At "Agro banki" Tomdi filialining tashkiliy tuzilishi
AT “Agro bank” Tomdi filialining mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank maxsulotlari va xizmatlarini o‘rganish
Download 288.55 Kb.
|
2.AT “Agro bank” Tomdi filialining mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank maxsulotlari va xizmatlarini o‘rganish.
AT “Agrobanki” yurtimizdagi eng ko‘p tarmoqqa ega bo‘lgan, eng yirik va universal banklardan biri bo‘lib, bank tomonidan aholiga va yuridik shaxslarga barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda.Agrobanki mijozlarga har doim yaqin. Bundan tashqari, Xalq banki tomonida mijozlarga barcha turdagi zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatilib, qator imtiyozlar joriy etilmoqda. Filial ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini quyidagi shior ostida olib bormoqda. Bankdan yangi hisob raqam ochgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun “Mobil banking” hamda “Internet banking” xizmatlari mutlaqo bepul. Eng muhimi,Agrobanki mijozlari hisobraqamidagi mablag‘larni bankning “Internet banking” va “Mobil banking”xizmatlari orqali bank ishtirokisiz o‘tkazish imkoniyati yaratildi.Oldinlari, bu kabi amaliyotlar bank filiali bosh buxgalteri tasdiqlagandan so‘ng o‘tar edi. Endi, Agrobanki mijozlari o‘z hisobraqamidagi mablag‘larni, Agrobanki mijozlariga 24/7-rejimda, uzluksiz, dam olish kunlari ham o‘tkazish imkoniyati yaratildi. Ya’na bir yangilik, bank mijozlari endi “bankda resurs yo‘q” degan holatlarga duch kelishmaydi. YA’ni, mijoz o‘z hisobraqamidagi mablag‘larni istalgan paytda tasarruf etishi mumkin, Agrobanki mijozi resurs bilan bog‘liq hech qanday muammoga duch kelmaydi. Filial boshqaruvchisi o‘z xodimlarini ish tashkillashida doim bank mijoz uchun shiori ostida ishlashni o‘z xodimlaridan talab qilib kelgan. Boshqaruvchi “Bank xodimining kasb odob-axloqi” kodeksi asosida ish olib borish yuzasidan qatiy nazorat o‘rnatgan. Kodeks O‘zbekiston Respublikasi bank hamjamiyatida ish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va haqqoniy raqobat uchun sharoitlarni yaratish maqsadlarida ishlab chiqilgan. Ushbu Kodeks bandlarini bajarilishi, banklar va boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bank mijozlariga, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatishda ishbilarmonlik va kasb odob-axloqiga rioya etishi, ularning kasbiy mahorati, shuningdek ular faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, hamda umumqabul qilingan odob-axloq me’yorlariga muvofiqligining qo‘shimcha isboti, garovi va ishonchliligi bo‘lib xizmat qiladi. Kodeksda aytilishicha, banklar va ularning xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, kasb odob-axloqi me’yorlari va ananalarga so‘zsiz rioya qilishi, jamiyat va davlat oldidagi o‘zining fuqarolik va professional burchlarini anglashi, amaldagi qonunchilik me’yorlariga asoslangan davlat organlarining talablarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarishi, bank biznesi sohasiga jalb qilingan bank mijozlari, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini hurmat qilishi, tijorat banklarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda banklararo hamkorlikni va o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashi zarur. Ular o‘ziga olingan majburiyatlarga rioya qilish hamda yuqori saviyali va sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, bank operatsiyalarini amalga oshirishda risk darajasini hisobga olish va cheklash, haqqoniy raqobatchilikni rivojlantirish, bank faoliyatining noinsof qatnashchilariga nisbatan faol qarshi kurashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va boshqa noqonuniy harakatlarga qarshi kurashishda faol ishtirok etish, o‘zaro hurmat, hamfikrlik va o‘zaro yordam berish asosida xalqaro professional aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish, korporativ boshqaruv, shuningdek bank xizmatlarini ko‘rsatishda halollik yuzasidan ichki va o‘zaro nazoratni o‘rnatishga majburdir. Mazkur Kodeksning qoidalariga rioya qilmagan taqdirda, bank tizimi xodimlari uchun bank rahbariyati va jamoatchiligi tomonidan ma’muriy choralar qo‘llanilishi mumkin. Mazkur Kodeks qoidalariga rioya qilish bo‘yicha nazorat tizimi hamda xodimlarning mas’uliyati darajasi har bir bank tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi. «Agrobanki»ning yangi formatdagi aloqa markazi haftada 7 kun davomida, uzluksiz ravishda telefon orqali mijozlarning murojaatlarini qabul qilib, sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘ydi. Ushbu tizim orqali mijoz to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘ilib, ehtiyojlarni oldindan aniqlash, shuningdek, avtomatlashtirilgan marketing va prognozlashtirilgan sotuvlarni amalga oshirib, mijozlarga yangi xizmat turlari taklif etiladi. Call-center orqali «Agrobanki» tizimiga oid muammolarni hal qilish hamda bank xizmatlari to‘g‘risida kerakli maslahat va tavsiyalarni olish ham mumkin. Operatorlar barcha turdagi xizmatlarni masofaviy shaklda olib bormoqda. Masalan: yo‘qotilgan bank kartasini bloklash yoki blokdan chiqarish; bank kartasi balansini va o‘tkazmalar tarixini bilish; Humo bank kartasi egalari uchun SMS xabarnoma xizmatini yoqish; jismoniy shaxslarning kredit to‘lovlari uchun ID raqamlarini bilib berish va mijozning mavjud bo‘lgan kreditiga ID raqam biriktirib berish; mobil banking xizmatlari: hisob raqamini qo‘shish va olish, blokka qo‘yish va blokdan chiqarish, mobil telefon o‘zgarganda yangi telefonda ilovani aktiv holatga keltirish; internet banking xizmatlari: hisob raqamini qo‘shish va olish; yuridik shaxslarga SMS banking xizmatida kerakli hisob raqamlarni qo‘shish va olish, telefon raqam qo‘shish va olish; yuridik shaxslarning kartoteka qarzdorliklari haqida ma’lumot berish; mijoz to‘lovlari o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniqlashtirish; mijozlar omonatlari bo‘yicha ma’lumot berish; JBPT (INPS) — jismoniy shaxs bo‘lgan mijozning hisob raqami holati bo‘yicha ma’lumot olish uchun telefon raqamni biriktirib berish; JBPT (INPS), yuridik shaxslar uchun keng turdagi xizmatlar, xususan, yangi firmani biriktirib berish, xizmat ko‘rsatuvchi filialni o‘zgartirib berish, reestr yuborishdagi muammolarni bartaraf etish hamda masofaviy Any Desk yordamida xizmat ko‘rsatish; naqd pulda olinadigan pensiya mablag‘ini bank kartasiga o‘zgartirib berish; Zolotaya Korona xalqaro pul o‘tkazmasi orqali Uzcard va Humo kartalariga kirim qilishda amaliy yordam berish; «Agrobanki»ning Uzcard bank kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish; ijtimoiy to‘lovlar va ish haqi uchun bank kartalarini onlayn rasmiylashtirib berish. +99871 210 20 02 va 1106 qisqa yagona ishonch raqamlari orqali mamlakat bo‘ylab aholidan murojaatlar qabul qilinmoqda. Murojaatlar esa kuniga 1000 dan ziyod bo‘lyapti. Bu ko‘rsatkich markaz ish boshlagandan buyon hozirgi vaqtga qadar 389 600 dan ortiqni tashkil etdi. Fuqarolarning asosiy va ko‘p beradigan savollari bu — kredit yo‘nalishlari (jismoniy shaxs va imtiyozli kreditlar), bank kartalari, JBPT xizmatlari to‘g‘risida va boshqalar. Markazda ayni vaqtda 84 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Shulardan 1 nafar xodim markaz direktori, 1 nafar xodim direktor o‘rinbosari, 2 nafari xizmat xonalari farroshi, 72 nafar xodim operator sifatida ish olib borayotgan bo‘lsa, 8 nafar xodim supervayzer sifatida mehnat qilmoqda. 2022 yil 25 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi tahlili va bu borada belgilangan chora-tadbirlar” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi. Ushbu matbuot anjumanida Agrobanki tomonidan yo‘lga quyilayotgan zamonaviy bank xizmat turlari, tarmoqda amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berildi. Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda yurtimizning barcha tuman va shaharlarida Xalq bankining 197 ta filiali, 30 ta minibanki, 687 ta jamg‘arma va maxsus kassasi, 206 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchasi, 100 ga yaqin valyuta ayriboshlash shoxobchalari, umuman olganda bankning 3200 dan ortiq muassalari mijozlar uchun xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Yuqoridagi qaror ijrosi doirasida Agrobankining barcha filiallarida mijozlar dastlabki ruxsatlarsiz hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz bank binosiga kirishi va bank xizmatlaridan foydalanishi imkoniyati yaratildi. Xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish, mijozlarning ehtiyojlarini doimiy monitoring qilib borish maqsadida “Kyumatik” rusumidagi navbat kutish tizimi mijozlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Qaror ijrosi doirasida 197 ta filialdan 185 tasida “Bank xizmatlari markazlari” faoliyati tashkil etilib, unga asosan front va bek ofisga ajratilgan holda xizmat ko‘rsatish tashkil etildi. Bugungi kunda qolgan 11 ta filiallarda kapital va joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng “Bank xizmatlari markazlari” faoliyati tashkil etilishi ta’minlanadi. Shuningdek, Agrobanki tomonidan mijozlar uchun axborot texnologiyalaridan foydalangan holda turli interaktiv xizmat turlari ham joriy etilmoqda. Shunday xizmat turlaridan biri — “Internet banking”. Ushbu xizmat turi orqali mijozlar (yuridik shaxslar) o‘z hisob-raqamlarini dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarishlari mumkin. Mijozlar (yuridik shaxslar) o‘z hisob raqamlarini mobil aloqa vositalariga o‘rnatilgan maxsus dasturiy ta’minot orqali dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarish imkonini beruvchi yana bir xizmat turi — “Korporativ Mobil banking” xizmat turi mavjud. Agrobankining istalgan filiallarida aholiga xalqaro “Viza” to‘lov kartasini ochgan holda “Xalq mobile” mobil ilovasi orqali “on-layn” rejimida istalgan vaqtda konversiya qilish (xorijiy valyuta AQSH doll.ni sotib olish) imkoniyati yaratilgan: -jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to‘lov kartalari orqali sotib olingan xorijiy valyutani naqd shaklda echib olish mexanizmi joriy etildi. Bankning barcha filiallari 247 ta valyuta terminallari bilan ta’minlangan. SHuningdek, turistlar ko‘proq boradigan joylarda “24/7” yoki kunu-tun rejimida ishlaydigan 11 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etildi. Qo‘shimcha ravishda yana 5 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari qisqa muddatda aholi gavjum joylarga o‘rnatiladi. Agrobanki tomonidan emissiya qilingan xalqaro to‘lov kartalaridagi mablag‘larni echish 2023 yilning 1 apreliga qadar bepul etib belgilandi. Internet to‘lov va sms xabarlarga ulanish - bepul etib belgilandi; xalqaro to‘lov kartasining depozit summasi 25 AQSH doll.dan 15 AQSH doll.ga tushirildi. Yana bir muhim masala. Markaziy bank tomonidan berilgan ko‘rsatmaga asosan Agrobanki valyuta ayirboshlash shoxobchalarida bir xorijiy davlatning naqd valyutasini boshqa xorijiy davlatning naqd valyutasiga almashtirish (konversiya) operatsiyasi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi hududlari o‘rtasida Agrobankining filiallari orqali “Milliy valyutadagi pul o‘tkazmasi” tizimini amaliyotga joriy etish yuzasidan zaruriy ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tizimli xizmat turi bank mijozlari uchun joriy yilning aprel oyidan ishga tushurilishi rejalashtirilmoqda. Download 288.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling