“Asrga tatigulik kun” va “Yolg’izlikning yuz yili” asarlarining qiyosiy tahlili


Xalq og’zaki ijodi namunalarining qiyosiy tahlili


Download 1.84 Mb.
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi1.84 Mb.
#1053235
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Asrga tatigulik kun

Xalq og’zaki ijodi namunalarining qiyosiy tahlili

  • Tulubin kelib iskagan,
  • Bo’tasi o’lgan bo’z moyaman…
  • “Kuch otasini ham tanimaydi”
  • Otdan otning farqi nimadir?
  • Ayrillagan turishi bor,bilib qo’y.
  • Botirdan botirning farqi nimadir?
  • Farosati,aqli ortiq,bilib qo’y…
  • Gabrial Garsiya Markes o’z asarida xalq orasida juda katta kuchga ega bo’lgan diniy va afsonaviy hikoyalar orqali madaniy oqimlar o’rtasida dialog olib boradi. Bu hikoyalar katolitsizmdagi,Lotin Amerikasi xalqlari tasavvurida absolyut haqiqatga aylangan suv toshqini, taqiqlangan mevani yegan va jazosini kutib turgan Momo Havvo obrazi kabi eng yorqin qarashlarni o’z ichiga olgan.Asarda Markes juda keng tarixiy vaqt ichidagi kichik olamlar tugashini afsonaga yo’g’rilgan diskurs orqali tushuntiradi.

“Asrga tatigulik” asaridagi konflikt

  • Kazangapni Bo’ronli bekatidan o’ttiz chaqirimcha narida joylashgan Ona Bayit qabristonida dafn etishiga undagan real sababiyatlar va marosim bilan mazkur qabristonga asos solgan Nayman ona bilan qirg’iz elining raqiblari junjanglar tomonidan manqurtga aylantirilgan farzandi o’rtasida fojiona tugagan qonli voqea ya’ni onaning o’z o’g’li qo’lida shavqatsizlarcha o’ldirilishi haqidagi rivoyat bugungi qozoq hayotida kechayotgan boshqa bir real voqea bilan chambarchas bog’lanadi: kosmadrom hududida joylashgan Ona Bayit qabristonidan Kazangapga go’r qazish uchun 2 metr joy topilmaydi.
  • Boshqacha aytganda, dunyoning bir nechta davlatini o’z bag’riga sig’dira olgan hayhotdek Qozog’iston cho’lida, shu yerlik qozoqlarning azaliy qabristonida o’z umrini Vatan va xalq xizmati, baxtsaodati yo’liga tikkan halol mehnatkashkishining jasadiga “o’n bir qarich” joy berilmaydi.


“Yolg’izlikning yuz yili” asaridagi konflikt


Markes asarni boshdan-oxir hikoya usulga qurgan,u o’zining xulosa va qarashlarini, g’oyalarini uzundan-uzoq falsafiy gap-iboralar orqali asariga singdirishga urinmaydi,faqat qaxramonlar hayotini hikoya qiladi,shu asosida achchiq qismatlarning,ba’zida odamda shavqat,ba’zida esa hazar qilish tuyg’usini paydo qiladigan voqealarning roviysi bo’lishni maqbul topib,xulosani kitobxonning o’ziga qoldiradi.Adibga xos biroz kinoyaviy bo’lsada,xolisona uslub ba’zan sizni chalg’itadi,Markes o’z qahramonlarini gohida oqlayotganday, ularning hayot tarzini targ’ib qilayotganday ham tuyuladi. Lekin uning tasvir uslubi beshavqatlik darajasida real:ayniqsa,insoniy ojizlik,hissiy munosabatlarni yoritishda u odam bolasiga ancha yuqoridan turib qaraydi va uning eng arzimasday tuyulgan,bir zumlik hissiyot iskanjasida yo’l qo’ygan xatolarini rahmsizlarcha sovuqqonlik bilan, hatto birmuncha jirkantiradigan tarzda tasvirlaydi.


Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling