natijalari javob bera olishini maxsus vakolatlangan davlat organlari tomonidan olib
boriladigan aloxida bir nazorat.
Ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan
ho‗jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga
muvofiqligini bel-gilash
hamda ekologik ekspertiza ob‘ektini ruyobga chiqarish mumkinligini aniqlash
tushuniladi. Ekologik ekspertiza davlat, davlat
sanitar va jamoat ekologik
ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit tarzida amalga oshiriladi.
Davlat ekologik ekspertizasi (DEE) - ho‗jalik yoki boshqa turdagi
bajarilayotgan yoki bajarilishi mo‗ljallangan tadbirlarning ekologik xavflilik
darajasini
aniqlash, ularning tabiat muhofazasi talablariga mos kelishini baholash
va loyihadagi tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlarni etarliligini aniqlash
uchun o‗tqaziladi. DEEsi sohasidagi mahsus vakolatli davlat organi O‗zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi hisoblanadi
.
O‗zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat kumitasi: - dav-lat
ekologik ekspertizasini tashkil etadi va o‗tqazadi; davlat
hamda jamoat ekologik
ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit bo‗yicha normativ-texnik va yo‗riqnoma-
uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; davlat ekologik ekspertizasini
o‗tkazishga ekspertlar va mutaxassislarni jalb qiladi.
Ekologik ekspertizani asosiy prinsiplari va mazmuni.
Ekologik ekspertiza
o‗tqazilishining zaruriyati O‗z Rning Konstitutsiyasi hamda ―Tabiatni muhofaza
qilish‖ va ―Ekologik ekspertiza‖ to‗g‗risidagi qonunlari bilan belgilangan. Bu
qonunlar va xujjatlarni talablariga barcha ob‘ektlar va hujjatlar albatta ekologik
ekspertizadan o‗tqazilishi shart.
Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
xolislik;
asoslilik;
ekologik xavfsizlik talablarni xisobga
olishning majburiyligi;
har qanday rejalashtirilayotgan ho‗jalik va boshka xil faoliyatning ehtimol
tutilgan ekologik xavflilik prezumpsiyasi;
ho‗jalik va boshqa hil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va fuqarorlar
sog‗ligiga ta‘sirini baholashning kompleksliligi.
Do'stlaringiz bilan baham: