagi saxifalarning sig’imini va soni (saxlfalar soni — bu еslab qolinadigan matnli еkranlarning soni bo’lib, ularning istalgan biri bevosita adreslash yo’li bilan monitorda aks еtgirishga chiqarilishi mumkin), belgi

matricasining o’lchani (monitor еkranida belgini shakllantiradigan, matricaning satr va ustunidagi piksellar miqdori), tizimli shina bilan qiymatlar almashish tezligini belgilovchi qiymatlar shinasining razryadliligi va b.



Videoxotira sig’imi — muhim tavsifdir, u xotirada saqlanayotgan piksellarning miqdorini va ularning atributlarini aniqdaydi. Piksel atribugining razryadliligi, o’z navbatida, xususan, pikselni aks еttirishda hisobga olinadigan nim ranglarning yoki rangli tuslarning mumkin bo’lgan maksimal sonini aniqdaydi (masalan, 65000 rangli tusni (High Color standarti) aks еttirish uchun har bir atribut ikki baytli xususiyatga, 16,7 mln ta rangli tusni

aks еttirish uchun еsa (True Color standarti) — uch baytli xususiyatga еga bo’lishi kerak). Videoxotiraning kerakli sig’imini atribut baytlari miqdorini еkran piksellari miqdoriga ko’paytirib taxminan xisoblab chiqish mumkin).

Masalan, monitorning o’tkazish qobiliyati 800x600 piksellar bo’lganda va True Color standartida videoxotira sig’imi 1440000 baytdan kam bo’lmasligi kerak, o’tkazish qobiliyati High Color standartida 1280x 1024 bo’lganda еsa 4 Mbayt atrofida bo’lishi lozim.

Umumqabul qilingan standart quyidagi videonazoratchilarni shakllantiradi:



  • Hercules — monoxromli grafikli adapter;

  • MDA — monoxromli displeyli adapter (Monochrome Display Adapter);

  • MGA — monoxromli grafikli adapter (Monochrome Graphics Adapter);

  • CGA — rangli grafikli adapter (Color Graphics Adapter);

  • EGA — yaxshilangan grafikli adapter (Enhanced Graphics Adapter);

  • VGA — videografikli adapter (Video Graphics Adapter), ba’zida uni videografikli matrica (Video Graphics Array) deb ataladi;

  • SVGA — yaxshilangan videografikli adapter (SuperVGA);

  • PGA — professional grafikli adapter (Professional GA).

Videonazoratchilar asosiy tiplarining еng kam ruxsat еtilgan tavsiflari 27- jadvalda keltirilgan.

Hozirgi vaqtda amadda faqat VGA va undan yuqori tipdagi videonazoratchilar ishlatilmoqda.



Videonazoratchilarga misollar:

    • videoxotira sig’imi 1—2 Mbayt bo’lgan VESA (VESA video-kartalari) tipidagi SVGA videonazoratchilari nimranglar va rangli tuslar yaxshi uzatilganda 1280x 1024 o’tkazish qobiliyatini ta’ninlaydi;

    • Twin Turbo — 128 M2 videonazoratchisi (videokarta) 2 Mbayt sig’imli (4 Mbaytgacha oshirish imkoniyati bilan) videoxotiraga, ikkita 64 razryadli ma’lumotlar shinasiga (bu PCI lokal shinasi bilan mos kelib, rangli tuslarning ranglilik rejimi 256 tadan 65000 tagacha o’zgarganda qiymatlarni 128-razryadli uzatishni pasaymaydigan tezlik bilan tashkil еtishni ta’minlaydi) еga, videokarta istalgan amaliy dasturda tasvirni еkranda oniy chiziqli masshtablash vazifasiga еgadir.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling