Atmosfera havosini zaharli gaz va changlardan tozalash usullari. Gidrosferani muhofaza qilish. Litosferani muhofaza qilish. Insonning xo
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm . Atmosferaning vertikal tuzilishi va haroratining yuqoriga qarab
Atmosfera havosining tarkibi
(1965 -1995 yillar davomida havo tarkibiga nisbatli antropogen ta‘sirlar ham xisobga olingan, manba: Grow-Hilled ) Gazlar nomi Xajmi bo„yicha, % Massasi bo„yicha, % Azot 78.01 75.53 Kislorod 20.95 23.14 Argon 0.93 1.28 Karbonat angidrid 0.036 0.051 Neon 1.8*10 -3 1.25*10 -3 Geliy 5.24*10 -4 7.24*10 -5 Metan 1.7*10 -4 9.41*10 -5 Kripton 1.14*10 -4 3.3*10 -4 Azot oksidlari 5*10 -5 7.6*10 -5 Ko‗rinib turibdiki, ushbu gazlardan ikkitasi xajmi bo‗yicha asosiy tarkibni hosil kiladi. Bulardan azot 78% ni, kislorod esa 21% ni tashkil kiladi. Bu gazlarni makrogazlar deb atash qabul qilingan. Bulardan tashqari havo tarkibida 1 % atrofida mikrogazlar deb ataluvchi gazlar ham mavjud. Mikrogazlarga uglerod ikki oksidi(SO 2 ), uglerod oksidi, ozon, suv bug‗lari, metan, ammiak, azot oksidlari va boshqalar kiradi. Atmosferadagi azot (78.1%) asosan mikroorganizmlar faoliyati tufayli tuplangan. Bir kishi sutkada nafas olish orkali 10 ming litrga yakin azotni havo bilan olsada, lekin bu gazdan foydalanmaydi. Atmosferada azot kislorod aralashmasi rolini uynab, oksidlanish sur‘atini va biologik jarayonlarni tartibga solib turadi. Atmosferadagi gazlar ichida planetamizning organik hayoti uchun eng zaruri kisloroddir. Kislorod rangsiz gaz bo‗lib, o‗zi yonmaydi, balki yonishga yordam beradi. Kislorodning etishmasligi kishi organizmi hamma a‘zolarining bir m‘yorda ishlashiga shikast etkazadi. Atmosferada kislorodning miqdori 1.5x10 15 tonna bo‗lib, shundan er shari bo‗yicha har yili 1x10 10 tonnasi yoqilg‗iga sariflanmoqda. Atmosferadagi karbonad angidrid (SO 2 ) 0.03%ni tashkil qilib rangsiz, hidsiz gaz bo‗lib, inson undan bevosita foydalanmaydi. U o‗simliklar uchun zarur gaz bo‗lib, fotosintez uchun muhim xom ashyodir. SO 2 gazning miqdori sanoatlashgan rayonalarda ortib bormokda. Atmosferada gazsimon moddalardan tashqari kattaligi, ximiyaviy tarkibi va fizik hossalariga ko‗ra farq qiladigan mayda zarrachalar – aerozollar (tutun, chang, to‗zon va boshkalar) mavjud. Atmosfera tarkibidagi tabiiy changlar er yuzasida sodir bo‗ladigan jarayonlar uchun katta ahamiyatga ega. CHunki changlar suv bug‗lari uchun kondensatsiya yadrosi hisoblanib, yog‗inlarni vujudga keltiradi, quyoshning to‗g‗ri radiatsiyasini yutib, er yuzidagi organizmni ortikcha nurlanishdan saklaydi. SHundan ko‗rinib turibdiki, atmosferadagi tabiiy changlar ma‘lum darajada bo‗lsa atmosfera tarkibining zaruriy elementi hisoblanib, undagi xodisa va jarayonlarning borishini tartibga solib turadi. 1-rasm. Atmosferaning vertikal tuzilishi va haroratining yuqoriga qarab Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling