Assembler tili Mustaqil Ish Bajardi: 1. Begaliyev Muhammadali 2.Rustamqulov Qurbonpulot Toshkent 2023 ASSEMBLER TILI Reja: - Assembler nima uchun kerak?
2. NASM nima? 3. Operatsion tizim nima? - Assembler tili dasturlashda alohida o'ringa ega. Assembler tilidagi dastur to'g'ridan-to'g'ri markaziy protsessor buyruqlaridan foydalangan holda tuziladi. Bu esa dasturchiga protsessor imkoniyatlarini chinakam bilishga yordam beradi. Yuqorida ta'kidlanganidek, Assembler tilidan asosan kompyuter qurilmalari bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan va ularni boshqaradigan dasturlar (drayverlar) tuzishda foydalaniladi. Masalan, mashina ishlab chiqaradigan korxonalardagi avtomatlashgan robotlardan boshlab elektron meditsina asboblarigacha barchasi uchun yoziladigan boshqaradigan dasturlar shular jumlasidandir.
Assembler nima uchun kerak - Ammo hozirgi mavjud barcha qurilmalar uchun boshqaruvchi dasturlar yozilgan-ku, endi Assemblerni o'rganish nimaga kerak degan savol tug'ilishi mumkin. To'g'ri, lekin hayot hozirda mavjud kompyuter imkoniyatlari bilan to'xtab qolmaydi. Kundan-kunga yangi qurilmalar ishlab chiqilayapti va ularni boshqaruvchi dasturlarni tuzish uchun Assembler dasturchilari kerak bo'ladi.
Assembler nima uchun kerak Assembler nima uchun kerak - Bundan tashqari dasturchiga Assemblerda dasturlash ehtiyoji bo'lmaganda ham uni bilib qo'yishning yana bir ustunlik jihati bor. Gap shundaki, kodi yashirin bo'lgan mavjud dasturlarning kodini faqat Assembler tilida qayta tiklash mumkin. Assemblerni bilish esa tiklangan kodni o'rganishga va o'zgartirish kiritishga yordam beradi
Assembler nima uchun kerak - Assemblerning yana bir yutug'i shundaki, unda yozilgan dastur boshqa tillardagiga qaraganda juda tez ishlaydi. Shunday ekan, Assemblerdan faqat kompyuter qurilmalarini 11 boshqaradigan dasturlar emas, balki umumiy masalalarni yechadigan dasturlarni tuzishda ham foydalansa bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |