At "Agro banki" Tomdi filialining tashkiliy tuzilishi


Filialning kapitali va uning tashkil etish manbalari


Download 288.55 Kb.
bet6/7
Sana20.06.2023
Hajmi288.55 Kb.
#1635469
1   2   3   4   5   6   7
3.Filialning kapitali va uning tashkil etish manbalari
Tijorat banklari ustavida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
-bankning to‘liq va qisqartirilgan nomi hamda uning joylashgan eri (pochta manzili) va elektron pochta manzili;
-bank operatsiyalarining ro‘yxati, maqsadi va faoliyat muddati;
-ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati, ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimlanishi;
-ustav kapitalini ko‘paytirish yoki kamaytirish tartibi;
-chiqarilayotgan aksiyalar turlari va soni, ularning nominal qiymati, har xil turdagi aksiyalarning nisbati;
-sof foydani taqsimlash hamda zararlarni qoplash tartibi;
-zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;
-bank aksiyadorlarining huquq va majburiyatlari;
-bankning boshqaruv organlari tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi, bank kengashi, taftish komissiyasi va ijroiya organi a’zolarining soni, vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar;
-yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;
-bank auditi, shu jumladan, buxgalteriya hisobining xalqaro andozalariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari;
-bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
-bank tomonidan aksiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari.
Bank ustavida qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Bank aksiyadorning yoki har qanday manfaatdor shaxsning talabiga ko‘ra uch ish kuni ichida bankning ustavi, shu jumladan ustavga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishi shart. Bank aksiyadorning talabiga ko‘ra unga bank ustavining ko‘chirma nusxasini berishi shart.
Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlarining pul mablag‘lari hisobidan tashkil topadi.
Kreditga va garovga olingan hamda boshqa jalb etilgan mablag‘lardan bank ustav kapitalini shakllantirishda hamda bank aksiyalarini sotib olishda foydalanish taqiqlanadi. Mazkur talabga zid holda ustav kapitaliga kiritilgan mablag‘lar egalariga qaytarilishi va shu vaqtning o‘zidayoq aksiyalar kelgusida sotish uchun bankka topshirilishi lozim. Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet mablag‘laridan foydalanilishi mumkin. Tashkil etilayotgan bank kapitalining etarlilik darajasini belgilashda quyidagilar asosiy omil hisoblanadi:
-Markaziy bank tomonidan belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdori bo‘yicha talablarga muvofiqligi;
-bank kapitali, shu jumladan ustav kapitali miqdorini doimiy ko‘paytirib borishning rejalashtirilganligi;
-ko‘zda tutilayotgan daromadlar hamda fondlarni shakllantirish istiqbollari;
-muassislarning zarur hollarda qo‘shimcha kapital kirita olish qobiliyati.
Bank ro‘yxatga olingunga qadar ustav kapitalini shakllantirish uchun muassislar tomonidan Markaziy bankda yoki rezident banklarning birida vaqtinchalik jamg‘arma hisobvarag‘i ochiladi. Bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdori mazkur vaqtinchalik jamg‘arma hisobvaraqda muassislar tomonidan bankni ro‘yxatga olingunga qadar to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi kerak.Tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 100 mlrd. so‘m miqdorida belgilanadi. Bank ro‘yxatga olingandan keyin uning ustav kapitali miqdorida egasi yozilgan aksiyalar chiqariladi va ular muassislar o‘rtasida joylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida ―banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini
oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash
masalasi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab qo‘yilgan. Mazkur
vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarish maqsadida O‘zbekiston
Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi «Respublika bank tizimini yanada
rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
PQ-3270-sonli qarori bilan 2022 yilning 1 aprelidan ustav kapitalining
(fondining) minimal miqdori yangi tashkil etiladigan:
tijorat banklariga — 100,0 mlrd.so‘m; mikrokredit tashkilotlariga — 2,0 mlrd. so‘m; lombardlarga — 500 mln.so‘m etib belgilandi.
Tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar 2023
yilning 1 yanvarigacha ustav kapitallarining minimal miqdorlarini mazkur
bandga muvofiq belgilangan minimal talablar darajasiga keltirilishi
alohida vazifa sifatida belgilab berildi.
Xalqaro bank amaliyotidan ma’lumki, tijorat banklarining to‘lovga
qobilligi va likvidligini ta’minlashning birlamchi vositasi ularning
kapital bazasini mustahkamlash hisoblanadi. O‘z navbatida, tijorat
banklarining kapital bazasining mustahkamlash qator moliyaviy manbalar “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. No 4-5, avgust-oktyabr, 2018 yil 2 hisobidan, xususan, bankning foydasi hisobidan oshirib borish muhim hisoblanadi.
Ayni vaqtda, respublikamiz tijorat banklari kapitali barqarorligini
ta’minlash borasida echimini topish lozim bo‘lgan bir qator masalalar
mavjud. Xususan, kapital tarkibida beqaror manbalar mavjudligi, ayrim
banklarda kapitalning minimal darajasidan pastligi va boshqalar shular
jumlasidandir. Quyidagi jadvalda mamlakatimiz banklari kapitali haqida umumiy ma’lumot va ulushi keltirilgan.

O‘zbekiston tijorat banklari kapitali va ulushi (2022 yil 1 yanvar holatiga)



Tijorat banklari jami va ustav kapitali miqdori bo‘yicha guruhlanishi




Ko‘rsatkichlar nomi

Jami






















100 mlrd. so‘mgacha

100 dan
300 mlrd. so‘mgacha

300 dan
500 mlrd. so‘mgacha




banklar soni

summa
(mlrd. so‘m)

soni

ulushi, foizda

soni

ulushi, foizda

soni

ulushi, foizda




Jami kapital

30

51 031

1

0,2%

11

3,5%

1

0,6%




shundan, ustav kapitali

30

41 877

5

1,1%

10

3,6%

4

3,4%




Jami kapital

30

52 943

1

0,2%

11

3,5%

1

0,6%




shundan, ustav kapitali

30

42 619

1

0,2%

14

4,4%

4

3,3%

Agrobanki O‘zbekiston moliya bozorida o‘z mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida 2019 yilda ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarishda innovatsion yangilanishlarga jadallik bilan kirishdi. Ya’ni bank o‘z-o‘zini yangilab, transformatsiyani izchillik bilan amaliyotga tatbiq etyapti. Bu kabi o‘zgarishlar samarasi Agrobanki ustav kapitali o‘sishida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, bank ustav kapitali qo‘shimcha 227,9 mln. AQSH dollariga ortdi. Ya’ni bugungi kunda bu ko‘rsatkich 4 230,9 mlrd. so‘mga etdi. O‘tgan yilning shu davrida bu raqam 1 540,3 mlrd. so‘mni tashkil qilgandi.Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Agrobankining nominal qiymati 1 000,0 so‘m bo‘lgan 2 164 172 ming dona oddiy aksiyalari sotib olindi va buning natijasida jamg‘armaning bank ustav kapitalidagi ulushi 38,8 foizdan 70,1 foizga ko‘tarildi.Bankning qolgan aksiyalariga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi egalik qiladi hamda uning ulushi 29,9 foizni tashkil etadi.

Download 288.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling