Ikkala romanda ham hayvonlar ishtirokini ko’rish mumkin - “Asrga tatigulik kun” romanida voqealar asosan Sario’zak cho’lida, Bo’ronli temir yo’l bekatida bo’lib o’tadi.Chingiz Aytmatov barcha asarlarida o’z usul,uslub va tadbirlariga sodiq qoladi:ularda real hayotiy voqealar tasviri bilan turli-tuman rivoyat va afsonalar bir-biriga qo’shilib-chatishib ketadi.Tulki,bo’ri,it,tuya,ot,kalhat,baliq singari xonaki va yirtqich hayvonlar,jonivorlar ham o’ziga xos ”adabiy personajlar “ bo’lib gavdalanadi. Ch.Aytmatov romanlarida,mavzu va uslub rang-barangligi ichra real hayot,jo’n qirg’iz turmush taxliti tasviri qayerdan boshlanadi-yu hayratomus afsona,rivoyat va fantastika qayerda tugashini aniqlash qiyin.
- Asarda keladigan har bir voqea, tarixiy vaqtni ilg’agan holda, xotirada tuzilish va unitilishni o’z ichiga oladi. Muallif o’z yurti Kolumbiyaga xos voqeliklarni o’ylab topilgan Makondo shahri misolida ko’rsatadi. Balki butun Lotin Amerikasini nazarda tutgandir.Makondo – shunchaki so’z emas, bu g’oya o’z shoxlari bilan har xil sirlarni,afsonalarni,orzu va qayg’ularni yashirgan, vaqt ta’sirida unutilishga mahkum bo’lgan bo’lgan oliviy daraxt timsolidir. Buendia oilasining ichki tarixi bir vaqtning o’zida Garsiya Markesning bolaligi hamdir. O’z yurti Arakatake qishlog’iga safar xotiralarida muallif XIX asrda liberallar va konservatorlar o’rtasidagi kelishmovchilklar,ilk poyezd kelishi, banan vasvasasining kuchayishi,kapitalizm ekspansiyasi va mutloq hokimlikni keltirib o’tgan.
Badiiy detallarning qiyosiy tahlili - Romanda har xil tiplar turli-tumanlar tiplar, turli tuman harakterlar yaratilgan. Kazangap-oqil,Ediigey-sobit,Nayman ona-buyuk jabrdida,Oyzoda-mushtipar,Sobitjo-vaysaqi,letenant Tasiqboyev-g’irt to’pori va hakozo.Har bir personajning o’z xulq-atvori,o’z e’tiqodiva falsafasi,o’z manfaati va ichki dunyosi,tabiiy ishonarli bir tarzda ochib berilgan. Kazangap Asanboyev bilan Edigey Bo’ron hayoti,”Paretit”kosmik kemasi orqali g’ayri zaminiy sayyoralar bilan transatlantik aloqa,Abutolib Qutiboyevning shaxsga sig’inish davri qurboni bo’lganligi,Qoranorning “ishqiy” sarguzashtlari va hakozolar…Bularning har biri o’zgacha tugal,o’zicha mukammal va go’zal bir qissa.
- Asar ramzlarga to’la. Har qaysi detaldan ma’no topish mumkin. Masalan, Buendo va Ursula tark etgan shaharni olaylik.Odamning vatani uning o’zligi hisoblanadi.Ular o’z shaharlarini tark etish orqali o’zliklarini tark etgandek bo’lishadi. 2-detal. Uyqusizlik kasali. Bu kasallikka chalinganlar hech qanday lanjlik sezmaydi.O’zlarini tetik his qiladi.Kasallikning birdan bir va daxshatli zarari xotiradan ayrilishdir. Bu har qanday darddan ko’ra mudhishroq.Xotirasi yo’q odam manqurt va o’zliksiz.Uning yashashdan maqsadi ham,mazmuni ham qolmaydi.Ushbu detal insonlarning tarixni unitishi, o’zlikning yoddan ko’talishi ramzi bo’lib xizmat qiladi.Tarixi yo’q insonning,tarixi yo’q davlatning, albatta, kelajagi ham yo’q. Adabiyotshunoslar Markes bu asari adabiyotga Qiyomat utopiyasini olib kirgan deb hisoblashadi.Asar so’ngida butun bir sulola yo’q bo’lib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |