Atmosfera havosini zaharli gaz va changlardan tozalash usullari. Gidrosferani muhofaza qilish. Litosferani muhofaza qilish. Insonning xo


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/45
Sana10.10.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1696937
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45
Bog'liq
2-ma\'ruza

Адабиётлар 
1. Алибеков Л.А., Нишонов С.А. - Фан-техника тараккиѐти, табиат ва инсон. 
Тошкент, 1984 
2. Ан Э.С. ва бошк. - Зановедные территории Узбекистана. Ташкент, 
1980 
3. Ананичев К.В. - Проблемы окружающей среды, энергии и природных 
ресурсов. Международный аспект. М. 1975 
4. Беличенко Ю.П., Лаптев И.П. - Проблема охраны водных ресурсов. 
Томск, 1978 
5. Бостонджогло А.А., Эпштейн Л.В. - Как морю напиться? Журн. 
Природа и человек. 11/1988. 
6. Буриев О. - Авесто: табиат, инсон ва конун. Журн. конун химоясида. 
Тошкент, 9/2000 
7. Верзилин Н.Н. ва бошк. - Бисофера, ее настоящее, прошлое и 
будущее. МЛ 976 


8. Воронцов Н.Н., Сухорукова Л.Н. -Эволюция органического мира. М. 
1991 
9. Второв П.П., Дроздов Н.Н. - Рассказы о биосфере. М. 1981 
Ю.Ишунин Г.И. - Охота и охрана природы. Узбекистана. Сб. Охота и 
охрана природы Узбекистана. Тошкент, 1984 
Reja: 
1. Barqaror rivojlanish ta‟rifi va tushunchasi.
 2. Barqaror rivojlanishning tashkil qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik
yo„nalishlari.
3. Noosfera konsepsiyasi.
4. Xalqaro Ekologik Hamkorlik (XEH) tushunchasi, prinsiplari.
5. Atrof muhitni muhofaza qilishning xalqaro ob‟ektlari. 
6. Xalqaro hamkorlikning zamonaviy shakllari. 
7. O„zbekistonning XEX da ishtiroki. 
8. Atrof-muhit monitoringi tushunchasi. 
9. Ekologik monitoring tushunchasi. 
10. Ekologik ekspertiza tushunchasi. 
Tayanch iboralar: konsepsiya, global, terrorizm, ekstremizm, fanatizm, 
ekstensiv, etnik, shovinizm, sammit, simpozium, strategiya, taktika, karer, 
noosfera prinsip, rezolyusiya, shartnoma, konvensiya, xartiya, bayonnoma. 
1. Barqaror rivojlanish ta‟rifi va tushunchasi.
Hozirgi kunda umumiy ekologik xarakterga ega bo‗lgan va echimini hal 
qilishini talab etadigan muammolarga V.V.Vernadskiyning noosfera to‗g‗risidagi 
barqaror rivojlanish konsepsiyalari, ekologik muammolarga bag‗ishlangan xalqaro 
shartnomalar 
va 
shu 
kabilar 
kiradi. 
Kelgusi avlod uchun barcha imkoniyatlarni saqlab qolgan holda inson o‗z 
ehtiyojlarini va talablarini qondira oladigan darajadagi rivojlanish barqaror 
rivojlanish deyiladi. Tashqi muhit va ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishni bir-biridan 
ajratmagan holda olib borilishi barqaror rivojlanish konsepsiyasining asosini 
tashkil etadi. Demak, ana shu nuqtai nazardan qaralganda sog‗lom ijtimoiy – 
iqtisodiy muhitda sog‗lom tashqi muhit mavjud bo‗ladi. Birlashgan millatlar 
tashkilotining asosiy hujjati «XXI kun tartibi»da barqaror rivojlanishni 
ta‘minlaydigan keng ko‗lamdagi masalalar ko‗zda tutilgan. Mazkur masalalarga 
iqlim o‗zgarishining oldini olish, cho‗llashishga qarshi kurashish, ekologik ta‘limni 
kuchaytirish, turli xildagi ekologik ishlarnii takomillashtirish va boshqalar kiradi. 
Qayd etilgan ekologik muammolarni hal etishda inson faoliyati bilan bog‗liq 
bo‗lgan barcha masalalarning muhimliligini e‘tiborga olmoq zarur. Bu sanoat va 
qishloq xo‗jaligida ishlatiladigan texnologiyalarni takomillashtirish, qashshoqlikka 


qarshi kurashish, turmush darajasini yuksaltirish, atrof muhit muhofazasiga jiddiy 
e‘tibor qaratishdan va boshqa muammolarni o‗z ichiga oladi. Xuddi shunga 
o‗xshash 40 dan ortiq muammolar 4 ta bo‗limga birlashtirilgan.
1. Xarakat dasturi
2. Ijtimoiy-iqtisodiy aspektlar;
3. Aholining rolini kuchaytirish;
4. Bajarish vositalari. 
Birlashgan millatlar tashkiloti barqaror rivojlanishni e‘lon qilib barcha 
davlatlardan shu konsepsiyalar asosida o‗zlarining milliy barqaror rivojlanish 
kotsepsiyalarini qabul qilishini so‗ragan va hozirgi kunda ko‗pchilik davlatlar, shu 
jumladan bizning respublikamizda ham shunday konsepsiyalar qabul qilingan. 
Hozirgi kunda Respublikamiz 10 dan ortiq konvensiyalarga qo‗shilgan. Ular 
quyidagilardir: 
Tabiatga zarar keltirishga qaratilgan har qanday harbiy va boshqa xil 
ta‘sirlarni man etish konvensiyasi (5 oktyabr 1978 yil); 
Ozon qatlamini himoya qilish Vena konvensiyasi; 
Ozon qatlamiini emiruvchi moddalar bo‗yicha Monreal qarori (18 may 1993 
yil); 
Xavfli chiqindilarni tashqariga tashib chiqarishni nazorat qilish bo‗yicha Bazel 
konvensiyasi (22 dekabr 1995 yilda ); 
Iqlimning o‗zgarishi bo‗yicha BMT ning Ramkaviy Konvensiyasi (10 iyun 
1993 yilda); 
Biologik xilma – xillik konvensiyasi (6 may 1995 yilda ); 
CHo‗llanishga qarshi, yoki jiddiy cho‗llanishni o‗z boshidan kechirayotgan
Afrika qit‘asi bo‗yicha BMT konvensiyasi (31 avgust 1995 yilda ; 
Yo‗qolish arafasida turgan yovvoyi flora va faunalarning xalqaro savdosi 
bo‗yicha konvensiya (1 iyul 1997 yilda); 
Tabiat va madaniy merosni asrash konvensiyasi (22 dekabr 1995 yilda); 
Migratsiya qiluvchi (ko‗chib yuruvchi) yovvoyi hayvonlarni asrash bo‗yicha 
Bonn konvensiyasi (1 may 1998 yilda). 
Bulardan tashqari O‗zbekiston Respublikasi tashqi muhitni muhofaza qilish 
bo‗yicha 12 ta xalqaro kelishuvlarga qo‗l qo‗ygan. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling