Atamuxamedova Ma’suda Raximjanovna Saidova Aziza Yakubovna


Ushbu maqolaga onlayn kiring


Download 447.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana08.11.2023
Hajmi447.26 Kb.
#1758863
1   2   3   4   5
Ushbu maqolaga onlayn kiring 
Quick Response Code:
 
Website: 
https://sciencebox.uz 
 
"EKOLOGIYA VA EKOLOGIK TA'LIM 
MUAMMOLARI"
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
 
 
ISSN: 2181-3464 
 


Maxsus son: “EKOLOGIYA VA EKOLOGIK TA'LIM MUAMMOLARI”
276
AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY JURNALI
Eng oqilona yondashuv-bu bolaning ovkatlanish tartibidir.Ovkatlarning kimyoviy tarkibini baholash 
va tahlil qilish, shuningdek,organizm jismoniy ko`rsatkichlarini baholash asosida individual, keng 
qamrovli tekshirishlar ni amalga oshirishimiz lozim.Bolaning tekshirish vaqtida aniqlangan organlar 
va organizm tizimlari ishidagi og`ishlar, shuningdek uning alohida parhez imkoniyatlari hisobga 
olinishi shart. 
Jahon sport amaliyotida mushak to`qimasining anabolizmini oshirish, glikogen zaxiralarini 
ko`paytirish yoki aksincha, ularning kamayishi va uzoq muddatli jismoniy faoliyatga mushaklarning 
bardoshliligini oshirishga qaratilgan mashk jarayonining turli bosqichlarida maxsus ovqatlanish 
texnikasi qo`llaniladi. Musobaqa davrida iloji boricha tezroq jismoniy ish faoliyatini tiklashga 
qaratilgan ozuqalardan foydalaniladi. Ratsionni optimallashtirish uchun Pro - va prebiotiklar
vitaminlar, minerallar va omega-3 bilan boyitilgan funktsional oziq-ovqat mahsulotlari ishlatilishi 
mumkin.
Sportchilarning energiya va ozuqa moddalariga bo`lgan extiyoji, birinchi navbatda,sport turiga qarab 
va mashg`ulot jarayonining turli bosqichlarida sezilarli darajada o`zgaradi [3]. Jismoniy faoliyatning 
xususiyatlariga qarab va organizmning energiya sarfini hisobga olgan holda quyidagi sport guruhlari 
shartli ravishda ajratiladi. 
Siklik sport turlari (velosiped sporti, qisqa masofaga yugurish, eshkak eshish, suzish, chang`ida uchish 
va boshqalar.). Sport faoliyatining bu turi katta energiya talab qiladi va ishning o`zi yuqori kuchlanish 
va katta intensivlik bilan amalga oshiriladi. 
Tezlik va kuch talab kiladigan sport turlari (sprint, sinxron suzish, suvga sho`ng`ish, og`ir atletika va 
boshqalar.). ushbu sport turlarining asosiy xususiyati qisqa vaqtda juda kuchli jismoniy faoliyatni 
amalga oshirish zarurligidir. 
Sport o`yinlari( basketbol, futbol, gandbol va b.).Unda sportchilar o`yin epizodlarida bevosita ishtirok 
etdilar,bu sport turi kuchli mushak faoliyatining va dam olishning doimiy o`zgarishi bilan ajralib 
turadi. Bu sport turlarida chidamlilikdan tashqari, 
sportchilarning harakatlari va ruhiy barqarorligini muvofiqlashtirish muhimdir. 
muvofiqlashtirish kiyin bulgan sport turlari (tramplin, gimnastika, chang`ida sakrash,figurali 
uchish,alьpinizm va hokazo.). ushbu sport guruhini mashq qilishda ayrim muskullarning dinamik ish 
rejimi boshqa muskullarning statik harakatlari bilan kombinatsiyasi xarakterlidir. Raqobat sharoitida 
xarakat koordinatsiyasi barqaror takror barpo bo`lishi zarur. 
Jangovar sport turi. 
Mushak faoliyatining xususiyatlari quyidagilar: jismoniy faoliyatning doimiy bo`lmagan darajasi
dinamik va statik yuqori kuchlanishdagi harakatlar, kuch va tezlik-kuchning kombinatsiyasi 
xarakterlidir. 
Umumjamoa va birlashgan sport turlari (ot sporti, pentatlon, triatlon, biatlon, Kross-chang`i, 
oriyentirlash). 
Murakkab-texnik sport turlari (bobsley,parashuting, suzish, avtopoyga), unda jismoniy faoliyatning 
yuqori darajasi yo`q, lekin asab va ruhiy stress imkoniyatlar chegarasida. 
Oziq-ovqatning umumiy energetik qiymatidagi asosiy oziq moddalar nisbati turli ixtisoslikdagi 
sportchilarda farqlanadi (1-jadval). 



Download 447.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling