- Demak, ko'pincha quyidagi holatlarda dastur assemblerda yoziladi:
- ● Kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi dastur kerak bo'lganda.
- ● Tez ishlashi kerak bo'lgan dastur qismini yozishda.
- ● Operatsion tizimning qurilmalar bilan ishlaydigan qismlarini yozishda.
- ● Kompyuter viruslarini tuzishda, ularni o'rganishda va ularga qarshi antiviruslarni yozishda.
NASM nima? - Har qanday operatsion tizim bir necha yuz, balki undan ham ko'proq dasturlar birlashmasidan tashkil topgan bo'ladi. Dastur esa o'z navbatida ma'lum bir dasturlash tilda yozilgan buyruqlar ketma-ketligidir. Hozirgi kunga kelib, dunyoda 400 ga yaqin dasturlash tillari mavjud bo'lib, ulardan dastur tuzishda foydalaniladi. Bu tillar inson tushuna oladigan va ularni boshqara oladigan darajada osonlashtirilib foydalanishga joriy etilgan. Ammo bu tillarning birortasini, shu jumladan, Assemblerni ham mashina tushuna olmaydi. Mashina uchun esa alohida mashina tili mavjud bo'lib, u faqat ikkilik sanoq tizimidagi (faqat 0 va 1 dan tuziladigan sonlar tizimi) sonlar oqrali ifodalanadigan buyruqlar ketma-ketligi ko'rinishida bo'ladi va juda ham sodda, ammo yodda saqlash murakkabdir. Unda to'g'ridan-to'g'ri dasturlash juda qiyin. Shu sababli inson uchun mo'ljallangan dasturlash tilida yozilgan dasturni mashina tiliga o'girib beradigan vosita kerak bo'ladi. Bu vosita dasturlashda kompilyator deyiladi. Demak, har bir til o'zining kompilyatoriga ega. Assembler tili uchun ham bir qator kompilyatorlar mavjud.
NASM nima? - Har bir qurilma (mikroprotsessorga ega istalgan moslama) o'z Assembler tiliga ega va o'sha qurilmada ishlaydigan operatsion tizimlar (agar qurilma operatsion tizimga ega bo'lsa, albatta) qurilmaga mo'ljallangan Assembler tilida dasturlash imkoniyatini beradi1 . Masalan, Intel protsessorlarida ishlaydigan Windows, Linux, Mac OS X va boshqalar shu protsessor uchun mo'ljallangan Assemblerni taqdim etishadi. Intel protsessorlari juda ham mashhur bo'lganligi sababli, ko'pgina dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi firmalar Intel Assembleri qoidalariga mo'ljallangan o'z kompilyatorlarini ishlab chiqishgan. Assembler dasturi protsessordan tashqari qaysi kompilyatorga mo'ljallab yozilayotgani ham hisobga olinadi. Chunki bir kompilyator uchun yozilgan dastur ikkinchisiga to'g'ri kelmasligi mumkin. Farq juda katta bo'lmasada, qoidalar bir oz farq qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |