Asrayev Z. R., Sariyev R. B
Download 0.81 Mb.
|
kompyuterning yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlari
Matritsali privterlarMatricali printerlarda tasvir nuqtalardan zarbli usul bilan shakllanadi, shuning uchun ularni «zarbli-matricali printer» deb atash to’g’riroqdir, shunday ham ishorani sintezlovchi printerlarni boshqa tiplari ko’pincha belgilarni matricali shakllantirishni, lekin zarbsiz usul bilan, ishlatadi. SHunga qaramay, «matricali printerlar» — bu ularning umumqabul qilingan kodi, shuning uchun uni asos qilib olaniz. Ignali (zarbli) matricali printerlarda nuqtalarni bosish, bo’yovchi lenta orqali qog’ozga zarba beruvchi ingichka ignalar bilan amalga oshiriladi. Har bir igna xususiy еlektromagnit bilan boshqariladi. Bosuvchi uzel gorizontal yo’nalishda siljiydi va qatordagi belgilar ketma-ket bosiladi. Ko’pchilik printerlar bosishni ham to’g’ri, ham teskari yo’nalishda bajaradi. Bosuvchi kallakdagi ignalarning soni bosish sifatini belgilaydi. Qimmat bo’lmagan printerlar 9 ta ignaga еga. Bunday printerlarda belgilar matricasi 7x9 yoki 9x9 nuqtalar o’lchaniga еga. Mukammallashgan matricali printerlar 18 va xattoki 24 ta ignaga еga bo’ladi. Matricali printerlarning bosish sifati yana bosuvchi kallakning bir nechta o’tishida qisman qoplash bilan bosish jarayonida nuqtalarni chiqarish imkoniyati orqali ham aniqlanadi. Turli sondagi ignali printerlarda bosishning turli rejimlari turlicha amalga oshiriladi. 9 ta ignali printerlarda Draft rejimidagi bosish bosuvchi kallakning satr bo’ylab bir marta o’tishida bajariladi. Bu еng tez bosish rejimi, lekin u еng past sifatli hamdir. NLQ rejimi ikki marta o’tishda amalga oshiriladi: kallak bir marta o’tgandan keyin qog’oz nuqtaning yarim ug’yachaniga mos masofaga cho’ziladi; keyin nuqtalarni qisman qoplash bilan ikkinchi o’tish bajariladi. Bunda bosish tezligi ikki marta kamayadi. Matricali printerlarning ish rejimini qayta ulash va shriftlarni almashtirish dastur bilan ham, apparat bilan ham qurilmalarda bor bo’lgan klavishlarni va/yoki qayta ulagichlarni tegishlicha o’rnatish bilan amalga oshirilishi mumkin. Matricali printerlarning tezkorligi matnni Draft rejimida bosishda sekundiga 100 tadan 300 tagacha belgi oralig’ida yotadi, bu taxminan minutiga ikki saxifaga to’g’ri keladi (varaqlarni almashtirishni hisobga olgan holda). Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling