Atmosfera havosini zaharli gaz va changlardan tozalash usullari. Gidrosferani muhofaza qilish. Litosferani muhofaza qilish. Insonning xo


Ekologik ekspertiza o„tqazish ob‟ektlari O„zbekiston Respublikasini


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/45
Sana10.10.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1696937
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
2-ma\'ruza

Ekologik ekspertiza o„tqazish ob‟ektlari O„zbekiston Respublikasini 
“Tabiatni muhofaza qilish to„g„risidagi” (VI-nchi bobini 24,25,26 va 27 
moddalari) va “Ekologik ekspertiza” to„g„risidagi qonunlarga asosan davlat 
ekologik ekspertizasining ob‟ektlari qo„yidagilardan iborat: 

davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy 
va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining 
loyihalari; 



barcha turdagi qurilishlar uchun er maydonlarini ajratish materiallari; 

loyiha oldi va loyiha xujjatlari; 

tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‗lik ho‗jalik va boshqa hil faoliyatni 
tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‗riqnoma-uslubiy xujjatlarning 
loyihalari; 

texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, maxsulotlarning yangi turlarini 
yaratishga doir hujjatlar; 

atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‗lig‗iga salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi 
ishlab turgan korxonalar va boshqa ob‘ektlar va boshqalar; 
Tabiatni muxofaza kqilish tug‗risidagi qonunlarni hayotga tadbiq etish birinchi 
navbatda Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mahsus mas‘ul organlar, 
yuridik va fizik shahslar tomonidan kompetensiya va qoidalarga asosan amalga 
oshiriladi. 
Tabiatni muhofaza qilish to‗g‗risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlikka 
tortish masalalari O‗zbekiston Respublikasining ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi 
kodeksida tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi 
huquqbuzarlik uchun ma‘muriy javobgarlik me‘yorlarida belgilangan. Ma‘muriy 
kodeksda jinoyat turiga qarab turli miqdorda jarimalar to‗lash va ma‘lum huquqdan 
mahrum qilish jazolari ko‗rsatilgan. O‗zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining IV 
bo‗limi «Ekologiya sohasidagi jinoyatlar» deb yuritiladi. Jinoyat kodeksida ekologiya 
sohasidagi turli jinoyatlar uchun jarima to‗lash, muayyan huquqdan mahrum qilish, 
mol-mulkni musodara qilish,
axloq tuzatish ishlari, qamoq, va ozodlikdan mahrum 
qilish choralari belgilangan. 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan yangi «Ma‘muriy 
javobgarlik to‗g‗risida»gi jinoiy va jinoiy protsessual kodekslar Respublikada tabiatni 
muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish ishlarida muhim rol uynaydi. 
Nazorat savollari 
1. Monitoring nima? 
2. Monitoring turlarini izohlang? 
9. Ekologik monitoringni asosiy yo‗nalishlari. 
3. Ekologik monitoringni bosqichlari. 
4. Ekologik monitoringni vazifalari. 
5. Ekologik ekspertiza nima? 
6. Ekologik ekspertizani kanday turlari bor? 
7. Davlat ekologik ekspertizasini izohlang? 
8. Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari nimalardan iborat? 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling