1. O‗zbekistonda Mashinasozlik sanoati tarixi va uning asosiy vazifalari. 1. O‗zbekistonda Mashinasozlik sanoati tarixi va uning asosiy vazifalari. 2. Mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari. 3. O‗zbekistonda avtomobilsozlik sanoatini rivojlanish tarixi. Mavzu: O‘zbekistonda Mashinasozlik sanoati tarixi va uning asosiy vazifalari. Mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari. O‗zbekiston o‗z suverenitetini qo‗lga kiritgandan so‗ng, o‗z rivojlanish yo‗lini belgilar ekan, oson yo‗l qidirmadi. O‗tish davrining murakkabliklariga qaramasdan ulkan inshootlar, zamonaviy ishlab chiqarish obektlari yaratishga kirishdi. Mashinasozlik sanoati — xalq xo‗jaligi uchun mehnat qurollari, shuningdek iste‘mol buyumlari va mudofaa ahamiyatiga ega bo‗lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi og‗ir sanoat sohalari majmuidir. Mashinasozlik sanoati butun xalq xo‗jaligini texnika bilan ta‘minlashda moddiy asos hisoblanadi. Ijtimoiy mehnat unumdorligi, texnika progressi, xalqning moddiy farovonligi va mamlakatning mudofaa quvvati Mashinasozlik sanoatining taraqqiyot darajasiga bog‗liq. Mashinasozlik sanoatining asosiy vazifasi xalq xo‗jaligining hamma sohalarini yuqori unum bilan ishlaydigan mashina va asbob-uskunalar bilan ta‘minlashdir. Bu soha o‗z navbatida, mashinasozlik va metallga ishlov berish, metall buyumlar, metall konstruktsiyalar ishlab chiqarish hamda mashina va asbob-uskunalarni tuzatish tarmoqlarining tarkibiy qismini tashkil etadi. Mashinasozlik sanoatiga energetika mashinasozligi, elektrotexnika, stanoksozlik va asbobsozliq traktorsozlik kabi yirik tarmoqlar kiradi Mashinasozlik sanoati – sanoat sifatida 18-asrda vujudga keldi, dastlab XIX-asrda Buyuk Britaniyada, G‗arbiy Yevropaning ba‘zi mamlakatlarida, keyinchalik AQSHda tez rivojlana
Do'stlaringiz bilan baham: |