At "Agro banki" Tomdi filialining tashkiliy tuzilishi


Download 288.55 Kb.
bet3/7
Sana20.06.2023
Hajmi288.55 Kb.
#1635469
1   2   3   4   5   6   7
Bank kapitali.
Bankning moliyaviy ko’rsatkichlarimiz barqaror o’sish dinamikasiga yega. Bugungi kunda Agrobankining jami kapitali 4 929 336,5 mln. so’mni tashkil qiladi. 2020-yil 1-oktabriga nisbatan 3,5% ga o’sgan.
Jalb qilingan aholi omonatlari:2021-yilning 1-oktabr holatiga aholi omonatlari 7 189 757,0 mln. so’m bo’lib, 2020-yil 1-oktabriga nisbatan 14,7 foizga o’sgan.
Bank kredit qo’yilmalari
2021 - yilning 1-oktabr holatiga bankning kredit qo’yilmalari 21 019 047,4 mln. so’m bo’lib, 2020-yilning 1-oktabrga nisbatan 20,5 % ga oshgan 2021 yil.
Bank strukturasi
Agrobanki filiallari – 196 ta;

  • Bankdan tashqari tashkil yetilgan kassalar – 307 ta;

  • 24/7 shoxobchalari – 423 ta;

  • Bank xizmatlari markazlari – 106 ta;

  • Valyuta ayirboshlash shoxobchalari – 261 ta;

  • Xalqaro pul o’tkazmalari shoxobchalari – 297 ta;

  • Bank kassalari (jamg’arma kassa, maxsus kassa, universal kassa va boshqalar) – 817 ta;

  • Ko’chma (sayyor) kassalar – 1443 ta.

Strategiyaning asosiy yo’nalishlari bilan quyidagilar belgilab berilgan: 

  • Tashkiliy tuzilishini, qaror qabul qilish tizimi va korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish.

  • Mijozlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish va joriy qilish.

  • Samarali axborot siyosatini va brend strategiyasini ishlab chiqish.

  • Samarali xodimlarni boshqarish tizimini yaratish.

  • Ichki nazorat tizimini takomillashtirish.

  • Chakana va korporativ biznesni rivojlantirish. 

  • Daromadlilik va rentabellik darajasini oshirish.

  • Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish.

Strategiya bilan belgilangan asosiy vazifalarni hal yetishda, bank o’zining bank-moliya xizmatlari bozoridagi asosiy ustuvorligidan – yeng keng qamrovli bo’linmalari tarmog’idan to’laqonli foydalanadi. Kelgusi besh yil davomida bo’linmalarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator choralarning majmuini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. Xususan, ularning faoliyati tahlil qilinadi va natijalari bo’yicha rentabelli bo’linmalarni takomillashtirish hamda norentabelli bo’linmalarni yopish qarorlari qabul qilinadi.
Davlat iqtisodiyotining real sohasini kreditlashga oid, shu jumladan, korxonalarni modernizasiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat dasturlarida ishtirok etishga alohida e’tibor beriladi.
Tijorat banklari, bizning fikrimizcha, shunchaki korxona emas, maxsus korxonadir. CHunki tijorat banklari ssuda kapitali harakatini amalga oshiradi va shu asosda bank o‘z aksionerlariga, paychilariga foyda olishni ta’minlaydi.
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, kre-dit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig‘iladi va bu banklar huquqiy, jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy bankdan keyingi ikkinchi pog‘onasi hisoblanadi.
Aksioner banklar aksioner jamiyat kabi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi aksioner banklar bo‘lishi mumkin. Aksionerlar safiga kirish aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aksiyalarini sotib olishi va aksioner bo‘lishlari mumkin.
Ba’zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huqu-qiy va jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin.
Xususiy banklar – jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari hiso-bidan tashkil qilingan banklar hisoblanadi.
Bajaradigan operatsiyalariga ko‘ra tijorat banklar – universal va maxsus banklarga bo‘linadi.
Universal banklar xilma – xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Maxsus banklar ma’lum yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatib, o‘z faoliyatini shu yo‘na-lishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga bag‘ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi banklar, eksport-import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, zamin banklar kirishi mumkin.
Joylashish belgisiga ko‘ra tijorat banklar: xalqaro, respublika, mintaqaviy, viloyat banklariga bo‘linishi mumkin.
Banklar tarmoqlarga xizmat ko‘rsatishiga qarab, sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqa banklarga bo‘linishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning o‘rni, ularning iqtisodga ta’siri o‘sib bormoqda.
Kredit muassasalari aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va joylashtirishdan tashqari, kapital jamg‘arilishini, harakatlanuvchi kapital yordamida korxonalarning xo‘jalik faoliyatini takomillashtirishga ko‘maklashadi va korxonalar faoliyati ustidan nazorat olib boradi.
Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar o‘rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha investitsiyaga bo‘lgan talablarni moliyalashtirib, banklar xalq xo‘jaligida progressiv yutuqlarga erishishni ta’minlashi mumkin.
Amaliyot o‘tash davrida AT “Agrobanki” Navoiy viloyati Tomdi filialida bank korporativ boshqaruv bilan xam yakindan tanishib chikdim. Korporativ boshkaruv deganda bank strategik maqsadlarini aniqlash va ularga erishish ustidan nazorat qilish uchun zarur tashkiliy tuzilmani, shuningdek, boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish imkonini ta’minlovchi, bank boshqaruv organlari va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar majmui, shu jumladan, boshqaruv organlarining vakolatlarini va javobgarligini taqsimlash hamda boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish imkonini yaratish tushuniladi.Bankning samarali korporativ boshqaruvning asosi quyidagilar hisoblanadi:

    • bankning ichki hujjatlarida belgilanadigan vakolat va vazifalarning aniq tarzda taqsimlanishi;

    • etarli darajadagi hisobdorlik;

    • o‘zaro nazorat qilish hamda bank uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qarorlar qabul qilinishining oldini olishni ta’minlovchi, bank boshqaruvi organlari va (yoki) tarkibiy tuzilmalar o‘rtasidagi vakolatlarning taqsimlanishi;

Samarali korporativ boshqaruv bank sektorining to‘g‘ri ishlashini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Banklarning barqarorligi moliyaviy barqarorlikning asosi hisoblanadi, shuning uchun bank faoliyatini tashkil etish sifati iqtisodiy farovonlikka erishishning muhim omilidir.
Banklarda boshqaruvni takomillashtirish maqsadida Markaziy bank tomonidan yangi tahrirdagi “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to‘g‘risida”gi nizom (2020 yil 30 iyun, ro‘yxat raqami 3254) qabul qilingan bo‘lib, bank nazoratiga oid Bazel qo‘mitasining “Banklarda korporativ boshqaruvning tamoyillari” va xalqaro umume’tirof etilgan normalar asosida ishlab chiqilgan. Ushbu Nizom “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi. Uning maqsadi korporativ boshqaruvning ilg‘or standartlarini joriy etish orqali banklarda boshqaruvni takomillashtirish, bank boshqaruvi organlari hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini ta’minlash hamda boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish samaradorligini oshirishdan iborat. Unda, shuningdek, bank boshqaruvi organlari vakolat va vazifalari, banklarda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga doir ko‘riladigan choralar, ma’lumotlar oshkoraligi va ochiqligini ta’minlash, bankda xodimlarning odob-axloq qoidalari hamda noo‘rin xatti-harakatlar haqida xabardor etish tizimini joriy qilish kabi normalar belgilangan. 
Nizomning yangi tahririda avvalgisidan farqli ravishda kuzatuv kengashi shakllantiradigan audit, tavakkalchiliklarni boshqarish va mukofotlash qo‘mitalarining vazifalari hamda ushbu qo‘mitalarning bank boshqaruvida tutgan o‘rni batafsil yoritib o‘tilgan. Bu esa o‘z navbatida, tijorat banki boshqaruv organlari o‘rtasida javobgarlikning shaffof sohalarini belgilashga xizmat qiladi. Ta’kidlash joizki, Nizom mehnatga haq to‘lash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga doir choralar va noo‘rin xatti-harakatlar haqida xabar qilish tizimlarini qamrab olgan. Bular bankning ijroiya organi a’zolari va xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda o‘z ishiga sadoqat bilan yondashgan holda, faoliyat yuritishiga qaratilgan.​ “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to‘g‘risida”gi nizom 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kirgan.
Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Agrobank SWIFT jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga aʼzodir.
Agrobank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xoʻjaligini kreditlash Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xoʻjaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ning teng huquqli aʼzosi hisoblanadi. 2010-yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xoʻjaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yigʻilishi va Ijroiya qoʻmitasining 58-majlisi oʻtkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xoʻjaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish boʻyicha konferensiya boʻlib oʻtdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010-2012-yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi.

Download 288.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling