Atamuxamedova Ma’suda Raximjanovna Saidova Aziza Yakubovna


Maxsus son: “EKOLOGIYA VA EKOLOGIK TA'LIM MUAMMOLARI”


Download 447.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana08.11.2023
Hajmi447.26 Kb.
#1758863
1   2   3   4   5
Maxsus son: “EKOLOGIYA VA EKOLOGIK TA'LIM MUAMMOLARI”
277
AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY JURNALI
Turli soxa sportchilarining kunlik ratsionida asosiy ozuqa moddalarning tavsiya etilgan nisbati 
%. jadval 1 
Sport turlari 
Oqsil yog` 
uglevod 
Tezlik kuch talab qiluvchi 17-18 30 
52-53 
Siklik 
14-15 25 
60-61 
Qiyin muvofiqlashtiruvchi 15 
28 
57 
Jang san’ati 
17-18 29 
53-54 
Sport o`yinlari 
15-17 27-28 55-58 
Sportchilar ovqatlanishini tashkil qilishda quyidagi tamoyillarga amal qilish kerak:kuniga 4-5 mahal 
ovqatlanish optimal hisoblanadi, (zarur bo`lsa, 6 mahal ovqatlanish ham mumkin)(3) 
ovqatlanish oralig`i 2.5-3.5 soat bo’lishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
mashg`ulotdan oldin oziq-ovqat iste’mol qilish juda ko`p bo`lmasligi kerak, chunki faol hazm qilish 
qon aylanishini va ishchi mushaklarni kislorod bilan ta’minlashni yomonlashtiradi; 
Asosiy ovqatlanish va kuchli mushak ishi o`rtasida 5 soat vaqt bo’lishi kerak.. Mashq tugaganda esa 
asosiy taom 40-60 daqiqa keyin bo`lishi kerak. 
Och qoringa mashg`ulot o`tkazishga yo`l qo`yilmaydi, chunki ular uglevod resurslarining kamayib 
ketishiga va ishqobiliyatning pasayishiga olib keladi. 
Mashg`ulotdan oldin ovqat oson hazm bo`ladigan mahsulotlardan iborat bo`lishi kerak. Sport faoliyati 
oldidan oshqozonda uzoq xazm bo’ladigan yog`li, oziq-ovqat (hayvon yog`lari, qovurilgan go`sht), 
shuningdek, ichakda el hosil qiladigan oziq- ovqatlar (loviya, no`xat, loviya, va hokazo.) mumkin 
emas.. 
Kuchli jismoniy faoliyatdan so`ng kislota-asos muvozanatini ishqoriy tomonga o`tkazish maqsadida 
kislotali mahsulotlarni iste’mol qilishni qisman cheklash va ishqoriy mahsulotlarni iste’mol qilishni 
ko`paytirish kerak.(2) 
Sport bilan shug`ullanuvchi bolalar va o`smirlarning ovqatlanishida oqsillarga alohida o`rin beriladi. 
Oqsil sintezi va parchalanishi o`rtasidagi muvozanat mashqlangan mushaklarining moslashuvi uchun 
metabolik asosdir. Protein plastik substrat hisoblanadi. Sportchilar uchun tavsiya etilgan oqsil miqdori 
1.2-1.6 g / kg / kun. Ratsionda oqsil yetishmasligi nafaqat sport faoliyatiga ta’sir qiladi, balki o`sishdan 
orqada qolishga, yuqumli kasalliklarga bolgan qarshilikni pasayishiga olib kelishi mumkin. 
Ratsiondagi ortiqcha oqsil jismoniy faoliyatga moslashishni oshirmaydi (Phillips S. M., 2004). Biroq, 
vaznni saqlash yoki vazn yo`qotish talab etilganda tana og`irligi kamaytirish uchun oqsil miqdori 
ko’paytiriladi,protein iste’moli 3 g / kg / kuniga. 
Sport bilan shug`ullanish hayvon va o`simlik oqsillarini iste’mol qilishda o`zgarishlarni talab qiladi. 
Yosh sportchilarning ratsionida hayvon oqsillarining ulushi kamida 60% bo`lishi kerak. Qolgan 40% 
o`simlik asosidagi oqsillardan kelib chiqishi kerak. Tezlik va kuch sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan 
mashg`ulotlarda, shuningdek, mushak massasini ko`paytirish, uzoq va mashaqqatli mashq 
yuklamalarini bajarish bilan hayvon oqsillarining nisbati 80% bo`lishi mumkin.Quyidagi 
mahsulotlarda 10 g qsil mavjud bo’ladi [8]: 
50 g mol go`shti yoki tovuq go`shti, qayta ishlangan pishloq; 
55 g kam yog`li pishloq; 
60 g sazan, zog`ora baliq; 
70 g ozg`in cho`chqa go`shti, yog ‘, tvorog; 
80 g, tuxum (2 o`rta tuxum), grechka; 
85 g pishirilgan kolbasa



Download 447.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling