Atmosfera havosini zaharli gaz va changlardan tozalash usullari. Gidrosferani muhofaza qilish. Litosferani muhofaza qilish. Insonning xo
Sanoat korxonalarida qo„llaniladigan havoni turli xil changdan tozalaydigan qurilmalar
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
6. Sanoat korxonalarida qo„llaniladigan havoni turli xil changdan tozalaydigan qurilmalar
chang tutgichlar va filtrlar Havoni changdan tozalashdan maqsad xonaning ish mintaqasida, kiritiladigan toza havoda, atmosferaga chiqarib yuboralidigan havoda, chang konsentrasiyasi ruxsat etilgan chekli (REChK) konsentrasiya-sidan oshib ketmasligini ta‗minlashdir. Xonadan olinib, qayta foydalaniladigan havo tozalangandan so‗ng changning ish mintaqasi REChKning 30 foizini tashkil etishi lozim. Chang tutgichlarning samaradorligi quyidagi ko‗rsatkichlar bilan belgilanadi: havoni tozalash darajasi, uskunaning ishlash samaradorligi, solishtirma yuklanish, chang sig‗imi, aerodinamik qarshiligi va solishtirma energiya sarfi. Uskunaning ishlash samaradorligi havodagi changning qancha miqdori ushlab qolinganligi bilan belgilanadi va foizlarda hisoblanadi. Masalan: uskunaga m 1 kg chang kirdi, unda m 2 kg chang ushlab qolindi, uning samaradorligi: ɳ=m 2 /m 1 *100% (5.1) Odatda bu kattalik uskunaga kirayotgan va undan chiqayotgan havodagi chang konsentrasiyasi bilan aniqlanadi: ɳ =(C k -C 0 )/C k 100%, (5.2) C k , C o - mos ravishda havo tozalamasdan oldin kirayotgan va tozalangandan keyin chiqayotgan chang konsentrasiyasi. mg/m 3 . Changli havo ikki bosqichda tozalanganda uning samaradorligi ushbu formuladan aniqlanadi: ɳ um =[( ɳ 1 + ɳ 2 )- (ɳ l *ɳ 2 )]100%, (5.3) bu yerda: ɳ um - chang tutgichlarning umumiy samaradorligi, %; ɳ l ,ɳ 2 - birinchi va ikkinchi bosqichdagi chang tutgichlarning ishlash samaradorligi; Solishtirma yuklanish (havoni o‗tkazish imkoniyati) chang tutgich orqali 1 soatda o‗gadigan va uning 1 m 2 filtrlovchi sirtiga to‗g‗ri kelgan havo miqdori bilan hisoblanadi. Chang sig‗imi - chang tutgichlarning tutib qoladigan chang massasi, g/m 2 . Aerodinamik qarshilik - changli havo chang tutgichlardan o‗tayotganda paydo bo‗ladi va formula tajriba yo‗li bilan aniqlanadi. (5.4) bu yerda: ζ - chang tutgichning mahalliy qarshilik koeffisienti; V - changli havoning tezligi, m/s; - changli havoning zichligi, kg/m 3 ; - aerodinamik qarshilik, Pa. Solishtirma energiya sarfi ‒ 1000 m 3 changli havoni tozalashda ketadigan energiyasining sarfi. Hozirgi vaqtda sanitariya texnikasi changli havoni tozalaydigan turli-tuman qurilmalarga ega. Chang tozalagichlar va filtrlarning asosiy turlari va ularning mazmuni Havoni changdan tozalaydigan uskunalar chang tutgichlar va filtrlar deb ataladi. To‗qimachilik, paxta tozalash va yengil sanoat korxonalarida turli xil changdan tozalovchilar; quruq usul, ho‗l usul, moyli va elektr usullar qo‗llaniladi. Havoni quruq usulda tozalashda: chang o‗tiradigan kameralar, siklonlar, turli matoli va rulon filtrlardan foydalaniladi. Chang o‗tiradigan kameralar. Bular eng sodda tuzilishdagi chang o‗tirgichlardir. Ularning ishlashi chang zarrachalarining o‗z og‗irligi ta‘sirida o‗tirishga soslangan. Kamerada havo tozalangandan so‗ng, havoda 30-40 % chang miqdori qoladi. Bu dastlabki va dag‗al tozalash bo‗lib, tozalangan havo orqali chang, mayda paxta tolalari ham tashqariga chiqarib yuboriladi. Shu sababli chang o‗tiradigan kameralarda to‗r va mato filtrlar ko‗rinishidagi ikkinchi bosqich tozalagichlar o‗rnatiladi, ular havoni qo‗shimcha ravishda tozalaydi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling