NASM nima? - farq qiladi. Yuqorida aytganimizdek, kitobda NASM kompilyatoriga asoslangan Intel assembleri o'rganiladi. NASM (Netwide Assembler Butun Tarmoq Assembleri) Assembler kompilyatori dunyoda keng foydalanishda bo'lib, uni tanlashdan maqsad undagi Assembler qoidalari ancha osonlashtirilgan, ya'ni bosh qotirishi kerak bo'lmagan har xil sozlashlar dasturchi zimmasidan olib tashlangan va kompilyator tomonidan o'z-o'zidan bajariladi, qolaversa, NASM Assembleri tushunishga juda oson. Ushbu xususiyatlar, ayniqsa, o'rganish maqsadlarida qo'l keladi. Bundan tashqari NASM barcha operatsion tizimlarda ishlaydi
NASM nima? - NASM kompilyatori LGPL(Lesser General Public License) guvohnomasi bilan chiqariladi, ya'ni dastur kodini ochiq holda erkin (to'lovsiz) tarqatiladi. Mahsulotni olib o'zgartirish va qayta tarqatish mumkin (Batafsil ma'lumot uchun NASM rasmiy guvohnomasiga qarang)
NASM nima? - NASM dan tashqari yana bir qancha kompilyatorlar mavjud va ularni qisqacha ko'rib chiqamiz:
- ● MASM (Microsoft Assembler) Assembleri dasturlarining tuzilish uslubi birmuncha chalkash va protsessor buyruqlaridan ham ko'ra ko'proq o'zining ichki atamalarini yozishga to'g'ri keladi. Buning ustiga yana pulli mahsulotdir.
- ● TASM (Borland Assembler) kompilyatori birmuncha yaxshiroq, ammo MASM ga qarab yaratilgan va unga juda o'xshaydi. TASM ham pulli mahsulot.
- ● GAS (GNU Assembler) Assembleri qoidalari juda «dahshatli» va u inson dasturlashiga mo'ljallanmagan. GAS Assembleri asosan boshqa dasturlar tomonidan ishlatiladi. Ushbu mahsulot bepul va Windows, Linuxda ishlaydi.
- ● AS Assembleri faqat Linux va MINIXda ishlaydi.
- ● FASM kompilyatori NASMning yaqin «og'aynisi» bo'lib, NASM uchun mo'ljallab yozilgan dasturlarni tushunadi va NASM kabi oson dasturlash qoidalarga ega. NASMni operatsion tizimda o'rnatish bo'yicha ma'lumot uchun kitob so'ngidagi «NASMni o'rnatish» ilovasiga murojaat qiling
Operatsion tizim nima? - Har bir kompyuter bir qacha bo'laklardan iborat bo'lgan asosiy dastur to'plamiga ega. Bu dastur to'plami operatsion tizim deb yuritiladi. Operatsion tizimning kompyuterni ishga soladigan muhim ahamiyat kasb etuvchi bo'lagi o'zak deb ataladi. Kompyuter ishga tushirilganda birinchi navbatda operatsion tizim xotiraga yuklanadi va u keyinchalik bo'ladigan ish jarayonini ta'minlaydi. Operatsion tizim kompyuterning risoladagidek ishlashini ta'minlaydigan eng zarur amallarni o'z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |