Atmosfera havosini zaharli gaz va changlardan tozalash usullari. Gidrosferani muhofaza qilish. Litosferani muhofaza qilish. Insonning xo
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: 1. Barqaror rivojlanish ta‟rifi va tushunchasi. 2. Barqaror rivojlanishning tashkil qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik yo„nalishlari.
- 6. Xalqaro hamkorlikning zamonaviy shakllari. 7. O„zbekistonning XEX da ishtiroki. 8. Atrof-muhit monitoringi tushunchasi.
Адабиётлар
1. Алибеков Л.А., Нишонов С.А. - Фан-техника тараккиѐти, табиат ва инсон. Тошкент, 1984 2. Ан Э.С. ва бошк. - Зановедные территории Узбекистана. Ташкент, 1980 3. Ананичев К.В. - Проблемы окружающей среды, энергии и природных ресурсов. Международный аспект. М. 1975 4. Беличенко Ю.П., Лаптев И.П. - Проблема охраны водных ресурсов. Томск, 1978 5. Бостонджогло А.А., Эпштейн Л.В. - Как морю напиться? Журн. Природа и человек. 11/1988. 6. Буриев О. - Авесто: табиат, инсон ва конун. Журн. конун химоясида. Тошкент, 9/2000 7. Верзилин Н.Н. ва бошк. - Бисофера, ее настоящее, прошлое и будущее. МЛ 976 8. Воронцов Н.Н., Сухорукова Л.Н. -Эволюция органического мира. М. 1991 9. Второв П.П., Дроздов Н.Н. - Рассказы о биосфере. М. 1981 Ю.Ишунин Г.И. - Охота и охрана природы. Узбекистана. Сб. Охота и охрана природы Узбекистана. Тошкент, 1984 Reja: 1. Barqaror rivojlanish ta‟rifi va tushunchasi. 2. Barqaror rivojlanishning tashkil qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik yo„nalishlari. 3. Noosfera konsepsiyasi. 4. Xalqaro Ekologik Hamkorlik (XEH) tushunchasi, prinsiplari. 5. Atrof muhitni muhofaza qilishning xalqaro ob‟ektlari. 6. Xalqaro hamkorlikning zamonaviy shakllari. 7. O„zbekistonning XEX da ishtiroki. 8. Atrof-muhit monitoringi tushunchasi. 9. Ekologik monitoring tushunchasi. 10. Ekologik ekspertiza tushunchasi. Tayanch iboralar: konsepsiya, global, terrorizm, ekstremizm, fanatizm, ekstensiv, etnik, shovinizm, sammit, simpozium, strategiya, taktika, karer, noosfera prinsip, rezolyusiya, shartnoma, konvensiya, xartiya, bayonnoma. 1. Barqaror rivojlanish ta‟rifi va tushunchasi. Hozirgi kunda umumiy ekologik xarakterga ega bo‗lgan va echimini hal qilishini talab etadigan muammolarga V.V.Vernadskiyning noosfera to‗g‗risidagi barqaror rivojlanish konsepsiyalari, ekologik muammolarga bag‗ishlangan xalqaro shartnomalar va shu kabilar kiradi. Kelgusi avlod uchun barcha imkoniyatlarni saqlab qolgan holda inson o‗z ehtiyojlarini va talablarini qondira oladigan darajadagi rivojlanish barqaror rivojlanish deyiladi. Tashqi muhit va ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishni bir-biridan ajratmagan holda olib borilishi barqaror rivojlanish konsepsiyasining asosini tashkil etadi. Demak, ana shu nuqtai nazardan qaralganda sog‗lom ijtimoiy – iqtisodiy muhitda sog‗lom tashqi muhit mavjud bo‗ladi. Birlashgan millatlar tashkilotining asosiy hujjati «XXI kun tartibi»da barqaror rivojlanishni ta‘minlaydigan keng ko‗lamdagi masalalar ko‗zda tutilgan. Mazkur masalalarga iqlim o‗zgarishining oldini olish, cho‗llashishga qarshi kurashish, ekologik ta‘limni kuchaytirish, turli xildagi ekologik ishlarnii takomillashtirish va boshqalar kiradi. Qayd etilgan ekologik muammolarni hal etishda inson faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan barcha masalalarning muhimliligini e‘tiborga olmoq zarur. Bu sanoat va qishloq xo‗jaligida ishlatiladigan texnologiyalarni takomillashtirish, qashshoqlikka qarshi kurashish, turmush darajasini yuksaltirish, atrof muhit muhofazasiga jiddiy e‘tibor qaratishdan va boshqa muammolarni o‗z ichiga oladi. Xuddi shunga o‗xshash 40 dan ortiq muammolar 4 ta bo‗limga birlashtirilgan. 1. Xarakat dasturi 2. Ijtimoiy-iqtisodiy aspektlar; 3. Aholining rolini kuchaytirish; 4. Bajarish vositalari. Birlashgan millatlar tashkiloti barqaror rivojlanishni e‘lon qilib barcha davlatlardan shu konsepsiyalar asosida o‗zlarining milliy barqaror rivojlanish kotsepsiyalarini qabul qilishini so‗ragan va hozirgi kunda ko‗pchilik davlatlar, shu jumladan bizning respublikamizda ham shunday konsepsiyalar qabul qilingan. Hozirgi kunda Respublikamiz 10 dan ortiq konvensiyalarga qo‗shilgan. Ular quyidagilardir: Tabiatga zarar keltirishga qaratilgan har qanday harbiy va boshqa xil ta‘sirlarni man etish konvensiyasi (5 oktyabr 1978 yil); Ozon qatlamini himoya qilish Vena konvensiyasi; Ozon qatlamiini emiruvchi moddalar bo‗yicha Monreal qarori (18 may 1993 yil); Xavfli chiqindilarni tashqariga tashib chiqarishni nazorat qilish bo‗yicha Bazel konvensiyasi (22 dekabr 1995 yilda ); Iqlimning o‗zgarishi bo‗yicha BMT ning Ramkaviy Konvensiyasi (10 iyun 1993 yilda); Biologik xilma – xillik konvensiyasi (6 may 1995 yilda ); CHo‗llanishga qarshi, yoki jiddiy cho‗llanishni o‗z boshidan kechirayotgan Afrika qit‘asi bo‗yicha BMT konvensiyasi (31 avgust 1995 yilda ; Yo‗qolish arafasida turgan yovvoyi flora va faunalarning xalqaro savdosi bo‗yicha konvensiya (1 iyul 1997 yilda); Tabiat va madaniy merosni asrash konvensiyasi (22 dekabr 1995 yilda); Migratsiya qiluvchi (ko‗chib yuruvchi) yovvoyi hayvonlarni asrash bo‗yicha Bonn konvensiyasi (1 may 1998 yilda). Bulardan tashqari O‗zbekiston Respublikasi tashqi muhitni muhofaza qilish bo‗yicha 12 ta xalqaro kelishuvlarga qo‗l qo‗ygan. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling