Atom va molekulalarning tuzilishi haqida tushunchalar. Davriy qonun


Download 1.51 Mb.
bet10/21
Sana20.12.2022
Hajmi1.51 Mb.
#1034180
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
nigora 06.12.2022

Reja:
1.Eruvchanlik.
2.Mavzuga doir masalalar yechish.


Moddalar turli erituvchilarda erib eritmalarni hosil qiladilar. Erituv- chilarda moddalarning erish xususiyati eruvchanlik deb yuritiladi.
Biz kundalik turmushimizda turli moddalarni eritib, eritma hosil qilinishi- ni ko‘rganmiz. Masalan: osh tuzini suvda eritib, tuzli suv hosil qilishni; shakar suvda eriganda, shirin suv hosil bo‘lishini; yod moddasini spirtda eritib, tibbiyotda ishlatiladigan yodning spirtdagi eritmasini hosil bo‘lishini ko‘rganmiz.
Moddalar erituvchilarda cheksiz miqdorda erimaydi, balki ularning eruvchanligi ma’lum miqdordagina bo‘ladi. Shu miqdorni ifodalash uchun eruvchanlik koeffitsiyenti degan tushunchani bilib olishimiz kerak.
Moddaning 100 g erituvchida ayni haroratda eriy oladigan eng ko‘p massasi shu moddaning eruvchanlik koeffitsiyenti (eruvchanligi) deyiladi. Eruvchanlik koeffitsiyenti S harfi bilan belgilanadi. Masalan, NaCl ning 20oC dagi eruvchan- ligi 36 ga tengligini bildirish uchun quyidagicha yoziladi: S (20oC) = 36
Moddalar suvda eruvchanligiga qarab 3 guruhga bo‘linadi:

  1. Yaxshi eriydigan moddalar: (100 g erituvchida 10 g dan ko‘p eriydi).

KCl, NaNO3, shakar, spirt, gazlar (HCl, NH3).

  1. Oz eriydigan: (100 g erituvchida (H2O)1g dan kam eriydi). CaSO4, CaCO3, BaSO4, MgCO3, PbSO4, benzin, gazlar (CH4, N2, H2).Amalda erimaydigan moddalar: (100 g erituvchida 0,01 g va undan kam). oltin, kumush, mis.

Moddalar eruvchanlik xususiyati bir qancha omillarga bog‘liq, masalan: moddaning tabiati va haroratga bog‘liq.
Qattiq moddalarning ko‘pchiligi suvda eruvchanligi harorat ortishi bilan ortadi, chunki ko‘pchilik qattiq moddalar eriganda issiqlik yuti- ladi. Shuning uchun harorat ko‘tarilishi bilan ularning eruvchanligi ortadi.
Masalan: tuzli suv tayyorlanganda, 1 stakan sovuq suvga tuz solib aralash- tirsak, tuz sekin-asta eriydi, ba’zan erimay qolgan tuz idish tagida qolib ke- tishini ko‘rganmiz. Endi shunday miqdordagi tuzni 1 stakan issiq suvga solib aralashtirsak, tuz tezda erib ketadi. Ushbu misoldan xulosa qilib aytishimiz mumkin-ki, qattiq moddalarda harorat eruvchanlikka to‘g‘ri proporsional ya’ni harorat ko‘tarilganda tuzlarning eruvchanligi ham ortib boradi va ko‘proq miqdorda tuz suvda eriydi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling