keng tarqalgan bo‗lib, shu hududlarning ekologik holatini og‗irlashtiruvchi asosiy
omillaridan biri deb hisoblanadi. Respublikamizning Qizilkum, Ustyurt, Qarshi va
Markaziy Farg‗onaning dasht-cho‗llarida joylashgan 26,5 mln ga yaylovli erlar va
600 ming gektar sug‗oriladigan erlar deflyasiyaga duchor bo‗lgan.
Suv eroziyasi – tuproqning yuza unumdor qatlami suv oqimi ta‘sirisda
yuvilib ketilishi.
Irrigatsion eroziyasi – nishablik maydonlarda erlarni notug‗ri sug‗orish
tufayli yuz beradi. Respublikamizdagi sug‗orma erlarning 700
ming gektarida
irrigatsion eroziya keng tarqalgan. Bunday erlarda paxta, g‗alla
va boshqa
ekinlarning hosildorligi 10% dan 60% gacha pasayib ketishi kuzatiladi. Irrigatsion
eroziya tog‗lik, tog‗oldi adirliklari va tog‗ etaklaridagi nishablik tekisliklarda, ya‘ni
bo‗z tuproqli sug‗orma mintag‗alarda quproq uchraydi. Bunday eroziyaga duchor
bo‗lgan maydonlar Farg‗ona vodiysi viloyatlari,
Toshkent, Samarqand,
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog‗oldi hududlarida keng tarqalgan
bo‗lib, mamlakatimiz iqtisodiyoti va ekologiyasiga katta zarar etqazmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: